-Yo'qotib o'libmanmi?! Onangiz haqida gapirmoqchiman. Avaz labini cho'chchaytirgach, "xayriyat-e" degandek yostiqqa ohista bosh qo'ydi. Xotini tirsagiga suyanib yonboshlagandi, bilagining eni ikki qarich bo'lib yalpaydi. -Kelmaganiga olti oy bo'ldimi? Ko'zi yaxshi ko'rmay qolganini bugun bilibman. Piyolani zo'rg'a paypaslab topdi. -Onammi? Qo'ysang-chi, meni ellik qadamdan tanidi-ku. -O'g'loy momoning uyi to'liq bizniki, oxirgi hujjat qo'lda, deb hirgoyi qilganizdan so'ng sizni payqadi-da! Avaz qo'l siltamoqchi edi, erindi. Xotin esa javrashda davom etdi: -Onangizning qon bosimi ham sal oshib turgandi. Bildirmayman dediyu baribir payqadim. Ovqat yeyolmadi, faqat xo'rillatib choy ichadi, non shimigan bo'ladi. -E, bularni nega yarim kechasi aytayapsan? Bor uyquniyam qochirding. -Negadir yuragim yomon narsani sezayapti, dadasi... -O'chirasanmi, yo'qmi? Shu payt darvoza taqqiladi, taq-taq etgan ovoz quloqqa chalindi. Er-xotin issiq ko'rpadan chiqmay bir-biriga tikilishdi. -Yondirgichning fonarchasini yoqib qo'y. -Mana, yoqdim. -Soat necha? -Ikki. Hali tong otishga erta. Voy, bu bo'ron daraxtlarni qo'parib ketadi-yov! Avaz tashqariga diqqat-la quloq osdi, xotinini turtdi. -Gapni aylantirma, onamni bekatgacha kuzatib qo'yganmiding? -Kim?.. Menmi?...- chaynaldi xotin. -Sen!
Kõžmūnčhøq
Tungi fojia (2qism)
-Yo'qotib o'libmanmi?! Onangiz haqida gapirmoqchiman. Avaz labini cho'chchaytirgach, "xayriyat-e" degandek yostiqqa ohista bosh qo'ydi. Xotini tirsagiga suyanib yonboshlagandi, bilagining eni ikki qarich bo'lib yalpaydi.
-Kelmaganiga olti oy bo'ldimi? Ko'zi yaxshi ko'rmay qolganini bugun bilibman. Piyolani zo'rg'a paypaslab topdi.
-Onammi? Qo'ysang-chi, meni ellik qadamdan tanidi-ku.
-O'g'loy momoning uyi to'liq bizniki, oxirgi hujjat qo'lda, deb hirgoyi qilganizdan so'ng sizni payqadi-da! Avaz qo'l siltamoqchi edi, erindi. Xotin esa javrashda davom etdi:
-Onangizning qon bosimi ham sal oshib turgandi. Bildirmayman dediyu baribir payqadim. Ovqat yeyolmadi, faqat xo'rillatib choy ichadi, non shimigan bo'ladi.
-E, bularni nega yarim kechasi aytayapsan? Bor uyquniyam qochirding.
-Negadir yuragim yomon narsani sezayapti, dadasi...
-O'chirasanmi, yo'qmi? Shu payt darvoza taqqiladi, taq-taq etgan ovoz quloqqa chalindi. Er-xotin issiq ko'rpadan chiqmay bir-biriga tikilishdi.
-Yondirgichning fonarchasini yoqib qo'y.
-Mana, yoqdim.
-Soat necha?
-Ikki. Hali tong otishga erta. Voy, bu bo'ron daraxtlarni qo'parib ketadi-yov! Avaz tashqariga diqqat-la quloq osdi, xotinini turtdi.
-Gapni aylantirma, onamni bekatgacha kuzatib qo'yganmiding?
-Kim?.. Menmi?...- chaynaldi xotin.
-Sen!