25 мая 2017

Hayr Maktabim , Hayr Ustozlar ,Hayr Sinfdoshlar , Hayr Shohliklaru Hayr birinchi sevgim

Bugun oxirgi qo'ng’iroq jaranglaydi. Har bir maktabni, har bir ko'ngilni bu qo'ng'irok sadosi junbushga keltirvdi.
Oxirgi qo'ng’iroq, so'nggi qo'ng’iroq...
Har bir insonni u bola bo'lgan paytidayoq qo'ng’iroq sadosi maktabga chorlaydi va kutib oladi. Maktab davri davomida xali xech narsani bilmaydigan, Vatan neligini, ona neligini, muxabbat neligini anglamaydigan bolakayni qo'ng’iroq sadosi darsga chorlaydi. Xar bir soat, xar bir daqiqa bola uchun, kelgusida shaxs bo'lib shakllanadigan murg’ak jon uchun bitmas- tuganmas xazinalar eshigini ochgandek ilm eiyosini tarqatadi.
O'n yil davomida ulg’ayib borayotgan o'g’il ve qizlar mana shu maktab partasida ota-onaga, Vatanga bo'lgan muhabbatni qadrlashni o'rganadilar, birinchi marta muxabbat degan sirli sururni his qiladilar.
Siz aziz yoshi katta muxlis, mana shu satrlarni o'qib, balki bolaligining eng sururli va beg’ubor damlari o'tgan maktabingizni sog’inayotgandir-siz? Bugun-erta qo'liga yetuklik guvohnomasini olib, uchirma bo'lishga tayyor turgan, polapon misol tipirchilab, yuragi ko'krak qafasiga sig’mayotgan muxlis, orzularingiz og’ushi-ga cho'mgandirsiz?
Mana bugun- so'nggi Qo'ng’iroq yangraydi. So'nggi bor siz darslarga kiryapsiz, so'nggi bor o'qituvchilaringizdan dakki eshityap-siz, ona kabi mehribon va munis muallimalaringiz endi sizni qachon tergaydi, murabbiylaringizdan endi qachon saboq olish imkoniyati bo'ladi sizda?
Bugun ko'zlaringizga ter-mupib, o'zining ilk muhabbatini yuragiga ko'mayotgan sinfdoshingiz bilan endi qachon uchrashasiz? Ko'cha-ko'yda bir-biringizga duch kelib qolganingizda, u bilan nimalar haqida gaplashasiz endi? Hozir-ku "Imtihonga tayyorlanishim uchun falon kitob kerak edi, falon kuni bo'ladigan imtixonning savollari senda bormi?" deya siz bilan gaplashishga baxona topilib turibdi, siz ham eshigingizdan har qanday uyatni yig’ishtirib, sizni chaqirib kelgan sinfdoshingiz bilan akangizdan, otangizdan, ukangizdan hayiqmay, mahalla-ko'y gap qilib yuborishidan qo'rqmay, gaplashib turibsiz.
Ertaga oxirgi qo'ng’iroq jaranglab, maktabga borar yo'llaringizda “Sen endi bitiruvchisan, mana shu dargohda yaxshi-yomon kunlaring o'tdi, endi katta hayot ostonasiga qadam qo'yding, endi tetapoya bo'lganing bu maskan bilan abadiy vidolashmoqqa maj-bursan. Bor, yo'llaring ravon, oydin bo'lsin, ilmu ma'rifatni katta-katta dargohlardan ol, ota onang, yaqinlaring, mehribon va mushfiq o'qituvchilaring orzu qilganidek o'quvli, bilimdon bo'l, qayerda bo'lsa ham, qachon bo'lsa ham, ota-onangga va murabbiyingga rahmat degan olqishni olib ber” deya senga oq fotixa berib qolmoqda bu Qo'ng’iroq sadosi.
