Комментарии
- 24 апр 2016 18:48Жамиятга Барса ёки бошка мухлислар эмас шунака каёкдаги гапларни гапирадиган одамлар хавфли
- 24 апр 2016 19:22Yevropa klublarini aksarida xoch bor. Mana realdiyam emblemasida tojda xoch rasmi bor. O'tgan yili qatar mana shu xochni olib tashlab o'zlarida afisha qilib chiqargan. Qisqasi bunaqa fikrlarizni futbolga aloqasi yo'q menimcha xochga emas futbolga fanat bo'lgan yaxshi
- 24 апр 2016 19:22Ёп огзини тирранча, аёл.лардай каргама.
Каментни расво килмагин асабимга тегиб, гапинг булса 93.9043091 тишини синдириб куяаман - 24 апр 2016 19:33Барсаникида крест, реалникида крест бор нима бупти шунга, арсеналдикида пушкани расми бор, у пушкага сигинади диганимас, лестердикида тулки, значит уларни худоси тулкими энди. Пахтакорда пахтани расми, хамма билади улар пахтага сигинмаслигини. Ващета бизга нима фарки бор гербини, бизга диса ялангоч кизди расмини куйвомедими. Бизга яхши футбол уйнаса булди, фарки йук уни динини бизга. Узимиз динимизга махкам булели булди.
- 24 апр 2016 22:07Лекин хоккон шукур деган турк фудбалиси шу Кресни деб утмаган барсага деб эшитгандим
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
FUTBOL YANGILIKLARI
Barselona emblemasi haqida qisqacha ma'lumot.
Xurmatli guruhimiz a'zolari biz bu maqola orqali Barcelona klubi haqida bilimlarimizni yanada boyitamiz. Barcelona futbol klubining emblemasi bir qarashda tushunarsiz bo'lishi va turli xil simvollarning ma'nosiz tuyulishi mumkin. Aslida esa bu chuqur o'ylab tayyorlangan emblemadir. Emblemaning asosiy tomoni - bu uning 3 qismga bo'lingan "qalqon" ko'rinishidagi shaklidir. Agar bu gerb shaharniki emas futbol klubinikiligidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu o'zgacha logotipdir. Aynan shu joyda emblemaning chuqur va keng ma'nolari boshlanadi. Bu shuni anglatadiki, bu Barcelona shahridagi asosiy futbol klubi ekanligidan darak beradi.
Emblemaning ust tepa qismida Barcelona shahri gerbi tasvirlangan. Boshqacha aytganda Barcelona klubi emblemasi shahar gerbining o'zgartirilgan variantidir. Agar tojni hisobga olmaganda unda 2 ta asosiy elementlar ko'rsatilgan - Muqaddas Georgiy kresti va Kataloniya bayrog'i. Shunday qilib, klub emblemasi to'g'ridan - to'g'ri shahar bilan bog'liq. Bugungi kunda ushbu klub Kataloniyadagi eng mashhur klubi hisoblanadi. Lekin, klub Barcelonadagi yagona klub emas edi. Ammo, klubning shahar nomidan o'yinlardagi ishtiroki, tinimsiz harakatlari natijasida barcha Barcelonani shahardagi yagona va rasmiy klub deb hisoblay boshladi. Bu harakat hammaga ham birdek yoqib tushmadi. Shu jumladan, "Espanyol" klubi fanatlari juda ko'p marta Barcelona klubi emblemasini bulg'ashga harakat qilishdi, biroq bu hali hech qanday natija bergani yo'q. Pastroqda, ya'ni emblemaning 3 - qismida ko'k - anorrangli vertikal chiziqlar chizilgan, ular klub ranglari hisoblanadi. O'ylab qarasak, bu ham Kataloniya bayrog'ining o'zgartirilgani xolos, xuddi o'sha 2 rang va xuddi shu vertikal chiziqlar. Bu bilan bu klub shaharning bosh klubi va barcha shu yerda yashovchilar xuddi shunday fikr yuritishi kerakligi yana bir marta ta'kidlangan. Klubning o'ziga keladigan bo'lsak, unga 1899-yilda asos solingan. U o'z emblemasida xuddi shu sanani kiritishi mumkin edi. Lekin, buni o'rniga emblemaning pastki qismining markaziga to'p ramzi kiritildi. Bu ham original g'oya hisoblanadi. Gap shundaki, bu to'p 20-asrning 1-yarmini anglatadi. Emblemaning markazida joylashgan FCB yozuvi klubning nomini anglatadi.
JαრsңιΔ