Kun sanab yo'llarin kutgan men. Ohlari osmonga yetgan men. Davolar yo'q endi dardimga-Sevganim yetmadi qadrimga. Chin sevgim qo'llarda xor bo'ldi. Yashamoq men uchun or bo'ldi. Keng dunyo ko'zimga tor bo'ldi. Tig' sanchdi shum taqdir bag'rimga-Sevganim yetmadi qadrimga. Aqlimni olardi so'zlari. Dilimga yoqardi nozlari. Ko'r ekan muxabbat ko'zlari. Azoblar in qurdi qalbimga-Sevganim yetmadi qadrimga. Xayolimda yashaydi u har dam. Ko'nglimni o'rtaydi tinmay g'am. Shunchalar sevsam-u bo'lsa kam. Yetarmi suyansam sabrimga-Sevganim yetmadi qadrimga.....
Sirdoshim
Ishqida ming azob yutgan men.
Kun sanab yo'llarin kutgan men.
Ohlari osmonga yetgan men.
Davolar yo'q endi dardimga-Sevganim yetmadi qadrimga.
Chin sevgim qo'llarda xor bo'ldi.
Yashamoq men uchun or bo'ldi.
Keng dunyo ko'zimga tor bo'ldi.
Tig' sanchdi shum taqdir bag'rimga-Sevganim yetmadi qadrimga.
Aqlimni olardi so'zlari.
Dilimga yoqardi nozlari.
Ko'r ekan muxabbat ko'zlari.
Azoblar in qurdi qalbimga-Sevganim yetmadi qadrimga.
Xayolimda yashaydi u har dam.
Ko'nglimni o'rtaydi tinmay g'am.
Shunchalar sevsam-u bo'lsa kam.
Yetarmi suyansam sabrimga-Sevganim yetmadi qadrimga.....