-seni sog'indim Qani "seni sog'indim" desang,

Bu so'z uchun berar edim jon.
Imkonlardan kechardim ishon,
Qani "seni sog'indim" desang. Tuyg'ularim tuymasang mayli,
Kaftimga kaft qo'ymasang mayli.
Armonlarim o'ynasang mayli,
Qani "seni sog'indim" desang. Bu so'z uchun berar edim jon,
Ming sevgidan shirinroq ishon.
Quvonardim bo'lsaham yolg'on,
Qani "seni sog'indim" desang. Orzularim ulug'i shu so'z,
Bayramlarim qutlug'i shu so'z.
Mening uchun shartta yumib ko'z,
Qani "seni sog'indim" desang. Izlaganim ismimni bilsang,
Kiprik bilan ko'ksimni tilsang.
Kulganlarni kuydurib kutsang,
Qani "seni sog'indim" desang.

Комментарии

Комментариев нет.