Комментарии
- 13 окт 2019 09:53Real baribir realda kuchli baribir kuchlida yorvaradi xammasini xech bir jamo13 bor chimpionlar ligasida yuta olmaganlar
- Комментарий удалён.
- Комментарий удалён.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
FUTBOL YANGILIKLARI
Real Madrid" klubi tarixi
To’liq nomi: Real Madrid Club de Futbol
Mamlakat: Ispaniya
Shahar: Маdrid
Jamoa tarkibi: Butun jamoa tarkibi
Tashkil topgan yil: 1902 yil
Stadion: “Santiago Bernabeo”
Maydon hajmi: 106х66, 1947 yil qurilgan
Stadion sig’imi: 85 000 muhlis
Prezident: Florentino Peres
Bosh murabbiy: Zinedin Zidan
Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 (Madrid)
"Real Madrid" klub tarixi va kelib chiqishi:
“Real Madrid” jamoasi dunyoning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanib, FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbol klubi deb e’tirof etilgan. Madridning “Real” jamoasi hozrigi kungacha Ispaniya oliy divizionini tark etmagan klub hisoblanib, 1896- yil “Futbol Sky” jamoasi tashkil topdi, bu jamoaning ilk nomi edi. Lekin klubning rasman tashkil topgan sanasi 1902-yilning 6-mart hisoblanadi. O'sha vaqtda aka-uka Padros va Xulian Palasioslar “Madrid Football Club” nomi bilan yangi jamoa tashkil etishga erishganlar. 1920-yilning 29-iyun kuni Ispaniya qiroli Alfonso Xlll Madrid klubiga “Qirollik” nomini beradi. Shu kundan etiboran jamoa “Qirollik klubi” ya’ni “Real Madrid” deb nomlana boshlanadi. “Real Madrid” klubi tashkil topishi bilanoq Ispaniya futboli yetakchiligiga asosiy da’vogarlardan biriga aylanadi. Jamoa tashkil topgach, dastlabki 1903- yilning o’zidayoq Ispaniya kubogi finaligacha yetib boradi va finalda Bilbaoning “Atletik” klubiga imkoniyatni boy berib qo'yadi. Shundan so'ng Ispaniya kubogi ketma-ket 4 bor qo'la kiritilib, bosh sovrin uzoq muddat Poytaxtda saqlanib turiladi. 1928/29 mavsumidan boshlab Ispaniya chempionati o’tkazila boshlanadi. Ungacha esa klublar regionlar bo’yicha aniqlanib kelinardi. Aynan shu davrgacha “Qirollik klubi” bu musobaqada 16 bor zafar quchishga erishadi.
Jamoa futbol tarixida eng ko’p sovrinlarni qo’lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 11 marta Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini, 31 marta Ispaniya La Liga chempionligini va bir nechta sovrinlarni qo’lga kiritgan bo’lib, bunday natijani hali hech qaysi bir jamoa takrorlay olmagan. Shuning uchun ham jamoa butun yer shari bo’ylab o’z muhlislariga ega bo’lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi. Real Madrid Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo’lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo’li ostida bo’lib, prezidentni saylash “socios” (Jamoaga har yili tovon puli to’lab a’zosiga aylanadigan muhlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo’lib saylangan kishi esa o’zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar(XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig’ib o’z g’oyalarini olg’a suradi. Real Madrid futbol jamoasidan tashqari Real Madrid Basketbol jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo’lib, yildan yilga Yevropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa Real Madrid Regbi jamoasini, ayollar futbol jamoasini va mini-futbol jamoasini tuzish ko’zda tutilgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shuni ham ta’kidlash kerakki Real Madrid jamoasida to’p suradigan futbolchilar jahon tan olgan yulduzlar hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo’shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so’ngi yillarda jamoada to’p surgan va to’p surib kelayotgan Luish Figo, Zayniddin Zidan, Ronaldo, Devid Bekxem, Raul Gonsales, Iker Kassillyas, Arien Robben, Kaka’, Krishtiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo’la oladi
"Real Madrid" erishgan yutuqlar:
Chempionlar kubogi/Chempionlar Ligasi: 13
1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/00, 2001/02, 2013/14, 2015/16, 2016/17,2017/2018.
UEFA Superkubogi: 2
Qit’alararo kubogi: 4
1960; 1998; 2002; 2014
UEFA kubogi: 2
1984/85; 1985/86
Ispaniya La Ligasi sohibi: 33
1931/32; 1932/33; 1953/54; 1954/55; 1956/57; 1957/58; 1960/61; 1961/62; 1962/63; 1963/64; 1964/65; 1966/67; 1967/68; 1968/69; 1971/72; 1974/75; 1975/76; 1977/78; 1978/79; 1979/80; 1985/86; 1986/87; 1987/88; 1988/89; 1989/90; 1994/95; 1996/97; 2000/01; 2002/03; 2006/07; 2007/08; 2011/12; 2016/17;
Ispaniya kubogi: 19
1904/05; 1905/06; 1906/07; 1907/08; 1916/17; 1933/34; 1935/36; 1945/46; 1946/47; 1961/62; 1969/70; 1973/74; 1974/75; 1979/80; 1981/82; 1988/89; 1992/93, 2010/2011, 2013/14
Ispaniya Liga Kubogi: 1
1984/85
Ispaniya Superkubogi: 8
1988; 1989; 1990; 1993; 1997; 2001; 2003; 2008, 2012