Orfografiyada yozma nutq, ya’ni to’g’ri yozish qonun qoidalari o’rganiladi. Orfografiya quyidagi yozuv qoidalariga asoslanadi: 1.Fonetikyozuv- o’zak va qo’shimchalarni eshitganimiz asosida yozish. Bunda o’zakka qo’shimcha qo’shilganda yo o’zak, yo qo’shimcha, yo har ikkala qismida o’zgarish sodir bo’ladi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi mumkin. a) tovush tushishi:shahar, bag’ir, qorin, ko’ngil, egin, burun, yarim, o’g’il, o’rin kabi so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi ro’y beradi: shahri, bag’ri, qorni, ko’ngli, egni, burni, yarmi, o’g’li; past, sust, ulug’, sariq kabi so’zlarga -ay (so’z yasovchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi sodir bo’ladi: pasay, susay, ulg’ay, sarg’ay; men, sen kabi olmoshlarga -ni, ning (kelishik qo’shimchasi), -niki (qarashlilik qo’shimchasi) kabi qo’shimchalar qo’shilganda bir -n tovushi tushib qoladi: meni, seniki; ikki, olti, yeti sonlariga -ov, -ala, ovlon (jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zak oxiridagi unli tovush tushib qoladi: oltov, yettovlon. b) tovush almashishi:fe’ldan ot yasalganda o’zakdagi “a” tovushi “o” tovushiga almahishi mumkin: sana – sanoq, tara – taroq, yama – yamoq; otdan fe’l yasalganda esa o’zakdagi “o” – “a” tovushiga almashishi mumkin: son – sana, yosh – yasha, ong – angla; qarmoq, qishloq, baliq, chelak, tilak kabi oxiri “q”, “k” bilan tugagn so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zak oxiridagi jarangsiz jarangliga aylanadi: qishlog’I, tilagi; sovi-sovuq, qayna-qaynoq, yumsha-yumshoq, tarqa-tarqoq, yaltira-yaltiroq, guldira-gulduros kabi fe’llardan sifat yasalganda ham tovush almashadi. “q”, “k” bilan tugagan so’zlarga –ga (jo’nalish kelishigi qo’shimchasi )qo’shilganda, ya’ni turlanganda tovush almashishi mumkin: baliqqa, terakka, chelakka, qishloqqa… d) tovush ortishi:ko’rsatish olmoshlariga –ga, -da, -dan, (jo’nalish kelishigi, o’rin – payt kelishigi, chiqish kelishigi) qo’shilgandabir “n”tovushgi ortadi: u+ga =unga, bu+da=bunda, shu+dan=shundan; -iq qo’shimchasi bilan sifat yasalganda tovush ikkilanishi mumkin: issiq, sassiq, achchiq… tovush o’zgarishining asosiy turlari: tovush almashishi va tushishi hisoblanadi. 2.Morfologik yozuv.Bu quyidagiga ko’ra o’zagi va qo’shimchalar aynan yoziladi: ketdi, aytibdi, ishga, go’shtga, to’rtga, tuzsiz, otday, zarar… 3.Shakliy yozuv.Bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tilda qanday yozilsa shunday yoziladi: stol, zoologiya, congress, fikr… 4.Tarixiy – an’anaviy yozuvbo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan , an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi: borur, kelur, bergil 5.Differensatsiyalash yoki farqlash yozuvi. Bu so’zlarni urg’u yoki boshqa fanetik vositalar yordamida yozishdir: olma – olma, she’r – sher, davo – da’vo… 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “o’zbek alifbosining yangi imlo qoidalari ”da ayrim o’zgarishlar mavjud: 1) juuft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do’st – u dushman, kecha –yu kunduz. 2) yil, oy, sanani ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi:1994 –yil 25-iyul, 1994-yil 13-aprel… 3) kirilchadagi ”Ц” harfi so’z boshida va so’z oxirida “s” harfi bilan beriladi: sirk, shprist; so’z o’rtasida unlidan keyin “ts” yoziladi:litsey, konstitutsiya…
Ona tilim va Adabiyotim
:I sh q
Orfografiya (imlo)
Orfografiyada yozma nutq, ya’ni to’g’ri yozish qonun qoidalari o’rganiladi. Orfografiya quyidagi yozuv qoidalariga asoslanadi:
1.Fonetikyozuv- o’zak va qo’shimchalarni eshitganimiz asosida yozish. Bunda o’zakka qo’shimcha qo’shilganda yo o’zak, yo qo’shimcha, yo har ikkala qismida o’zgarish sodir bo’ladi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi mumkin.
