29 апр 2014

OVVORA

Xech kimsa dardiga topmaydi
chora,
Qorani oq derlar,oqni-chi qora,
Ro’zg’or bu g’or ekan teshik
tog’ora,
Hamma o’zi bilan o’zi ovora.
Qarang, fasllarda bir rang
qolmadi,
Qarang, muhabbatda ohang
qolmadi,
Inson qo’lida yo’q nayrang
qolmadi,
Bosh qashib mulla va qozi ovvora,
Hamma o’zi bilan o’zi ovvora.
Xech kimsa qo’l cho’zmas sening
g’aming yeb,
Tirikmisan yoki o’likmisan deb,
Bir guli ochilsa o’ntasi so’lib,
Qarang, shoir bilan so’zi ovora,
Hamma o’zi bilan o’zi ovora.
Bahtini yo’qotgan armondan
nolir,
Nishon topmagay yor armondan
nolir,
Noshkur tunu kun zamondan
nolir,
Karvonda ot bilan it izi ovora,
Xamma o’zi bilan o’zi ovora.

Комментарии