Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.

Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). 1898 yilda u Qarshi viloyati, so‘ngra valiahd sifatida Karmana viloyatiga hokim bo‘lgan. Otasi Amir Abdulahadxon vafotidan so‘ng 1910 yil 24 dekabrda Said Olimxon Buxoro taxtiga o‘tirgan va o‘n yil davomida Buxoro amirligini boshqargan.Amir Said Olimxon dastlab amirlikda ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sohalarda islohotlar o‘tkazdi. Harbiy ishni qayta qurishga kirishdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay bu islohotlar to‘xtatib qo‘yildi. Said Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasiga qaramligi yanada kuchaydi. 1915 yil dekabrda Rossiya imperatori Nikolay II (1868-1918) uni general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirladi va o‘zining general-adyutanti qilib tayinladi. Amir Said Olimxonning farmoni bilan taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, Yosh buxorolik jadidlar qattiq ta’qib qilindi. Said Olimxon mamlakat ahvolini yaxshilash bilan shug‘ullanish o‘rniga asosiy vaqtini dabdabali turmush kechirish va aysh-ishratga sarfladi. Said Olimxonning kaltabinligi natijasida ulug‘vor bir turkiy davlat tanazzulga uchrab, parchalanib ketdi.1920 yil bahoriga kelganda Buxoro amirligidagi siyosiy vaziyat keskinlashib, amirlikka tashqi xurujning tahdidi kuchayadi. 1920 yil may oyi boshlarida Moskvaga kelgan butun Rossiya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) a’zolari Sh.Eliava va Ya.Rudzutak RSFSR Tashqi ishlar xalq komissari G.V.Chicheringa «Turkiston komissiyasi ertagayoq Buxoro amirligining mustaqilligini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi» degan bayonotni topshirishadi. 22 mayda bo‘lgan RKP (b) MK Siyosiy byurosi Buxoro amirligiga hujum qilish to‘g‘risidagi Turkkomissiya a’zolarining ushbu fikrini ma’qullashdi. Sovet Rossiyasining Turkiston ASSRdagi harbiy qismlariga Buxoroni bosib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari aytiladi.Turkiston fronti qo‘shinlarining qo‘mondoni M.V.Frunze Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarni tezlashtirishni so‘rab 1920 yil 31 iyulda sovet Rossiyasi hukumati raisi va bolsheviklar rahbari V.I.Leninga telegramma jo‘natadi. Qizil armiya avgust oyi mobaynida Buxoroni zo‘ravonlik bilan bosib olishga jiddiy tayyorgarlik ko‘radi.1920 yil 21 avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze va Turkiston fronti Harbiy inqilobiy kengashi a’zosi Yu.Ibrohimov RSFSR Harbiy ishlar xalq komissari L.D. Trotskiy nomiga telegramma yo‘llab, Buxoroni bosib olishga hamma narsa tayyor ekanligini ma’lum qilishganida, bolsheviklarning rahbarlaridan biri I.V.Stalin bu telegrammaga «o‘rtoq Frunze reseptiga ko‘ra zudlik bilan harakat qiling», deb rezolyutsiya qo‘ygan. Bu jumlaning ostiga esa V.I.Lenin va N.I.Buxarin «roziman» deb qo‘l qo‘yishgan.Shunday qilib, 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroda qizil askarlar tomonidan amirlik tuzumi qurol kuchi bilan ag‘darib tashlandi. O‘sha kuni qizil askarlar Buxoro hukmdorlarining qarorgohi – Ark (Arki Oliy)ni egallab, uning ustiga o‘z bayroqlarini tikadilar. Qizil armiyaning Buxorodagi bosqiniga boshchilik qilgan M.V.Frunze Moskvaga – RSFSR XKS raisi V.I.Lening telegramma yo‘llab, Eski Buxoro qal’asi qo‘lga kiritilganligi hamda «Buxoro mustabidlari va qora guruhlarining oxirgi tayanchi tugatilgan»ligini «zo‘r mamnuniyat» bilan ta’kidladi.Buxoro shahrini bosib olgan qizil askarlar xukmdor qarorgohi – Arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo‘shbegisi va boshqa saroy amaldorlarining butun boyliklarini talon-toroj qilganlar. