Dardimiz og’irdir,qalbimiz og’rir

Osmonlarga etar chekkan nolamiz.
Bu dunyoki bizlar birga bo’lmadik,
Endi jannatlarda birga yuramiz.
Bu dunyoda tushdi yo’limiz ayri ,
Ayri manzillarga unsiz boramiz.
Sevgimiz ajrini bersa gar Alloh,
Siz-la jannatlarda mangu qolamiz.
Allohga atalgay haqiqiy sevgi,
O’zni oshiqlikka asir qilamiz.
Ikki yo’lning biri sabrdir, biri-
Faqat jannatlarda birga bo’lamiz

Комментарии

Комментариев нет.