Bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi. Bo’g’in 2 xil bo’ladi: ochiq, yopiq. Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in : bo-la, o-i-la; undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: daf-tar. 1. Bo’g’in adabiyotda hijo deyiladi. 2. Bir unli tovush 1 – satrda qoldirilmaydi. A- kasi emas aka-si. 3. Bir unli tovush 2- satrga ko’chirilmaydi. Mutola-a emas mutolaa 4. Bir tovushni bildiradigan “ng”, “shch” birikmalari alohida harflarga ajratilmaydi. Opa-ngiz, ona-ngiz, me-shchan, pome-shchik, tong-ni, ko’-ngil, si-ngil, ya-ngi, mang-lay. “ng” tovushidan keyin unli kelsa “ng” o’zidan keyingi unli bilan bo’g’in hosil qiladi: ko’-ngil, de-ngiz; “ng” tovushidan keyin undosh kelsa “ng” oldingi bo’g’inda qoladi: mang-lay, teng-la-ma. Chetdan kelgan so’zlarda “n” va “g” tovushlari alohida bo’g’inga ajratib yoziladi: kon-gress, shtan-ga, an-gliz, gan-grena.. 5. Tarkibida (tutuq) belgisi bo’lgan so’zlar 1-satrda qoladi: Raz’-ezd, ma’-no, jur’-at. 6. Qisqartma otlar, raqam bilan berilgan qo’shma sonlar ajratilmaydi. BMT, ToshDU, 1200, 2000, 15 Izoh: 1. f, j undoshlari faqat o’zlashma so’zlarda uchraydi. 2. g, z, l, v, ng undosh tovushlari sof o’zbekcha so’zlarda so’z boshida deyarli uchramaydi; g undoshi sof o’zbekcha so’zlarda so’z ohirida uchramaydi. 3. a unlisi so’z ohrida qo’shaloq qo’llanishi mumkin: mutolaa, mudofaa. 4. Deyarli barcha undoshlar so’z o’rtasida qo’shaloq qo’llanadi: shox-shabba, avval, modda, izza, million… 5. Ayrim undoshlar so’z oxirida qo’shaloq kela oladi: kongress, gramm, metal, Hamidullo 6. Unli va undoshlar so’z boshida qo’shaloq qo’llanmaydi. 7. a, I unli tovushlari ot, fe’l, sifat, ravish yasovchi qo’shimchalar vazifasida kela oladi: sharshara, jizza, guldira, to’la, o’ta, qishloqi, boyi, tinchi, changi… 8. So’z tarkibida kelgan a, I, u unlilari ayrim hollarda so’zga qo’shomcha qo’shilishi natijasida tushib qolishi mumkin: ko’gil + i = ko’ngli, burun + I = burni; (fonetik yozuv asosida) 9. n undoshi she’riyatda qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shakli bo’lib kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang’idik.
Ona tilim va Adabiyotim
:I sh q
Bo’g’in
Bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi. Bo’g’in 2 xil bo’ladi: ochiq, yopiq. Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in : bo-la, o-i-la; undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: daf-tar.
1. Bo’g’in adabiyotda hijo deyiladi.
2. Bir unli tovush 1 – satrda qoldirilmaydi. A- kasi emas aka-si.
3. Bir unli tovush 2- satrga ko’chirilmaydi. Mutola-a emas mutolaa
4. Bir tovushni bildiradigan “ng”, “shch” birikmalari alohida harflarga ajratilmaydi.
Opa-ngiz, ona-ngiz, me-shchan, pome-shchik, tong-ni, ko’-ngil, si-ngil, ya-ngi, mang-lay. “ng” tovushidan keyin unli kelsa “ng” o’zidan keyingi unli bilan bo’g’in hosil qiladi: ko’-ngil, de-ngiz; “ng” tovushidan keyin undosh kelsa “ng” oldingi bo’g’inda qoladi: mang-lay, teng-la-ma. Chetdan kelgan so’zlarda “n” va “g” tovushlari alohida bo’g’inga ajratib yoziladi: kon-gress, shtan-ga, an-gliz, gan-grena..
5. Tarkibida (tutuq) belgisi bo’lgan so’zlar 1-satrda qoladi: Raz’-ezd, ma’-no, jur’-at.
6. Qisqartma otlar, raqam bilan berilgan qo’shma sonlar ajratilmaydi. BMT, ToshDU, 1200, 2000, 15
Izoh:
1. f, j undoshlari faqat o’zlashma so’zlarda uchraydi.
2. g, z, l, v, ng undosh tovushlari sof o’zbekcha so’zlarda so’z boshida deyarli uchramaydi; g undoshi sof o’zbekcha so’zlarda so’z ohirida uchramaydi.
3. a unlisi so’z ohrida qo’shaloq qo’llanishi mumkin: mutolaa, mudofaa.
4. Deyarli barcha undoshlar so’z o’rtasida qo’shaloq qo’llanadi: shox-shabba, avval, modda, izza, million…
5. Ayrim undoshlar so’z oxirida qo’shaloq kela oladi: kongress, gramm, metal, Hamidullo
6. Unli va undoshlar so’z boshida qo’shaloq qo’llanmaydi.
7. a, I unli tovushlari ot, fe’l, sifat, ravish yasovchi qo’shimchalar vazifasida kela oladi: sharshara, jizza, guldira, to’la, o’ta, qishloqi, boyi, tinchi, changi…
8. So’z tarkibida kelgan a, I, u unlilari ayrim hollarda so’zga qo’shomcha qo’shilishi natijasida tushib qolishi mumkin: ko’gil + i = ko’ngli, burun + I = burni; (fonetik yozuv asosida)
9. n undoshi she’riyatda qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shakli bo’lib kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang’idik.