Sen bu dargohda, dunyo imoratlaring eng ulug’i deb ta'rif etiladigan maktabda eng zo'r kunlaringni, eng beg’ubor damlarni o'tkazganingni, eng pokiza tuyg’ularga mana shu yerda oshno bo'lgaganingni keyinchalik anglaysan, keyinchalik xis qilasan. Unda farzandlaring soni uch-to'rttaga etgan bo'lar ehtimol, unda sen fan doktori yoki fan nomzodi darajasimi olgan bo'larsan, balki mana shunday eng sururli laxzalaring o'tgan onlarni eslagan paytingda sen xayotingning so'ngi qo'ng’irog’ini kutayotgan bo'larsan.
Erta-indin so'nggi qo'ng’iroq sadosini eshitishni intiqlik bilan kutayotgan, kun sanayotgan, qo'lidagi barmoklari tobora kamayib borayotgan aziz bitiruvchi!
Bu alg’ov-dalg’ov hayot yo'llarida hali ko'p bor qo'ng’iroqlar jaranglaydi. Hali ko'p bor sen o'zing ham kutmagan sadolarni eshita-san. Biri hayotingni nurga, ma'noyu mazmunga to'ldirib jaranglaydigan yor-yor sadosi bo'lsa, yana biri undan ham totli, undan ham quvonchli “inga” qo'ng’irog’i bo'ladi. Sen ota yoki ona bo'lish baxtini totgan lahzalaringda ham o'sha birinchi va so'ngi qo'ng’iroqni eshitganing kabi hayajonga tushasan.
So'nggi qo'ng’iroq, oxirgi qo'ng’iroq...
Bu aziz singiljonim, sening hayotingni boshlayotgan birinchi qo'ng’iroq emasmi? Sening orzu-umidlaring, qalbingga limmo-lim to'lgan niyatlaring bor. Sen dunyodagi, butun jaxondagi eng zo'r mutaxassis bo'lmoqchisan, sen Billь Geytsdan xam boyroq, qudratliroq shaxs bo'lib etishmoqchisan, sen Jak Iv Kusto kabi ummonlar xukmdori bo'lmoqchidirsan, sen Madlen Olbrayt kabi dunyo siyosatdonlari nazariga tushgan ayol bo'lishni istayotgandirsan, Xar ne bo'lganda ham, seni ilk bora maktab kuchog’iga chorlagan va o'n yil davomida ba'zan quvontirib, ba'zan jaxlingni chiqarib jaranglagan qo'ng’iroq sadosi 25 may kuni qulog’ingga juda-juda boshqacha eshiti-lishi tabiiy.
O'sha kuni sen yig’larsan, ehtimol, o'sha kuni o'qituvchi va muallimlaringni qanday tashlab ketishni bilmay ancha o'yga tolarsan, balki o'sha birinchi sevging – sinfdoshing ko'zlariga tik qararsan. Unga to'yib-to'yib tikilib olish, keyinchalik bu ko'zlarni butun umr eslab yurish uchun.
Endi sen ta’lim olgan maktabda sening singillaring, ukalaring ta'lim olishadi. Ularga sovg’alar berasan, do'stlaringga, o'n yil davomida qadrdonlashib qolgan sinfdoshlaringga nimalarnidir sovg’a qilging keladi. Va birdan anglaysanki, ularga o'zingning beg’ubor mexringni, samimiy dustlik atalmish go'zaldan ham go'zalroq bir ne'matni tortiq etish ham - katta va unutilmas sovg’a. Ulardan xam shunday mehru muhabbatga to'la bo'lgan hadyani unutilmas va bir umrlik hamroh bo'ladigan do'stlikni ol bitiruvchi do'stim.
Qadrdonlik rishtalarini oxirgi qo'ng’iroq sadolari qalbinga qattiroq mustahkamlasin. Oxirgi qo'ng’iroq sadolari qalbingga faqat va faqat yorqin xotiralarni joylalasin.
Oxirgi ko'ng’irok, ovozini xam intiqlik, xis hayajon, ham biroz taxlika bilan kutayotgan bitiruvchi! Yo'llaring hamisha oq, raravon bo'lsin!
So'nggi qo'ng’iroq jarangini kutib, xayajondan qalbi toshib, ilxomi jo'shgan
Barcha bitiruvchilarga omad yor bo'lsin ..

