Uilyam Henri Geyts.

1955-yil, 28-oktabrda tug‘ilgan) yoki Bill Gates (talaffuzi: Bill Geyts) amerikalik ishbilarmon va filantropdir. Gates Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik komputer software kompaniyasi bo'lmish Microsoft'ga asos solgan va bugunda uning raisidir. U dunyoning eng badavlat kishilari ro'yxatida ko'p yillar davomida birinchi bo'lib turgan. Gates qo'lida Microsoft ulushining 6,4 foizi mavjud. U shuningdek bir necha kitoblar muallifi hamdir. Shaxsiy komputer inqilobining yirik arboblaridan biri bo'lgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan. Shu bilan birgalikda Gates ko'plab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamg'armasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan. Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib,
raislikka o'tdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamg'armasida ishlashini e'lon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoft'dagi oxirgi to'liq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi. Turmush o'rtog'i Melinda Gates'ga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari
Jennifer Katharine (1996-yil t.) va Phoebe Adele (2002-yil t.) hamda o'g'li Rory John (1999-yil t.)

Комментарии

  • 11 июл 2014 20:00
    Nazariy va amaliy savollar b6lsa yoziylar albatta. javob olasizlar