Комментарии
- 7 фев 2017 12:29Alhamdulillah 💪Bizda garet bell pynedi napoliga qarshi itaradi hama kamandani bel qayti safka
- 7 фев 2017 13:02Tajikistan )Realga omad
- 7 фев 2017 15:21Javlon Fanat Real MadridReal bu boshqa saviyadagi jamoa Napolini yer tishlatadi Hala Madrid
- 7 фев 2017 19:22Iταſιγαησ ηα ธαγτεUyindan oldin kotta gapiriw yaxwi emas. Uzini er bilsang uzgani wer bil.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
FUTBOL YANGILIKLARI
"Napoli" qarshi 10 kun
oldidan, 10 ta taxdid
Yana 10 kundan so'ng
Italiyaning "Napoli" klubi
"Santiago Bernabeu"ga
Chempionlar Ligasi pley-off
dastlabki uchrashuvini o'tkazish
uchun tashrif buyuradi. "Biz
"Real" haqida
o'ylamayapmiz." - deya bot-bot
aytib o'tdi "Balonya" bilan
o'yindan so'ng "Napoli" bosh
murabbiyi Mauritsio Sarri.
Ketma-ket 17 o'yinlik
mag'lubiyatsiz seriya
2016-yilning 29-oktyabr
sanasida "Napoli" jamoasi
Turinga "Yuventus" bilan
uchrashuv o'tkazish uchun
tashrif buyuradi va 2:1 hisobida
mag'lubiyatga uchraydi. Ana shu
mag'lubiyat Neapolliklar uchun
hozircha so'nggi mag'lubiyat
bo'lib turubdi. O'sha baxsdan
so'ng Sarri shogirdlari ketma-
ket 17 o'yindan beri mag'lubiyat
nimaligini bilmay kelmoqda. 17
ta o'yindan 11 tasini g'alaba
bilan yakunlagan bo'lsa, 6 ta
baxsda durang qayd etgan,
raqiblar darvozasiga 17 ta
o'yinda 42 ta to'p kiritgan.
Jamoa so'nggi 12 o'yinda esa 10
ta g'alabaga erishib, 2 ta durang
qayd etganini ham ta'kidlab
o'tish darkor. Bu bilan Sarri
shogirdlari 1987/88-yillardagi
qudratli "Napoli" tarixini
yangilab qo'yishdi.
Gol mashinasi: 23 o'yinda
55 ta gol
"Napoli" ushbu mavsumda
raqiblar darvozasini ishg'ol
qilishda ham ortiqchi
qiyinchilikga duch kelmayapdi.
O'tib borayotgan mavsumda
jamoa A Seriyaning 23-turidan
so'ng raqiblar darvozasini 55
marta ishg'ol etgan bo'lib,
vaxolanki bu ko'rsatgich hozirda
Yevropada eng yaxshi natijadir.
Fransiya chempionatini top-5
chempionatiga kirmasligini
inobatga olgan xolda. O'tgan
mavsumda esa jamoa 23 turdan
so'ng raqiblar darvozasini 49
marta ishg'ol etgan edi. Gol
mashinasi deb nom olgan Mister
Sarri shogirdlari ushbu
mavsumda barcha turnirlarda
31 o'yinda 70 ta to'p kiritishgan.
Bu degani jamoa har bir
uchrashuvda o'rtacha 2 tadan
kam to'p kiritmayapdi (2,25).
Ular faqatgina 3 ta uchrashuvda
raqiblar darvozasini ishg'ol
etisha olmagan.
Mertens, Kalexon va Insinye
qo'rqinchli ovchilar
Sarri o'z jamoasida o'ziga xos
hujumkor futbolchilardan uchlik
tuzib oldi. Yuqorida qayd etib
o'tganimizdek Mertens, Kalexon
va Insinye uchligi A Seriya
jamoalari to'xtatib qolishga
kuch topa olishmayapdi.
