Bo'm-bo'sh qalb bilan... Siniq, og'ir tonglarni kutib... Baxt daftarin yoqqan dard bilan Alamlarni yurakka yutib... Yashash kerak - zulmatlar aro To'lin oyning vaslini izlab... O'tib ketgan bahorlar - qaro, Oppoq qordan yuraklar muzlab... Yashash kerak - kuygan sog'inchlar Cho'g'larini ezg'ilab, bosib... Bosh egmasdan- Dard va o'kinchlar Suronidan ko'ngilni to'sib... Yashash kerak - voz kechib ishqdan, O'jar g'urur qilib tantana... Yana ishqsiz hayot... Yana man- O'shal bo'm-bo'sh qalb bilan... Yana... Yashashim shart... Hayot bu - jazo...
АЙТИЛМАГАН СУЗ...
:Nargiza Yaxshibayevna
Yashash kerak...
Bo'm-bo'sh qalb bilan...
Siniq, og'ir tonglarni kutib...
Baxt daftarin yoqqan dard bilan
Alamlarni yurakka yutib...
Yashash kerak - zulmatlar aro
To'lin oyning vaslini izlab...
O'tib ketgan bahorlar - qaro,
Oppoq qordan yuraklar muzlab...
Yashash kerak - kuygan
sog'inchlar
Cho'g'larini ezg'ilab, bosib...
Bosh egmasdan- Dard va
o'kinchlar
Suronidan ko'ngilni to'sib...
Yashash kerak - voz kechib
ishqdan,
O'jar g'urur qilib tantana...
Yana ishqsiz hayot... Yana man-
O'shal bo'm-bo'sh qalb bilan...
Yana...
Yashashim shart...
Hayot bu - jazo...