  • Ravshan Sobirov&SETORA - Hayr maktabim
Hayr Maktabim , Hayr Ustozlar ,Hayr Sinfdoshlar , Hayr Shohliklaru Hayr birinchi sevgim  - 855733890417
Futbol Yangiliklari ( Islomii )

Комментарии

  • 25 мая 2017 08:38
    Ehh birinchi sevgim :'(:'(:-D
  • 25 мая 2017 08:44
    вах блин 25-майми бугун бир пайтлар эрталаб туриб мактабга боришга тугри келарди эхххх устозлар соғ бусин
  • 25 мая 2017 08:46
    Eh maktab yillarim!
  • 25 мая 2017 08:49
    Mazzaediya ösha damlar
  • 25 мая 2017 08:53
    Birinchi muhabbatim Afsus
  • 25 мая 2017 09:05
    Mani bitrganmga 5 yil buptiya bugun birpasda
  • 25 мая 2017 09:08
    barbr maktab paytla bowqaca boladi hato qsek ustozlarmz keciriwardi kollejda ubu narsa bosa darrov ucastkavoyga yozvoriwadi.
  • 25 мая 2017 09:10
    To'g'ri aytasiz
  • 25 мая 2017 09:18
    Фотография
  • 25 мая 2017 09:20

    Umr oqar suv kabi juda tez o'tp ketadi

    OLI XAKAM VAQT WUNDAY DER EKAN :

    " BR KUN SENGA KO'Z YOW BO'LAMAN YG'LAYSANU UNUTOLMAYSAN BR KUN SENGA ARMON BO'LAMAN SOG'INASANU KO'RA OLMAYSAN "


    bugun ilm dargoxidan oli dargoxga qadam ranjida qlayotgan uka singlarmzi kelajakdagi iwlariga ulkan muofaqiyat tlap qolamz tlagmz vatanmz uchun xzmat qladgan bo'lp yetwsn bayrog'mzi jaxon mqyosidagi ulkan obro'sni yanada baland ko'klarga ko'tarp yurwni tlap qolamz . . .!
    _____________________

  • 25 мая 2017 09:42
    Km etadi kollejda kursdowla hec hamjhat bogani korganmisila hammasi maktabda qoldi u paytla qaytmidi endi wirin hotira va armonlar.
  • 25 мая 2017 09:44
    uztozlarmz etardi oqign db hali afsuslanasan derdi exxx afsus etganligini qmaganmz.
  • 25 мая 2017 09:46
    Yaqindagina  bir birimizga köz qisiwib yurar edik gaprolmay birinchi  muhabbatim seni xech qachon unutmayman  mana  maktabni  bitirganimizgaxam  7 yil bölibdi  qoyil lekin kechagiday esimda öwa damlar essiz vaqt ötar ekan nechun sen  unutmasman birinchi muhabbatim! :-(
  • 25 мая 2017 09:48
    Armonlarim xammasi maktabda qolibdi  endi qaytmas shirin damlar.
  • 25 мая 2017 09:53
    @djamshed99 Oli imron ответил
    iltimos mana bu sherlaringizni menga tashlab yuboring
  • 25 мая 2017 10:44
    Мана  мактабни битирганимизга хам 10 йил булди синфдошларим сог'индим афсус енди к,айтмайди
  • 25 мая 2017 11:31
    Ex attang 10 yil ham o'tib ketibdi qani edi 20 yil ortga qaytib qolsam
  • 25 мая 2017 12:04
    18 йил булди 11 синфни битирганимизга.
  • Комментарий удалён.
  • 25 мая 2017 12:16
    4 yil orqaga qaytib qolishni juda juda xohlayapman shu kunlarda. Maktabni bitirganimga 4 yil bo'libdi-ya :-(
  • 25 мая 2017 12:32
    Фақат эслаб йиғлаймааан...
    Биринчи мухаббатииим...:'(
  • 25 мая 2017 12:59
    Ееееее мактаб енди кайтмайди
  • 25 мая 2017 13:00
    Админга рахмат
  • 25 мая 2017 17:49
    Maktab davrim qaytmaydi endi darsga kir deb aytmaydi xech kim oltin davr ekan u damlar chekinadi birdan bu g'amlar maktab davri chiqmas yodimdan sog'insak xam qaytmaymiz endi faqat qoldi xotira ustozlarning beegan tanbexi jaranglaydi quloq oldida