Qara yomg'irlar, yog'ar tinmay,

Yuragim yig'lar, ayriliqa ko'nmay,
Ezildim bundan ortiq, dard bilmay,
Kelarmisan AnusH, sog'indim seni.
Goh bulut, goh yomg'ir, bahor o'tdi,
Qishning sovuq kuniday, yoz o'tdi,
Yuragim zor, intizor kutdi, kuz keldi,
Kelarmisan AnusH, sog'indim
seni.
Ko'chalarda hazon, gulim so'lib borar,
O'rtamizda hijron, sabrim sinab borar,
Bardoshim hayron, umrim tugab borar,
Kelarmisan AnusH, sog'indim seni.
Yuragimni javobsiz savollar, nimtalar,
Dardlarim kundan-kun, ortib borar,
Boshimda bor, yana qancha savdolar,
Kelarmisan AnusH, sog'ndim seni.
ELdoRing seni kutdi, ko'zida yosh,
Sensizlika chidolmay, qilolmay bardosh,
AnusH buncha sen, bo'lma bag'ritosh,
Kelarmisan AnusH, sog'indim seni...

Комментарии

  • 15 ноя 2016 19:11
    Sog'inganingiz bugun bilib
    Mana jonim Eldorim keldim
    Alamni qo'ying, dardni qo'ying
    Saaal chetga suring istrobni xam
    Sizga aytmagan gapim aytaman
    Sizni men jondan sevaman.
    Mana jonim Eldorim keldim men
    Sizni ortiq qiynamayin dedim men
  • 16 ноя 2016 17:55
    O'rning seni osmonlar asli.......!
    Mag'rurlikdan kecha
    olmaysan......!
    Mensiz kelsa yana kuz fasli........!
    Yomg'ir kabi qucha olmaysan.......!
    Men yozmadim yurak
    buyurdi......... !
    U so'zlasa ko'tarolmaysan.........!
    Menga alam bo'lib tuyildi..........!
    Mensiz o'zing yupatolmaysan.....!
    Meni izlab xayoling tolar.......!
    Charchar meni xar kimdan
    so'rab.......!
    So'zimga zor xam bo'lib
    qolar.........!
    Avaylaysan bag'ringa o'rab........!
    Qadrim bilan ketay qo'l
    ushlab.......!
    O'rganmadim o'zga dil xushlab...!
    Kuttirganim kutsin ko'p
    yashab......!
    Bag'ring terga berib
    yig'laysan.......!
    Meni senga so'zim eslatar.........!
    Tik boqmagan ko'zim eslatar.........!
    Xayolaring to'zg'ib eslatar........!
    Shamday oqib erib yig'laysan......!
  • 16 ноя 2016 18:49
    Yeg'lamasman... Tangrim panoxida sizni asrasin
    Yurgan yo'lingizda changlar bosmasin
    Asrasin sizni Tangrim asrasin
    Qadringiz bilmasam mayli jazolasin.
    ______________________________

    Yonib turgan sham kabi
    Asta sekin erib ketyadman
    Umrim xam shu sham misol
    Sekin sekin ado bo'lyabman
    Qani qalbinggiz yuragingiz sezdimi
    Aytingchi meni yo'qligimni bildimi
    Xaaa siz yuribsiz bemalol
    Meni yuragingiz sog'inmadimi
  • 17 ноя 2016 06:13
    Meni o'g'irlab ket o'z  dunyoyimdan,
    Sensiz dunyolardan charchadim  jonim.
    Muhabbat qadriga yetmayin qara,
    Yolg'izlik qahriga uchradim jonim.
    Meni o'g'irlab ket o'z hayotimdan,
    Kuchim yetmayapti so'ngsiz  g'amlarga.
    Meni qutqar jonim o'zimdan,
    Yurak bo'yalmasin qizil qonlarga.
    Meni o'g'irlab ket o'z  ko'zlarimdan,
    Yasholmayman seni bir kun  ko'rmayin.
    Yonimda bo'lmasang kerakmas  hayot,
    Yonimda bo'lmasang o'lmog'im  tayin.
    Kelib ko'r sensizlik ne kuyga soldi,
    Kelib ko'r yolg'izlik ayladi xasta.
    Ismingni aytmoqda har bir  tomirim,
    Ismingni aytmoqda lablarim asta.
    Meni o'g'irlab ket mendan azizim,
    Bunday o'g'irlikka olmassan jazo.
    Sensizlik shu qadar g'ajir ruhimni,
    Sensizlik shu qadar bermoqda  azob.
    Meni o'g'irlab ket o'z  dunyoyimdan,
    Ishongin yomonam charchadim  jonim.
    Men sening qalbingda otilgan  ohman,
    Yana o'zing tomon sachradim  jonim.
  • 14 дек 2016 16:33
    Sevgim senga beg'ubor
    AnusH jonim seni sog'indim.
    Sog'incHimdan yuboray gul yor
    Seni sevib hamon sensizman.