Belgiyalik futbolchi Dris Mertens
hisobida ushbu mavsumda 16 ta
gol mavjud bo'lsa, Xose Kalexon
(8) va Insinye (7). Jamoa
akkumulyatorlari jami 31 ta to'p
kiritishgan. Shuningdek, bu
hujumkor uchlikga Marek
Gamshik ham qo'shilish
arafasida jamoaning motori
ham so'nggi turda "Balonya"
jamoasiga 3 ta to'p kiritdi.
Hozirda jamoa 4-3-3 sxemasida
o'ynayotgan ekan, bu jamoada
sardor Gamshikning o'rni
beqiyos. Bir so'z bilan aytganda
"Napoli"ning Toni Kroosi.
Mehmondagi uchrashuvlarni
xush ko'ruvchi jamoa
Klub so'nggi turda mehmonda
"Balonya" ustidan 1:7 hisobida
zafar quchdi. Jamoa
mehmondagi uchrashuvlardan
21 ochko to'plagan va bu natija
A Seriyada eng yaxshi
ko'rsatgichdir. Xatto Turin
superklubidan ham. Shuningdek,
Chempionar Ligasida ham 11
ochkodan 8 tasini mehmondagi
uchrashuvlardan qo'lga kiritgan
(2 ta g'alaba, 1 ta durang) va 7
ta to'p kiritgan. Bundan ko'rinib
turubdiki "Napoli" safar
uchrashuvlarida ancha ijobiy
natija ko'rsatadi va bu "Real
Madrid" uchun yaxshigina xavf-
xatar qo'ng'irog'idir.
Butun mavsum davomida 4
ta mag'lubiyat
Sarri ancha ishonchli va
barqaror jamoa yaratdi.
"Napoli" ushbu mavsumda bor
yo'g'i 4 ta uchrashuvda
("Atalanta", "Roma",
"Beshiktash" va "Yuventus"ga)
mag'lub bo'ldi, vaxolanki jamao
butun mavsum davomida 31 ta
uchrashuv o'tkazishdi.
Chempionar Ligasida ularni
faqat turklar mag'lub etishga
muvoffaq bo'ldi.
Mertensni kim to'xtatib
qoladi
Polshalik hujumchi Arkadush
Milik jarohat olganidan so'ng
Belgiyalik yarimhimoyachi Dris
Mertens markaziy hujum
zonasiga o'tkazildi va bu qaror
o'zini oqladi. Mertens ushbu
mavsumda ajoyib natijani
ko'rsatmoqda. Mavsum
davomida Mertens barcha
turnirlarda 28 ta o'yinda
maydonga tushib 20 ta gol
muallifiga aylandi. "Balonya"ga
qarshi uchrashuvdagi xet-trik
uning ushbu mavsumdagi
uchinchi xet-trigi bo'ldi va
to'purarlar ro'yxatida ham 16 ta
gol bilan peshqadamga
aylandi. Shuni ham qo'shimcha
qilish kerakki Mertens A
Seriyada 6 ta golga assistentlik
ham qilgan. Futbolchi sal
oldinroq 3 ta o'yinda 8 ta gol (bir
marta xet-trik va bitta pokker)
qayd etib barchani lol qoldirgan
edi. Hozirda uning A Seriyadagi
so'nggi ikki uchrashuvini
e'tiborga olsak raqiblar
darvozasiga 4 ta to'p kiritib,
bitta golga assistentlik qilgan.
Xaqiqiy "snayper"!
Jamoa matori
"Napoli" sardori o'tgan
mavsumda barcha
musobaqalarda 8 ta gol kiritgan
edi. Bu mavsumda esa Neapol
afsonasiga aylangan futbolchi
barcha turnirlarda 11 ta to'p
kiritb, 8 ta gol assistentlik
qilgan. 11 ta golning 9 tasini A
Seriyada kiritib, allaqachon klub
tarixidagi eng yaxshi to'purarlar
ro'yxatida 109 ta gol bilan 2-
pog'onaga ko'tarilib oldi. Undan
oldinda Maradona (115) ta gol
bilan 1-pog'onada bormoqda. 29
yoshli Slovakiya terma jamoasi
a'zosining klub tarixidagi yorqin
afsona Diego Armando
Maradoning rekordini
yangilashga atiga 6 ta gol qoldi.
