12 янв 2017

Jaxon chempionatlari xaqida faktlar!

Quyida e’tiboringizga jahon chempionatlari haqida qiziqarli faktlarni havola etmoqchimiz.
1. 1982 yilgi Jahon kubogi Ispaniyada bo‘lib o‘tadi va shundan buyon futbol olami ushbu musobaqani har doim ispancha “mundial” so‘zi bilan atab keladi.
2. 1998 yildan etiboran mundialda 32 ta terma jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi.
3. Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionati 1930 yilda Urugvayda o‘tkazilgan. Shu yili Urugvay musaqilliging 100 yilligini nishonlagan.
4. Dunyoning faqatgina 16 ta davlati mundialga mezbonlik qilgan. Ular orasida Meksika, Italiya, Fransiya va Germaniya bu sharafga ikki marotabadan sazovor bo‘lishgan. 2002 yilgi jahon chempionatida esa mezbon 2 ta bo‘lgan, bular Janubiy Koreya va Yaponiya.
5. 1930 yildan to 1998 yilgacha bo‘lgan davrda, chempionat baxslari yoki Yevropa mamlakatlarida yoki Amerika qitasi mamlakatlarida o‘tkazilgan.
6. Mundial kubogini birinchi bo‘lib parijlik zargar Abel Lefler yasagan. U yasagan kubokda yunonlarning g‘alaba mabudasi tasvirlangan. Uning bo‘yi 30sm, og‘irligi esa 1kg 800g ni tashkil etgan. 1946 yilda xalqaro futbol federatsiyasi kubokni Jyulya Rime nomi bilan atash taklifi bilan chiqdi. (Jyulya Rime birinchi jahon chemionati tashkilotchisi va FIFA ning o‘sha paytdagi prezidenti.)
7. Jyulya Rime kubogi 1930 yildan 1970 yilga qadar chempiotatning bosh sovrini bo‘ldi. Biroq oldindan aytilganidek qaysi jamoa mundialda 3 marotaba g‘olib chiqsa ushbu sovrinni o‘zlari uchun abadiy qilib olishlari mumkin edi. Shunday qilib 1970 yilda Brazilya terma jamoasi 3chi bor jahon chempioni bo‘ldi va “Jyulya Rime kubogi” Brazilya futbol federatsiyasiga yuborildi. Biroq 1983 yilda kutilmaganda kubokni o‘g‘irlashdi va uni hech kim topa olmadi.
8. 1974 yilda esa Italyalik zargar tomonidan yangi jahon kubogi yaratildi. Uning bo‘yi 36 sm, og‘irligi esa 4970 grammni tashkil etadi. U sof oltindan ishlangan va xech qachon hech kimga abadiy saqlash uchun berilmaydi.
9. Jahon kubogida faqatgina Argentina, Germaniya, Italiya hamda Brazilya terma jamoalari 2 marttadan zafar quchishgan.
10. Faqatgina 79ta davlat Jahon chempionatining final bosqichida qatnashgan.
11. Mundial tarixida eng yaxshi natija shubxasiz Brazilya terma jamoasiga tegishli. Brazilyaliklar 5 karra jahon chempioni va 2 karra finalchi hisoblanishadi.
12. Bugungi kunga qadar kubok faqatgina Yevropa yoki Janubiy Amerika davlatlaridan biriga nasib qilgan.
13. Jahon chempionatining finalida eng ko‘p to‘qnash kelgan jamoalar Brazilya va Germaniya terma jamoalaridir.
14. Afrika jamoalari jahon chempionatining yarim finaliga ham chiqa olishmagan.
15. Italiya terma jamoasi eng uzoq chempionlikni o‘zida saqlab turgan jamoa xisoblanadi. 1934 va 1938 yillarda jahon chempioni bo‘lgan bo‘lsa. 1942 va 1946 yillarda ikkinchi jahon urushi sababli turnir o‘tkazilmagan.
16. O‘tkazilgan mundial baxslarining 6 tasida maydon egalari g‘alaba qozonishgan.
17. Mundial tarixidagi eng “Sermahsul” chempionat 1990 yil Italiyada o‘tkazilgan.
18. Jahon chempionatlaridagi 1 chi gol 1930 yil 13 iyulda maxalliy vaqt bilan soat 15:20 da fransiyalik Lyusen Loran tomonidan kiritilgan.
19. 1930 yilgi mundialda Urugvay terma jamoasi safida bir qo‘lli futbolchi Ektor Kastro xarakat qilgan. Bundan tashqari u ana shu chempionatning so‘ngi goliga mualliflik qilgan.
20. 1930 yilgi jahon chempionati nafaqat bir mamlakatda, balki, bitta shaxarda o‘tkazilgan yagona mundialdir.
JαრsңιΔ

Jaxon chempionatlari xaqida faktlar! - 850764102513

Комментарии