Meni azoblarda qoldirgan yorim.

Shirin jonimdan ham to'ydirgan yorim. Ishqning otash olovida kuydirgan yorim. Ayting, endi sizga yo'qmi keragim? Tunlarimni bedor etib ketdingiz. Kunlarimni mazmunsiz etib ketdingiz. Muhabbatning yo'lida tashlab kettingiz. Ayting, endi sizga yo'qmi keragim? Otashin sevgimni hor ayladingiz. Ko'zlarimni yo'lingizga zor ayladingiz. Nechun yuragimga ozor berdingiz? Ayting, endi sizga yo'qmi keragim? Qaniydi yomg'irga aylanib qolsam. Tunda derazangiz ohista chertsam. Shivirlab,"hayotim, sog'indim!" desam. Ayting, endisizga yo'qmi keragim? Tunda oy edingiz, kunda quyoshim. O'zingiz edingiz yolg'iz sirdoshim. Nahot voz kechdingiz ey bag'ritoshim. Ayting, endi sizga yo'qmi keragim? Savollarim ko'pu, bari javobsiz. Yuragim sevgandi mendan so'roqsiz. Endi sizsiz qoldim, qoldim men yolg'iz. Ayting, endi sizga yo'qmi keragim? Sizni dunyolarga alishmas edim. Ismingizni takrorlab charchamas edim. Sizdan o'zgasini o'ylamas edim. Ayting, endi sizga yo'qmi keragim? Hayola

Комментарии

Комментариев нет.