Bir piyola choy ustida.

Ko'zlari ko'zmonchoq yoray,
Kelgin bir suhbating olay,
Diydoringgayam to'yvolay,
Bir piyola choy ustida,
Choy bir bahnna aslida.
Suxbatlar quraylik shirin,
Xox oshkora, xox yashirin,
Ochaylik ko'ngillar sirin,
Bir piyola choy ustida,
Choy bir bahona aslida.
***
Bu shirin damlarni orzu,
Qilmagan dunyoda bormu,
Mani yolg'iz qo'yma kel shu,
Bir piyola choy ustida,
Choy bir bahona aslida.
Ko'zlari ko'zmo'nchoq yoray,
Kelgin bir suxbating olay,
Diydoringgayam to'yvolay,
Bir piyola choy ustida,
Choy bir bahona aslida.
***
Yurarman yumushdan ortmay,
Sevgan gulimdan bol tortmay,
Bo'larmu endi ox tortmay
Bir piyola choy ustida,
Choy bir bahona aslida.
BIR PIYOLA CHOY USTIDA.
Otabek Muhammadzohid.

Bir piyola choy ustida. - 547202468978
Bir piyola choy ustida. - 547202792306

Комментарии

Комментариев нет.