Yigit va qiz bu haqda köp bahslashishardi. Aslida ularning har birining yuraklarida ikkisiga ham yetgudek bir dunyo sevgilari bor edi. Kim köproq sevishini esa nigohlar hal qilib berardi doim. Sevgiga töla közlar bir- birlariga uzoq termulardi. Yigit har safar g'olib chiqardi. "Kördingmi, kim köproq sevarkan", - derdi u qizga. Qiz hech qachon mag'lub bölganidan xafa bölmasdi. "Seni kimdir shunday seva olsa, ehtimol baxt degani shu bölsa kerak" - öylardi u. Ha, olamda sevgidan ulug'vor tuyg'u bölmasa kerak. Lekin shu olamning yana bir qat'iy qonuni bor: sevgi faqat 2 qalbga tegishli böladi, özgalar uchun esa u mavhum, boshqacha aytganda, ahamiyatsiz. Yigit bilan qizning sevgisini ham özlaridan boshqa hech kim anglay olishmadi. Ota-onalar bu munosabatlarga qarshi chiqdilar. Yigit ham, qiz ham ularning amriga qarshi chiqmaydigan darajada qobil farzand edilar. Endi baxt töla nigohlarni ma'yuslik egalladi. Ular bahslashadigan savol ham özgardi. Ularda faqat bir ma'noni uqish mumkin edi: "Endi nima qilish kerak?" Ularning qalblarida asrayotgan sevgilari köl suvidek sokin va shaffof bölishi bilan birga töfondek qudratga ham ega edi. Ular bu dunyoda bölmasa, u dunyoda baribir birga bölamiz deb, ishonardilar. Shuning uchun ham har ikkisi sevgisi uchun jonini qurbon qilishdanda chöchimasdilar. Ularning ahd-u paymonlari shunday böldi: "Biz birga ölamiz..." Ular sönggi bor bir- birlariga termuldilar. Qiz yig'ladi... yigit xörsindi... Keyin har biri öz yöliga ketdilar... Qiz sirtmoqqa böynini suqar ekan, közlarini yumdi. Közida yosh, tanida titroq, keyin esa og'riq... Yigit ham közlarini yumdi.... Lekin uning taqdiri bunday ölimni istamadi. Közlarini ochganida qoshida ota- onasini kördi... Bir necha kun og'ir yotgan yigit nihoyat qizning qabriga keldi. Endi u bir vaqtlar dunyodagi eng gözal bölgan közlar örniga qizning yurakni ezuvchi qabr toshlariga termuldi. Yangi qabr tuproqlari göyo yigitning yosh töla közlariga boqib shunday derdi: .....Kim köproq sevarkan?
♥ HazoN ♥
KIM KO'PROQ SEVADI.
Yigit
va qiz bu
haqda köp
bahslashishardi.
Aslida ularning har birining
yuraklarida ikkisiga ham yetgudek bir dunyo sevgilari bor edi. Kim köproq
sevishini esa
nigohlar hal qilib berardi doim.
Sevgiga töla közlar bir- birlariga
uzoq termulardi.
Yigit har safar g'olib chiqardi. "Kördingmi, kim köproq sevarkan", -
derdi u
qizga. Qiz hech qachon mag'lub
bölganidan xafa
bölmasdi. "Seni kimdir shunday
seva olsa, ehtimol baxt degani shu bölsa kerak" - öylardi u.
Ha, olamda sevgidan ulug'vor
tuyg'u bölmasa kerak. Lekin
shu olamning yana bir qat'iy
qonuni bor: sevgi faqat 2
qalbga tegishli böladi, özgalar uchun esa u mavhum,
boshqacha aytganda,
ahamiyatsiz. Yigit
bilan qizning sevgisini ham
özlaridan boshqa hech kim
anglay olishmadi. Ota-onalar bu munosabatlarga qarshi chiqdilar. Yigit ham, qiz
ham ularning amriga
qarshi chiqmaydigan
darajada qobil farzand edilar.
Endi baxt töla nigohlarni ma'yuslik
egalladi. Ular bahslashadigan savol ham
özgardi. Ularda faqat bir ma'noni
uqish mumkin edi:
"Endi nima qilish kerak?" Ularning qalblarida
asrayotgan sevgilari köl suvidek
sokin va shaffof bölishi bilan birga töfondek
qudratga ham ega edi. Ular
bu dunyoda bölmasa, u dunyoda baribir birga
bölamiz deb,
ishonardilar.
Shuning uchun ham har ikkisi sevgisi uchun jonini
qurbon qilishdanda
chöchimasdilar. Ularning ahd-u paymonlari
shunday
böldi: "Biz birga ölamiz..."
Ular sönggi bor bir- birlariga termuldilar. Qiz yig'ladi...
yigit xörsindi... Keyin har biri öz
yöliga ketdilar... Qiz sirtmoqqa böynini suqar
ekan, közlarini yumdi.
Közida yosh, tanida titroq, keyin
esa og'riq... Yigit ham közlarini yumdi.... Lekin
uning taqdiri bunday ölimni
istamadi. Közlarini
ochganida qoshida ota- onasini
kördi...
Bir necha kun og'ir yotgan yigit nihoyat qizning qabriga
keldi.
Endi u bir vaqtlar dunyodagi eng
gözal bölgan
közlar örniga qizning
yurakni ezuvchi qabr toshlariga termuldi. Yangi qabr tuproqlari göyo
yigitning yosh
töla közlariga
boqib shunday derdi: .....Kim köproq sevarkan?