20 янв 2015

" OTA-ONAM "

Osmonlarim bo'lganda qaro,
Yuragimga to'lganda yaro.
Do'stman degan do'stlarim aro,
Otam qoldi, qoldilar onam.
Eng og'ir dam, og'ir onimda,
Hasratlar bo'y cho'zdi jonimda.
O'shanda ham mening yonimda,
Otam qoldi, qoldilar onam.
Vafoli qiz vafo qilmadi,
Vafoli do'st vafo qilmadi.
Og'ir kunda ular qolmadi,
Otam qoldi, qoldilar onam.
Men yig'lasam do'stlar kulishdi,
Mehribonlar azob berishdi.
Bir so'z demay mendan ketishdi,
Otam qoldi, qoldilar onam.
Ular meni boshimni silab,
Ular meni mehrga o'rab.
Yaratgandan iqbolim tilab,
Otam qoldi, qoldilar onam...
Ahror Ravshan

Комментарии