Bir kun bir go'zalga

sevaman desam.
Bitta gap aytdiyu
qotirdi ensam.
Yigitlar vaqtincha
sevarmish.
To'ydan keyin
sevgi o'larmish.
Toxir vasliga
yetmaganmish
Zuxrosini.
Majnun qo'lin
tutmaganmish
Laylosini.
Yetolmasa kuchli
sevgi bo'larmish.
To'ydan keyin
sevgi o'larmish.
U shunchaki
o'tkinchi bir tuyg'u
emish.
Undan baxtmas
ko'proq kelar
qayg'u emish.
Visol bilan
tugamasa mangu
emish.
To'ydan keyin
sevgi o'larmish.
Sevaman deb
aldasharmish
aldamchilar.
Va'da berib
avrasharmish
aldamchilar.
Yigitlarni
hammasimish
yolg'onchilar.
To'ydan keyin
sevgi o'larmish.
Sevgi o'lishiga to'y
emas sabab.
O'zi u yerda sevgi
bo'lmagan dastlab.
Bir birini sevaman
deb aldashadi.
Hoy havasni
muhabbat deb
o'ylashadi.
Chin oshiqlar
sevishadi
o'lgunicha.
Sevishadi yuraklari
tingunicha.
Ungachachi
yuragida ishq
bo'ladi.
Yurak tinsa ana
unda ishq o'ladi.
Toki bu dunyoda
havo bor suv bor.
Toki yuraklarda
bordir muhabbat.
Bir bora sevaman
dedimmi.
Demak sevib
qolgum toabad.
$_SENI_SEVAMAN_QUYONCHAM_ÖZIMI_$

Bir kun bir go'zalga
 - 546755752551

Комментарии

Комментариев нет.