🎙 Salah bu mavsumdagi samaradorligi haqida:

"Men juda ko'p mehnat qilaman va qachon sen ko'p mehnat qilsang, o'zingdan eng yuqori darajani kutasan. Doim o'zimdan eng yuqori natijalarni kutaman va yuqori natijalar uchun intilganman. Men o'zim erishganlarimdan faxrlanaman, biroq ularni unutib, kamtarroq bo'lish kerak. O'zim qanday darajada samaradorlik qayd etganim bilan mavsum yakunida jamoam hech qanday sovringa ega chiqmagani haqida gapirishlarini istamayman. Sovrin yutishni va shu bilan birga yanada yaxshiroq o'zimni ko'rsatishni istayman.
Ortga qarab so'nggi olti oyda shartnomam haqida bosh qotirganimni eslashim kerakmi? Yoki ajoyib mavsumni o'tkazganim haqida yodga olishim yoqimliroq emasmi? Mana men nima haqida ko'proq o'ylamoqdaman. Men boshqa narsalarga chalg'ishni boshlasam, mavsumni qanday ajoyib tarzda o'tkazganimni xotirlashim haqidagi istagimni yodimga solaman. Mana men ushbu mavsumdan nimani istayman!"

🎙 Salah bu mavsumdagi samaradorligi haqida: - 953269713639

Комментарии

Комментариев нет.