a) tovush tushishi:shahar, bag’ir, qorin, ko’ngil, egin, burun, yarim, o’g’il, o’rin kabi so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi ro’y beradi: shahri, bag’ri, qorni, ko’ngli, egni, burni, yarmi, o’g’li; past, sust, ulug’, sariq kabi so’zlarga -ay (so’z yasovchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi sodir bo’ladi: pasay, susay, ulg’ay, sarg’ay; men, sen kabi olmoshlarga -ni, ning (kelishik qo’shimchasi), -niki (qarashlilik qo’shimchasi) kabi qo’shimchalar qo’shilganda bir -n tovushi tushib qoladi: meni, seniki; ikki, olti, yeti sonlariga -ov, -ala, ovlon (jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zak oxiridagi unli tovush tushib qoladi: oltov, yettovlon.
b) tovush almashishi:fe’ldan ot yasalganda o’zakdagi “a” tovushi “o” tovushiga almahishi mumkin: sana – sanoq, tara – taroq, yama – yamoq; otdan fe’l yasalganda esa o’zakdagi “o” – “a” tovushiga almashishi mumkin: son – sana, yosh – yasha, ong – angla; qarmoq, qishloq, baliq, chelak, tilak kabi oxiri “q”, “k” bilan tugagn so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zak oxiridagi jarangsiz jarangliga aylanadi: qishlog’I, tilagi;
sovi-sovuq, qayna-qaynoq, yumsha-yumshoq, tarqa-tarqoq, yaltira-yaltiroq, guldira-gulduros kabi fe’llardan sifat yasalganda ham tovush almashadi. “q”, “k” bilan tugagan so’zlarga –ga (jo’nalish kelishigi qo’shimchasi )qo’shilganda, ya’ni turlanganda tovush almashishi mumkin: baliqqa, terakka, chelakka, qishloqqa…
d) tovush ortishi:ko’rsatish olmoshlariga –ga, -da, -dan, (jo’nalish kelishigi, o’rin – payt kelishigi, chiqish kelishigi) qo’shilgandabir “n”tovushgi ortadi: u+ga =unga, bu+da=bunda, shu+dan=shundan; -iq qo’shimchasi bilan sifat yasalganda tovush ikkilanishi mumkin: issiq, sassiq, achchiq…
tovush o’zgarishining asosiy turlari: tovush almashishi va tushishi hisoblanadi.
2.Morfologik yozuv.Bu quyidagiga ko’ra o’zagi va qo’shimchalar aynan yoziladi: ketdi, aytibdi, ishga, go’shtga, to’rtga, tuzsiz, otday, zarar…
3.Shakliy yozuv.Bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tilda qanday yozilsa shunday yoziladi: stol, zoologiya, congress, fikr…
4.Tarixiy – an’anaviy yozuvbo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan , an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi: borur, kelur, bergil
5.Differensatsiyalash yoki farqlash yozuvi. Bu so’zlarni urg’u yoki boshqa fanetik vositalar yordamida yozishdir: olma – olma, she’r – sher, davo – da’vo…
1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “o’zbek alifbosining yangi imlo qoidalari ”da ayrim o’zgarishlar mavjud:
1) juuft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do’st – u dushman, kecha –yu kunduz.
2) yil, oy, sanani ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi:1994 –yil 25-iyul, 1994-yil 13-aprel…
3) kirilchadagi ”Ц” harfi so’z boshida va so’z oxirida “s” harfi bilan beriladi: sirk, shprist; so’z o’rtasida unlidan keyin “ts” yoziladi:litsey, konstitutsiya…