URL MANZIL HAQIDA

Browserlar yordamida dunyoning barcha web hujjatlarini ko`rish uchun Internetdagi har bir hujjat takrorlanmas manzilga ega bo`lishi kerak. Mana shunday xususiyatga ega bo`lgan manzil URL (Uniform Resource Locator) – resursga universal ko`rsatkichdir.
URL -ni umumiy ko`rinishi quyidagicha:
Protokol://Domen manzili:Port/Yo`l.
* Protokol – kerakli Internet bayonnomasi. Eng ko`p qo`llaniladigan texnologiya – http, gipermatnli ma`lumotni uzatish bayonnomasi. Yana, tarmoqda ko’p ishlatiladigan protokollaridan biri – ftp, fayllarni uzatish bayonnomasi.
* Domen manzili (domain address) – internetdagi kompyuterning manzili. Uni yana domen nomi (domain name) yoki internet tarmog`ining tugun nomi (host name) deb atashadi.
* Port – odatda, aniq berilmaydi va ko`rsatilmagan holda :80 deb qabul qilinadi. Kompyuterda ma`lumotni uzatish va qabul qilish uchun maxsus mantiqiy bandargohlar mavjud. Bu bandargohlar takrorlanmas raqamalarga ega bo`ladi. Masalan, http-protokoli bo`yicha barcha dasturlar ma`lumotni qabul qilish uchun 80-raqamli portga murojaat qilishadi, fayllarni ftp-protokoli bo’yicha uzatishda20,21 raqamli portlari qo’llaniladi.
* Yo`l – serverdagi faylgacha manzil yo’li.

Комментарии