Savol:Islomda ayollarning qosh terishi gunoh sanaladi.
Ammo negadir hijobda yuradigan, Islomdan xabari bordek ko'rinadigan ko'pchilik ayollar qoshlarini terib yurishlarini ko'ramiz? Buni qanday tushunish mumkin? Yoki qoshni terdirishga ruxsat bormi?Javob:shariatimizda qosh va yuzdagi tuklarni terish yoki terdirish gunoh sanaladi. Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Dorimiy, Ibn Moja, Ahmad, Ibn Hibbon, Bayhaqiy va Abu Ya'lo keltirgan uzun rivoyatda tanasiga surat chizdiruvchi, qosh teruvchi, qosh terdiruvchi, Alloh yaratgan narsalarni o'zgartirib, sun'iy go'zallikka harakat qilgan ayollar la' natlangan.Biz quyida bu bobda aytilgan mo''jaz rivoyatni ko'rib chiqamiz.: . .Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Alloh vashm qiluvchi ayollarni, vashm qildiruvchi ayollarni, mo'ychinak ila terdiruvchi ayollarni, tishlar orasini ochtiruvchilarni,husn uchun Allohning yaratganini o'zgartiruvchilarni la'natlagan! Menga nima bo'ldiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam la'natlagan kimsalarni la'natlamasam!? Bu Allohning Kitobida bordir”(Buxoriy, Termiziy va Nasoiy rivoyati).Ushbu rivoyatga ko'ra, tanasiga igna yoki boshqa vositalar ila rasm soldiruvchilar, tatuirovka qildiruvchilar, qoshi, yuzi va peshonasidagi tuklarni oluvchi va oldiruvchilarga la'nat bo'lishi ta'kidlanmoqda. Bu o'sha ishlarning harom ekaniga ochiq dalolat qiladi.Rivoyatda aytilganidek, bu ishlar “husn uchun”, birovga chiroyli ko'rinish uchunbo'lsa, la'natga munosibdir. Sababi bunda hojat bo'lmagan holatda Alloh yaratgan tabiiy xilqatni o'zgartirish illati bor. Ammo biron zarurat, shar'iy hojat yuzasidan, masalan xastalikdan tuzalish uchun bo'lsa, joiz.Fuqaholar ittifoqiga ko'ra, rivoyatda yuzdagi tuklarni terishdan qaytarish uning haromligiga dalolat qiladi. Imom Ahmad va boshqalardan naql qilinishicha, bu ish makruhdir.Ko'pchilik ulamolar fikricha, bu rivoyatdagi qaytariq umumiy emas. Ammo Ibn Mas'ud va Ibn Jarir Tabariy kabi zotlar uning hukmi umumiy, har qanday holatda bu ish ayol uchun haromligini aytishgan (“Ahkomun-niso”, “Naylul-avtor”).Jumhur ulamolarga ko'ra, hali oila qurmagan ayol uchun yuzidagi tuklarni olish mumkin emas. Ba'zilar, agar shar'iy hojat tushsa, oila qurmagan ayolbu ishni qilishi joizligini aytishgan.Yana jumhur faqihlarga ko'ra, oilali ayol erining ruxsati bilan yuzidagi tuklarni olsa bo'ladi. Sababi ayolning eri uchun ziynatlanishi shariat talabidir. Bunga imom Muslim Bakra binti Uqbadan qilgan rivoyat dalil sifatida keltirilgan. Lekin hanbaliylar bunga xilof qilib, ayol erining ruxsati bilan bo'lsa ham yuzidagi tuklarni olishi mutlaqo mumkin emasligini ta'kidlashgan.Shu o'rinda yuz va boshqa a'zolardagi tuklarni olish hukmi borasida ba'zi muhim ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.Agar ayolning yuzidan soqol yoki mo'ylab chiqsa, jumhur ulamolar nazdida o'sha tuklarni olib tashlash mustahabdir. Ba'zilar bu ish erining ruxsati bilangina qilinishini aytishgan. Ammo Ibn Jarir bu ish harom, degan.Shuningdek, jumhur ulamolar ayol qo'li, oyog'i, qorni va badanining boshqa joylaridagi tuklarni olishi mumkinligiga ittifoq qilishgan. Molikiylar bu ishni vojib, deyishgan.Lekin shuni ham alohida aytib o'tish kerak, erkak kishi o'zini ayollarga o'xshatib ziynatlanishi, yuzi va qoshidagi tuklarni olib, ayolsifat bo'lishijoiz sanalmaydi!La'nat juda og'ir narsa. La'nat bandani Allohning rahmatidan uzoqlashtirib, g'azabiga yo'liqishiga sabab bo'ladi. Sizba'zi hijoblilar qoshlarini terdirib yurishlarini aytmoqdasiz. Islomda har bir balog'atda etgan muslim va muslima avratini yopib yurishi talab etiladi. Biroq, afsuski, hijob o'ragani bilan Islomdan bexabar, namoz va ro'zakabi ibodatlar nimaligini bilmaydigan qizlar qancha!? Shunday ekan, imkon qadar Islomni yaxshi o'rganish va unga rioya etishga harakat qilish kerak.
kitoblar kopku nomini ayting