Комментарии
- 6 сен 2014 16:37Muz YurakBu satrlar muallifi kim?
- 12 сен 2014 19:07Hamdambek DavletovGap yo'q
- 12 сен 2014 19:15Hamdambek DavletovGap yo'q
- 6 ноя 2014 17:41Fêrûzã KobulovaKlass
- 14 июн 2016 11:03Donyor va ZuxraGap yoq bu sherla uchun
- 15 июн 2016 17:34Donyor va ZuxraYangilari bormi
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
♥..Osmonlarga olib ket sevgim...♥
Sog'inmay qo'ydingmi meni yolg'izim,
Endi tushlaringga kirmay qo'ydimmi.
Ko'zimda porlagan so'nmas yulduzim,
Men hijronda yonmoq uchun suydimmi.
Bilaman olissan, mendek ilojsiz,
Yolg'izlik seni ham qiynaydi balki.
Men senga Ollohdan bahtlarni tilab,
Yo'lingda intizor tirikman toki.
Ishqning saroyida sarson asira,
Dardim ko'tarolmay yig'laydi qalam.
Ishonmay taqdirga burdim yuzimni,
Chunki ko'zlaringda azobim nolam.
Iltijo qilaman yana she'rimga,
Izhorim yetkaz deb qalbiga uni.
Niyatim doimo yodingda bo'lsa,
Tanho sen o'zingsan umrim mazmuni.
So'z beraman butun umr kutmoqqa,
Yetsa edi faqat bardoshu sabrim.
Agar o'tar bo'lsam dunyodan sensiz,
Sog'inchlarim unib bezaydi qabrim...