Kalexon, Reyna va Albiol
yana Ispaniyaga qaytishadi
Hozirda "Napoli"da Ispanlar
jamoaning asosiy figuralaridan
biri xisoblanadi. Ayniqsa sobiq
"madridist" Xose Kalexon
jamoaning muhim futbolchisidir.
Ispaniyalik yarimhimoyachi
Neapolliklarning ushbu
mavsumda barcha turnirlarda
10 ta gol va 12 ta goliga
assistentlik qildi. Shuningdek,
Kalexon hozirda A Seriyaning
eng yaxshi pleymekeri degan
unvonni ham o'zida saqlab
turubdi. Pepe Reyna
"Napoli"ning asosiy kuchi desak
ham bo'ladi. "Balonya"ga qarshi
baxsda ham sobiq Ispaniya
terma jamoasi darvozaboni
penaltini qaytarishga muvoffaq
bo'ldi. "Napoli"ning himoyadagi
xatolarini aynan Reyna ushbu
mavsumda ko'p bora to'g'irlay
oldi. Raul Albiol Madriddan
"Napoli"ga ko'chib o'tib xato
qilmagan yana bir "madridist"
jamoaning asosiy markaziy
himoyachisidir.
A Seriyada "kayf"
qilayotganlar...
Hozircha "Napoli"ning "nomeri"
futbolda o'z so'zini aytmoqda.
Jamoa A Seriyada 55 ta to'p
kiritib eng yaxshi natijani qayd
etib turubdi. To'p nazorati
o'rtacha har uchrashuvda
(61,54%) va raqiblardan to'pni
olib qo'yish ham (1528 ta) A
Seriyada eng yaxshi ko'rsatgich.
Bundan ko'rinib turubdi, jamoa
hujumkor va pressingni xush
ko'radigan jamoa. Ammo Sarri
jamoasining bitta ojiz tarafi
himoyada ularda xatoliklar
yetarli. Klub ushbu mavsumda
barcha turnirlarda 31
uchrashuvda maydonga tushib
35 ta to'p o'tkazib yuborgan
(1,12 o'rtacha) va so'nggi 10
o'yinni qaraydigan bo'lsak,
jamoa faqatgina 2 marta o'z
darvozasini "quruq" saqlab qola
olgan. Demak jamoaning
hujumdagi ishlaridan farqli
o'laroq himoyadagi ishlari
yaxshi emas.
Milik va Pavoletti jamoa
hujum chizig'iga o'z
balansini oshiruvchi
hujumchilar
Sarri o'z jamoasiga ushbu yozda
Polshalik iste'dodli hujumchi
Arkadush Milikni jalb etdi va
adashmadi. Gonsalo Iguain
o'rniga tarkibga qo'shilgan Milik
ushbu mavsumda jarohat
olishidan oldin barcha
turnirlarda 9 ta uchrashuvda
maydonga tushib 7 ta to'p
kiritishga muvoffaq bo'ldi.
Albatta hujumchi uchun
maqtanishga arziydigan natija.
Ammo jarohat uni ham chetlab
o'tmadi va oktyabr oyida
hujumchi kuchli jarohat qabul
qilib oldi. Deyarli 4 oylik
tanaffusdan so'ng Milik nixoyat
safga qaytdi va "Real"ga bilan
bo'ladigan baxsda maydonga
tushishga tayyor. Hozircha 22
yoshli hujumchi jarohatidan
qutilganidan so'ng o'zining ilk
o'yinini 11-fevral kuni
"Jenoa"ga qarshi o'tkazishi
kutilmoqda. Shuningdek, qishgi
transferlarda klubga "Jenoa"dan
28 yoshli hujumchi Leanardo
Pavoletti ham taklif etildi.
©®