Kunlarni birida bir qiz va yigit internetda tanishib qolishdi.
Ular uzoq suhbatlashishdi. Kunlar, oylar va yillar. Keyin telefon raqam almashildi. Telefonda suhbatlar. Oylar, yillar gaplashdilar. Bu paytda ikkalovligida iliq munosabat shakllanib, u sevgiga aylandi. Lekin ular haligacha bir birini hayotda ko’rishmagandi. Faqat bir birlarini rasmlardan tanishardi. Qiz yigitni uchrashuvga taklif etdi. Yigit boshida rozi bo’lmadi. Keyin rozilik berdi. Ular ertasi kuni bir bog’da uchrashishga kelishishdi. Qiz erta kelishini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Rosa kutdi. Tonggacha qanday vaqtni o’tkazishni ham bilmadi. Uhlay desa ko’ziga uyqu kelmadi. Hayol surib yotib, uhlab qoldi. Ko’zini ochsa tong! Juda hursand uyg’ondi. Yuvinib bo’lib, ertalabki nonushtani tayyorladi. Ota-onasi qizidagi yuz o’zgarishlarini ko’rib, bir birlariga kulib qo’yishdi. Nonushtadan keyin ular ishga ketishdi. Qiz sochlarini tarab, turmaklab, yuzlariga oro berdi. Ko’p emas, ozgina. Yuzini o’ng tomonida ozgina dog’i bor. Har doim shu dog’idan uyalib yuradi. Lekin o’ziga yarashib turadi. Baribir uyaladi. Shu joyiga ko’proq oro berib, bilintirmaslikka harakat qiladi. Yana yigit uni ko’rib, fikri o’zgarib qolmasin deb o’ylaydi. Tayyor bo’lgach u yo’lga tushdi. Bog’ga borib, uchrashuv belgilangan joyda yigit yo’q ekanini ko’rdi, hayron qoldi. “Kechikmasligi kerak ediku” deya o’ziga pichirladi. Telefonini olib yigitga, yani Anvarga telefon qildi: - Allo. Assalomu Alekum Anvar aka. Qayerdasiz? - Salom Saida. Men shu yerdaman. - Ko’rmayapmanku! Usha aytilgan joyda turibmanku. Yo’qsiz! - Ha, kelib bo’ldingizmi? Men vaqtli kelgandim. Ertalab uyda choy ichishga ham ulgurmagandim. Shu sababli, turgan joyizdan to’g’ridagi kafeda o’tiribman. Iltimos shu yerga kelsangiz. Uzr, kutib tura olmadim. Eshitishimcha, “qizlar uchrashuvga kech chiqadi” deyishgandi. Shunga “ulguraman” deb o’ylabman. - Yo’q, hijolat bo’lmang. Hozir boraman. - Mayli. Kelavering. Ichkarida bir o’zim o’tiribman. Qiz hursand holda kafega bordi. Ichkarida, stolni o’ng tomonida rostan ham bitta yigit yegulik buyurtma qilish uchun taomnomani o’qib o’tirardi. Ha. Bu rasmdagi yigit. Qizni eshikdan kirganini sezgan Anvar, Saidaga qaradi. Saida uyalib, pastga qarab kelayotgandi. Anvar o’rnidan turmay, Saidaga to’g’risidagi joyni ko’rsatdi. Saida o’tirdi. Qo’lidagi telefonni stol ustiga qo’ydi. Ichida “kelganimda o’rnidan turib ham kutib olmadi” deb o’yladi. Keyin asta Anvarga qaradi. Qaradiyu, bir cho’chib tushdi. Anvarni yuzini yarimi kuygandan qolgan chandiq bilan qoplangan edi. Juda daxshatli holat edi. Anvar, Saidani holatini tushunib, izoh qildi: - Saida, ming bor kechirim so’rayman. Sizga boshida ayta olmadim. Hozir yuzimni ko’rib, cho’chib ketganingizni ham sezdim. Ishonasizmi, har tong, oynaga qaraganimda, o’zim ham cho’chiyman. Sizga yuborgan rasmimda, bu holatdan bir necha yil ilgari tushgandim. To’g’risi sizdan ayrilishdan qo’rqdim. Hudbinlik qildim. Usha paytlar menga kerak edingiz. Hozir ham keraksiz. Lekin. Bu uchrashuvga men sizga barcha xaqiqatni aytgani kelganman. Avtohalokat natijasida oyoqlarim qisilib qolib, yonayotgan mashina ichida qolib ketganman. Yuzim shu ahvolga keldi. Uzoq mulojalar jonimga tegib ketgan ishonsangiz. Bu yuzni qayta to’g’rilashga, o’sha oq xalatlilarni ko’rishga ko’zim ham qolmagan. O’sha paytlar siz paydo bo’ldingiz. Yana... - Gapirib bo’ldingizmi? Men sizni sevardim. Siz mendan hamma narsani yashiribsiz! Yolg’onchisiz! (yig’lab yubordi) - Yo’q. Men yolg’onchi emasman. Yashirish bu yolg’on deganimas. - Men sizni boshqacha tasavvur qilgandim. Hudbin ekaningizni bilmabman. - Tan olaman. Usha paytlar o’zimni o’yladim. Men sizdan hech narsa talab qilmayman. Siz ham o’zingizni o’ylashingiz kerak. - .... - Avtoxalokatdan oldin, men unashtirilgandim. Lekin bu holatdan keyin, to’yim bo’lmadi. U qiz boshqaga turmushga chiqib ketdi. Men juda ruhiy tushkunlik holatda qolgandim. Usha holatdan siz chiqardingiz meni. Sizga rahmat aytmoqchiman. - Arzimaydi.
