(Musofir dardi) Yoshlik qilib bilmasdan. Ishga kelibman shoshib, Onam so'zin ilmasdan. Uydan ketibman qochib, Jonim qiynaydi bu ish, Qattiq nonga tegdi tish, Mana tugab bo'ldi qish, Uyga ketgim kelyabdi. Qishning sovuq zaxridan, Tanam zarda qilyabdi. Hali bir oy bo’lmasdan, Uyga ketgim kelyabdi. Kunlar soniya sanab tez, Umr o'tib ketyabdi. Qo'llar qadoq bo'ldi bez, Uyga ketgim kelyabdi. Oppoq tanam qoraydi. Dardim birov bilsaydi. Onam yo'lim poylaydi. Uyga ketgim kelyabdi. Eh onamni sog'indim. Otam eslab ovundim. Bugun juda o'ksindim. Uyga ketgim kelyabdi. O'ksib o'ksib ishlayman, Ruskiy nonni tishlayman, Ko'zimni xo'p yoshlayman, Uyga ketgim kelyabdi. Shodon edim yurtimda, Chang yo'q edi ustimda, Shox edimda uyimda, Uyga ketgim kelyabdi. Qadri yomon bilindi, O'sha eski uyimni. Uyimga qaytgim kelar, Ko'p sog'indim do'stimni. Essiz pulga uchibman, Yurtimni tark etibman, Bu yerda men baxtsizman. Uyga ketgim kelyabdi. Kulsam soxta kulaman, Tunda chochib turaman, Yuragimni yulaman, Uyga ketgim kelyabdi. Onam kutar intizor, Nasib qilsinda diydor. Bugun yog'di mayda qor, Uyga ketgim kelyabdi. Dushmanim bor do'stim bor, Dushmanlarim kulyabdi. Musofirman yana bir bor, Uyga ketgim kelyabdi. Azob berar alamlar, Zor titraydi qalamlar, Kelib qoldi Navro’zlar, Uyga ketgim kelyabdi. Sog'inib talpinar dil, Sog'inch ortib boryabdi. Akmal endi sabr qil, Xademay baxor kelyapti... 23:2318.02.2020
-GuLim-
:☑️ Все Мимо😏
UYGA KETGIM KELYABDI.
(Musofir dardi)
Yoshlik qilib bilmasdan.
Ishga kelibman shoshib,
Onam so'zin ilmasdan.
Uydan ketibman qochib,
Jonim qiynaydi bu ish,
Qattiq nonga tegdi tish,
Mana tugab bo'ldi qish,
Uyga ketgim kelyabdi.
Qishning sovuq zaxridan,
Tanam zarda qilyabdi.
Hali bir oy bo’lmasdan,
Uyga ketgim kelyabdi.
Kunlar soniya sanab tez,
Umr o'tib ketyabdi.
Qo'llar qadoq bo'ldi bez,
Uyga ketgim kelyabdi.
Oppoq tanam qoraydi.
Dardim birov bilsaydi.
Onam yo'lim poylaydi.
Uyga ketgim kelyabdi.
Eh onamni sog'indim.
Otam eslab ovundim.
Bugun juda o'ksindim.
Uyga ketgim kelyabdi.
O'ksib o'ksib ishlayman,
Ruskiy nonni tishlayman,
Ko'zimni xo'p yoshlayman,
Uyga ketgim kelyabdi.
Shodon edim yurtimda,
Chang yo'q edi ustimda,
Shox edimda uyimda,
Uyga ketgim kelyabdi.
Qadri yomon bilindi,
O'sha eski uyimni.
Uyimga qaytgim kelar,
Ko'p sog'indim do'stimni.
Essiz pulga uchibman,
Yurtimni tark etibman,
Bu yerda men baxtsizman.
Uyga ketgim kelyabdi.
Kulsam soxta kulaman,
Tunda chochib turaman,
Yuragimni yulaman,
Uyga ketgim kelyabdi.
Onam kutar intizor,
Nasib qilsinda diydor.
Bugun yog'di mayda qor,
Uyga ketgim kelyabdi.
Dushmanim bor do'stim bor,
Dushmanlarim kulyabdi.
Musofirman yana bir bor,
Uyga ketgim kelyabdi.
Azob berar alamlar,
Zor titraydi qalamlar,
Kelib qoldi Navro’zlar,
Uyga ketgim kelyabdi.
Sog'inib talpinar dil,
Sog'inch ortib boryabdi.
Akmal endi sabr qil,
Xademay baxor kelyapti...
23:2318.02.2020