14 окт 2016

Futbol — Oʻzbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir.

Oʻzbek futbolining tarixi chuqur va mustahkam ildizga ega boʻlib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi.
1912-yildayoq, hozirga kelib „Millionlar oʻyini“ deb atalayotgan mazkur oʻyin „kasalligi“ bilan Farg`ona va Qo`qonning butun aholisi „ogʻrigan“ edi. Oʻzbek futboli tarixidagi ilk jamoa ham aynan shu vohada paydo boʻlgani ham fikrlar isbotidir. Shundan soʻng,Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo boʻla boshladi. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham oʻtkazila boshladi.
1928-yilda Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi asos solindi. Oʻsha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada oʻtgan spartakiada baxslarida oʻziga hos natijalarni qayd etdi.
30-yillarga kelib, oʻzbekistonlik futbolchilar xalqaro oʻyinlar doirasida birinchi gʻalabani nishonlashdi. Havaskor futbolchilardan tashkil topgan Norvegiya va Germaniya terma jamoalari magʻlubiyatga uchratildi.
1939-yildan eʼtiboran, Oʻzbekistonning yetakchi jamoalari, jumladan Toshkentning „Dinamo“, „TODO“, „Spartak“ kabi futbol klublari Sobiq Ittifoq birinchilgi hamda mamlakat Kubogi oʻyinlarida, B toifasidagi sport ustalari oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni boshlashdi.
1956-yilda esa, hozirga kelib, nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri „Paxtakor“ futbol klubiga asos solindi. „Paxtakor“ jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-oʻrinni egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yoʻl olishgan. Oʻsha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi „Politotdel“, Jizzaxning „Boʻston“, Fargʻonaning „Neftchi“, Namanganning „Navbahor“, Samarqandning „Dinamo“ klublari ham Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
1991-yilda Oʻzbekiston Mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi (OʻFF) 1994-yildan boshlab, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) hamda FIFAning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari musobaqalari oʻz navbatida Federatsiya raxbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga boʻlgan munosabatlarini tiklash va qayta yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratib berdi.
Ana shu eʼtibor va harakatlar bois, turli yillarda Fargʻonaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar oʻrtasidagi nufuzli Qitʼa Kubogi oʻyinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi.
Yutuqlardan bir shingil sifatida, Oʻzbekiston terma jamoasining 1994-yilda, Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida champion boʻlganini alohida tilga olish mumkin. Bu hozirga qadar, Oʻzbekiston terma jamoasining eng katta yutuqlaridan biri sanaladi.
Shuningdek, 2000-yilda Futzal, yaʼni mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi oʻrinni egalladi.
2002-yilga borib, 20-yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hamda mamlakat hukumatining diqqat va eʼtibori bilan bogʻlash mumkin. Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va oʻsmirlar futboli, ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab boʻldi.
Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi istiqbollarini koʻzlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport haqidagi“ qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul qilindi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining ana shu boradagi qator qonunlari eʼlon qilindi:
„Oʻzbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash toʻgʻrisida“gi Qonuni (144-sonli; 18/03/1993)
„Oʻzbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini tubdan amalga oshirish toʻgʻrisida“gi Qonuni (27-sonli, 17/01/1996)
„Oʻzbekistonda Futbol taraqqiyoti jamgʻarmasining faoliyatini yaxshilash va uni qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida“gi Qonuni 1998-yilning 6-iyulida qabul qilib, 238-sonli qonun etib belgilab qoʻyildi. Bu qonun Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha 2006-yilgacha amalda boʻladigan milliy dasturga ishora edi.
1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish siyosati aniqlab olindi. Oʻzbekiston chempionatining Oliy Ligasida hozirga kelib, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Oʻlkadagi futbol klublari hamda terma jamoalarga oʻrinbosarlar tayyorlash maqsadida mamlakatning barcha tumanlarida futbol boʻyicha ixtisoslashgan maktab-internatlar ochilgan.
Ana shu yosh iqtidorlarning kelajagi uchun mas’ul boʻlgan murabbiylar hamda hakamlarning malakasini oshirish boʻyicha, Toshkentda FIFA hamda OFK mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminarlar ham uyushtirildi.
Bu orada respublikadagi stadionlar qayta taʼmirdan chiqib, yaʼni oʻyingohlar barpo etildi. Bundan tashqari mini-futbol baxslari uchun qator maydonlar qurildi.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ishlarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi viloyat futbol federatsiyasi yaratildi. Ana shu federatsiyalar Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasiga kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida toʻgʻridan toʻgʻri yetkazib turadi.

Futbol — Oʻzbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. Oʻzbek futbolining tarixi chuqur va mustahkam ildizga ega boʻlib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi. - 839289019505
Futbol — Oʻzbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. Oʻzbek futbolining tarixi chuqur va mustahkam ildizga ega boʻlib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi. - 839289020017
Akmal Azaliy

Комментарии