SeVgÎ faRÎWtĂsî
:👑 ॐΞЗσגστσй мลλъчนlระΞॐ
Kunlarni birida bir qiz va yigit internetda tanishib qolishdi.
Ular uzoq suhbatlashishdi. Kunlar, oylar va yillar. Keyin telefon raqam almashildi. Telefonda suhbatlar. Oylar, yillar gaplashdilar. Bu paytda ikkalovligida iliq munosabat shakllanib, u sevgiga aylandi. Lekin ular haligacha bir birini hayotda ko’rishmagandi. Faqat bir birlarini rasmlardan tanishardi.
Qiz yigitni uchrashuvga taklif etdi. Yigit boshida rozi bo’lmadi. Keyin rozilik berdi. Ular ertasi kuni bir bog’da uchrashishga kelishishdi. Qiz erta kelishini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Rosa kutdi. Tonggacha qanday vaqtni o’tkazishni ham bilmadi. Uhlay desa ko’ziga uyqu kelmadi. Hayol surib yotib, uhlab qoldi. Ko’zini ochsa tong! Juda hursand uyg’ondi. Yuvinib bo’lib, ertalabki nonushtani tayyorladi. Ota-onasi qizidagi yuz o’zgarishlarini ko’rib, bir birlariga kulib qo’yishdi. Nonushtadan keyin ular ishga ketishdi. Qiz sochlarini tarab, turmaklab, yuzlariga oro berdi. Ko’p emas, ozgina. Yuzini o’ng tomonida ozgina dog’i bor. Har doim shu dog’idan uyalib yuradi. Lekin o’ziga yarashib turadi. Baribir uyaladi. Shu joyiga ko’proq oro berib, bilintirmaslikka harakat qiladi. Yana yigit uni ko’rib, fikri o’zgarib qolmasin deb o’ylaydi. Tayyor bo’lgach u yo’lga tushdi. Bog’ga borib, uchrashuv belgilangan joyda yigit yo’q ekanini ko’rdi, hayron qoldi. “Kechikmasligi kerak ediku” deya o’ziga pichirladi. Telefonini olib yigitga, yani Anvarga telefon qildi:
- Allo. Assalomu Alekum Anvar aka. Qayerdasiz?
- Salom Saida. Men shu yerdaman.
- Ko’rmayapmanku! Usha aytilgan joyda turibmanku. Yo’qsiz!
- Ha, kelib bo’ldingizmi? Men vaqtli kelgandim. Ertalab uyda choy ichishga ham ulgurmagandim. Shu sababli, turgan joyizdan to’g’ridagi kafeda o’tiribman. Iltimos shu yerga kelsangiz. Uzr, kutib tura olmadim. Eshitishimcha, “qizlar uchrashuvga kech chiqadi” deyishgandi. Shunga “ulguraman” deb o’ylabman.
- Yo’q, hijolat bo’lmang. Hozir boraman.
- Mayli. Kelavering. Ichkarida bir o’zim o’tiribman.
Qiz hursand holda kafega bordi. Ichkarida, stolni o’ng tomonida rostan ham bitta yigit yegulik buyurtma qilish uchun taomnomani o’qib o’tirardi. Ha. Bu rasmdagi yigit. Qizni eshikdan kirganini sezgan Anvar, Saidaga qaradi. Saida uyalib, pastga qarab kelayotgandi. Anvar o’rnidan turmay, Saidaga to’g’risidagi joyni ko’rsatdi. Saida o’tirdi. Qo’lidagi telefonni stol ustiga qo’ydi. Ichida “kelganimda o’rnidan turib ham kutib olmadi” deb o’yladi. Keyin asta Anvarga qaradi. Qaradiyu, bir cho’chib tushdi. Anvarni yuzini yarimi kuygandan qolgan chandiq bilan qoplangan edi. Juda daxshatli holat edi. Anvar, Saidani holatini tushunib, izoh qildi:
- Saida, ming bor kechirim so’rayman. Sizga boshida ayta olmadim. Hozir yuzimni ko’rib, cho’chib ketganingizni ham sezdim. Ishonasizmi, har tong, oynaga qaraganimda, o’zim ham cho’chiyman. Sizga yuborgan rasmimda, bu holatdan bir necha yil ilgari tushgandim. To’g’risi sizdan ayrilishdan qo’rqdim. Hudbinlik qildim. Usha paytlar menga kerak edingiz. Hozir ham keraksiz. Lekin. Bu uchrashuvga men sizga barcha xaqiqatni aytgani kelganman. Avtohalokat natijasida oyoqlarim qisilib qolib, yonayotgan mashina ichida qolib ketganman. Yuzim shu ahvolga keldi. Uzoq mulojalar jonimga tegib ketgan ishonsangiz. Bu yuzni qayta to’g’rilashga, o’sha oq xalatlilarni ko’rishga ko’zim ham qolmagan. O’sha paytlar siz paydo bo’ldingiz. Yana...
- Gapirib bo’ldingizmi? Men sizni sevardim. Siz mendan hamma narsani yashiribsiz! Yolg’onchisiz! (yig’lab yubordi)
- Yo’q. Men yolg’onchi emasman. Yashirish bu yolg’on deganimas.
- Men sizni boshqacha tasavvur qilgandim. Hudbin ekaningizni bilmabman.
- Tan olaman. Usha paytlar o’zimni o’yladim. Men sizdan hech narsa talab qilmayman. Siz ham o’zingizni o’ylashingiz kerak.
- ....
- Avtoxalokatdan oldin, men unashtirilgandim. Lekin bu holatdan keyin, to’yim bo’lmadi. U qiz boshqaga turmushga chiqib ketdi. Men juda ruhiy tushkunlik holatda qolgandim. Usha holatdan siz chiqardingiz meni. Sizga rahmat aytmoqchiman.
- Arzimaydi.