Statuslar yozar rosti yo'q,

Druzyalar ko'p chin do'sti yo'q,
Shu ermakka barcha ko'ngli to'q,
Haqiqatdan chalg'itdi odno.
Umr o'tar shunday netlarda,
Agent,mail, har-hil chatlarda,
Oltinga teng bu fursatlarda,
Nadomatdan chalg'itdi odno.
Yoddan chiqdi tasbehu,zikr,
Yaratganga qilmasmiz shukur,
Ortga boqib aylaylik fikr,
Ibodatdan chalg'itdi odno.
Komentlarda doim urushlar,
Jilmayishlar,goh yuz burishlar,
To'kiladi hatto ko'z yoshlar,
Adolatdan chalg'itdi odno.
Kechalar ham orom yo'q hatto,
Uyqudan ham internet a'lo
Bu sog'likka katta muammo,
Halovatdan chalg'itdi odno.
O'z domiga tortdi birdayin,
Hamma yoqni bosdi seldayin,
Ohiri ham esib yeldayin,
Tubsiz jarga irg'itdi odno...

Комментарии

Комментариев нет.