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze, Buxoro gruppasining boshlig‘i I.P.Belov, ko‘plab qizil armiya komandirlari va oddiy jangchilar katta boylikni o‘zlashtirganlar.Turkiston fronti qo‘mondoni M.V. Frunze va Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklar vayron qilingan va talangan Buxoroi sharifga qizil askarlar hamrohligida kirib kelishgan.Buxoro shahrini bosib olgan qizil askarlar hukmdor qarorgohi – Ark [Arki Oliy]dagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo‘shbegisi va boshqa saroy amaldorlarining butun boyliklarini talon-toroj qilganlar. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni M.V. Frunze, Buxoro gruppasining boshlig‘i I.P. Belov, ko‘plab qizil armiya komandirlari va oddiy jangchilar katta miqdordagi boylikni o‘zlashtirganlar.Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, o‘sha paytda jahondagi eng katta xazinalardan biri hisoblangan amirlikning butun xazinasi ikki [har bir eshelonda 20 ta qizil vagon bo‘lgan] eshelonda Moskvaga jo‘natilgan. (Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi BXSR rahbarlari xazinaning bir qismini bolsheviklar talon-torojidan asrab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular bu xazinadan Buxoroda respublika tuzumi asoslarini qaror toptirishda, buxorolik talabalarni Germaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda o‘qitishda foydalanishgan.) Oltin (quyma oltin va tilla tangalar), qimmatbaho toshlar va nodir buyumlardan iborat bu xazinaning umumiy qiymati o‘sha paytdagi narx bilan 77 million tilla so‘m (bugungi bahoda taxminan 80 milliard dollar)ni tashkil qilgan. Bu boyliklardan 1920 yili iqtisodiy nochor sovet Rossiyasi o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan. Tilla tangalar va qimmatbaho toshlarning bir qismini o‘marganligi uchun M.V. Frunze 1920 yil kuzida Moskvada ma’lum muddat uy qamog‘ida ushlab turilgan va «o‘rtoq Frunze ishi» ochilgan.Sayyid Mansur Olimiy (Amir Said Olimxonning o‘g‘li, 1931 yil Afg‘onistonda tug‘ilgan) tomonidan yozilgan va 1996 yil Turkiyada fors tilida nashr etilgan «Buxoro – Turkiston beshigi» asarida qizil armiyaning Buxoroga bosqini va amirning Buxoro taqdiri hal qilinayotgan fursatdagi tadbiri quyidagicha yoritilgan: «Tungi soat ikki yarimda Frunze lashkarlari Buxoroga hujum boshladi. O‘n ikki aeroplan Buxoroni kecha-kunduz bombardimon qildi. Natijada 50 mingdan ortiq erkak va ayol, bolalar halok bo‘ldi, uylar, masjidlar, madrasalar, mahallalar, tijoratxonalar vayron etildi. Amir tomonidan hozirlab qo‘yilgan jang anjomlari, zahiralari vayron etilib, kommunistlar tarafidan yondirib yuborildi.Amir Olimxon uzoqqa otar to‘plar va tanklarga qarshi olib borgan to‘rt kunlik janglardan so‘ng Buxoro aholisi jonini saqlab qolish maqsadida hamda dushmanlarga qarshi jang qilish uchun o‘z kuchining zaifligini anglab, kurashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shanba kuni «Sitorai Mohi Xosa» bog‘ini tark etib payshanba kuni Afg‘oniston elchisi Abdushukurxon, Toshkentdagi elchi Muhammad Aslamxon Sayg‘oni mirishkor, afg‘on lashkari qozisi hamda 25 ming Buxoro va afg‘on sarbozlari ishtirokida G‘ijduvon orqali Vatandan chiqib ketdi».Bu holatni Amir Said Olimxonning o‘zi keyinchalik yozgan “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli xotiralarida quyidagicha tasvirlagan edi: “To‘p o‘qlarining ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag‘al beva-bechoralarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Shunda o‘zimcha o‘yladim. Bu bandayi ojiz ushbu Buxoroyi sharif shaharidan ko‘chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan xarobalikka bo‘lgan sabablar yo‘lini to‘sib, faqiru fuqaro bechoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, degan andishada chahorshanba kuni tushdan keyin soat to‘rtlarda foytunga o‘tirib, misoli hazrat Payg‘ambar alayhissalom sunnati bo‘lmish hijrat kabi ko‘chishni ixtiyor etdim. Shohlik bog‘i sanalgan Sitorayi Mohi xossadan chiqib, Tumoni Komot [Vobkent] va Xarqonrud, ya’ni G‘ijduvon tarafga ravona bo‘ldim”.Amir Said Olimxonning Buxoro shahridan chiqib ketish jarayonini mahalliy tarixchiMuhammad Ali Baljuvoniy esa o‘zining“Tarixi nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida sal keyinchalik quyidagicha tasvirlagan edi:“O‘sha chorshanba kuni zulhijjaning 21 kuni edi. Shu kuni (amir) Vobkentdan o‘tib, Xoja Jahonga kirib Abdullaboyvachcha hovlisiga tushdi. Kechasi Qiziltepa ustidagi temir yo‘ldan o‘tib, Qarshi cho‘liga qarab, ikki-uch kunda Hisor viloyatining Dehnov shahriga yetdilar. Shu bilan dushmandan najot topdilar”.Xullas, Amir Said Olimxon 1920 yil 1 sentyabrda Buxoro shahrini tark etgan. Said Olimxon haramni Sitorai Mohi Xosada qoldiradi, o‘zi bilan xazinadan faqat oz miqdordagi boylikni oladi. O‘sha kuni kechqurun u va eng yaqin saroy ayonlari G‘ijduvon tumani Ja’fari qishlog‘idagi Abdullaboy (Buxoroda u Abdullaboyvachcha nomi bilan mashhur bo‘lgan)ning uyida tunab qolishadi. Ertasi kuni Said Olimxon va yaqinlari Vang‘ozi (Xoja Bo‘ston) tumani hududiga kirib borishgan. Bu paytda Buxoro shahrini bosib olgan qizil askarlarning kichik bir bo‘linmasi Amir Olimxon iziga tushadi. Hozirgi Qiziltepa tumanidagi Toshrabot hududi yaqinida amir va uning ayonlari Zarafshon daryosidan kechib o‘tayotganda (bu paytda orqadan ta’qib qilayotgan qizil askarlar amir karvoniga ancha yaqinlashib qolgan edilar) amir karvonidagi tilla to‘ldirilgan ikkita foytun ag‘darilib, daryoga cho‘kib ketadi. Said Olimxon va hamrohlari Zarafshon daryosidan katta mashaqqat bilan o‘tib olgach, Cho‘li Malik va O‘rtacho‘l orqali Qarshi tomonga qarab yo‘lni davom ettirishga majbur bo‘ladilar.(Amir Olimxon o‘zi bilan olib ketayotganda daryoga g‘arq bo‘lgan bu boyliklar taxminan 1970 yillarda Zarafshon daryosining qurib qolgan o‘zani atrofida Shofirkon gidrouzeli qurilayotganda tasodifan bitta ekskavatorchi tomonidan topib olingan va bu xazina nafaqat Qiziltepa tumani, Buxoro viloyati yoxud O‘zbekiston SSR rahbariyatini, balki Moskvadagi SSSR oliy siyosiy rahbariyatini ham bir qalqib tushishiga olib kelgan, «oltin vasvasasi» oqibatida O‘zbekistonda yuqori lavozimlarda ishlagan ko‘plab kishilar o‘z vazifalaridan olib tashlangan, hatto ba’zilari jinoiy javobgarlikka ham tortilgan edi. Bu haqda hozirgacha tuman ahli o‘rtasida, umuman, buxoroliklar orasida ajabtovur hangomalar va ibratomuz naqllar yuradi. Ushbu naqllar tumandoshlarimiz tomonidan «Qiziltepa tongi» gazetasi tahririyatiga taqdim qilinsa, bu ma’lumotlardan kelgusida Qiziltepa tumani tarixining yangi nashrini tayyorlashda foydalanilar edi. – Mualliflar izohi).Said Olimxon esa sentyabr oyining o‘rtalarida Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urinadi. U Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxoroliklarning qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvofiqlashtirishga intilgan. Biroq bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, Said Olimxon Amudaryoning Chubek kechuvidan 1921 yil 4 martda Afg‘onistonga o‘tib ketgan.Said Olimxonni Kobulda Afg‘oniston amiri Omonullaxon (1892-1960; 1919-1929 yillarda hukmronlik qilgan) qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal’ayi Fotuda maxsus qarorgoh ajratib beradi. Said Olimxon qolgan butun umrini Kobulda o‘tkazadi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi milliy ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etadi, qo‘rboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni kurashga ilhomlantirgan. Said Olimxon Kobulda o‘zining esdaliklarini yozib tugallaydi.«Manchester-Gardiyen» (Angliya) gazetasida 1923 yil 4 iyunda Said Olimxonning«Bolsheviklarning O‘rta Osiyodagi kompaniyasi» nomli murojaatnomasi e’lon qilindi. Bu murojaatnomada sovet Rossiyasining 1917-1922 yillarda Markaziy Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Buxoroning qizil armiya tomonidan bosib olinishi, amirlik xazinasining Moskvaga olib ketilishi, istiqlol janglari haqida ma’lumotlar mavjud. Sobiq amirning yozishicha, bu paytda mujohidlarning miqdori 60 000, qizil askarlarning soni 100 000 kishi (faqat Buxoroning o‘zida 40 000 qurolli qizil askar) bo‘lgan.Said Olimxon hali Buxoro amiri bo‘lib turgan vaqtlarda uning Rossiya va Yevropaning turli banklarida katta miqdordagi jamg‘armalari saqlangan. Bu davrda amir mashhur Buxoro qorako‘li bilan savdo qilgan va uning vakillari boshqa savdo-sotiq ishlarini ham olib borgan. Jahon banklarida saqlangan ushbu jamg‘armalarning taqdiri va uning savdo vakillari qo‘lidagi yirik sarmoya to‘g‘risida xozirgacha turli fikrlar va taxminlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning yozishicha, bu jamg‘armalar keyinchalik Said Olimxon va uning Afg‘onistondagi vorislari tomonidan banklardan olinib, ular tasarruf qilingan. Ba’zi olimlarning fikricha, bu jamg‘armalar hozir ham Yevropa banklarida saqlanmoqda. Said Olimxonning farzandlari ham shunday fikrda. Bu haqda so‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotida («Darakchi» va boshqa gazetalarda) bir-biriga zid fikrlar, hatto haqiqatdan mutlaqo yiroq bo‘lgan «cho‘pchaknamo uydirmalar» e’lon qilindi. Bizning fikrimizcha, Amir Olimxon tomonidan Yevropa banklariga qo‘yilgan sarmoya juda katta miqdorni tashkil qilmaydi va ushbu sarmoyaning bugungi kunda Shveysariya banklarida mavjudligi munozarali masala. Yana bir muhim jihat amir xazinasining asosiy qismi bo‘lgan Buxoro oltinlari o‘sha 1920 yil sentyabrda Moskvaga olib ketilgan edi.Buxoroning so‘nggi hukmdori bo‘lgan Amir Said Olimxon umrining oxirida ko‘zi ojizlanib qoladi, u og‘ir dardga chalinadi. Kobuldan turib yurt diydoriga talpinib 1944 yil 28 aprelda uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng Qal’ayi Fotuda vafot etadi. U Kobul atrofidagi Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Said Olimxonning avlodlari bugungi kunda Turkiyaning G‘oziantib shahrida, AQSH, Germaniya, Afg‘oniston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Eronda istiqomat qiladilar. Said Olimxonning o‘g‘illari 1993 yil sentyabrda ota yurtlari Buxoroga kelib, uni ziyorat qilishdi. 2006 yil 26 oktyabrda Nyu-York shahrida Said Olimxonning qizi Shukriya xonim 99 yoshida vafot etdi.Ushbu kitob mualiflaridan biri (Q.Rajabov) 2010 yili mart oyida Turkiyada ilmiy safarda bo‘lganida Qaysari shahrida Amir Olimxonning kuyovi Nuriddin Xotuno‘g‘li (u tarixchi bo‘lib, Amir Olimxonning nevara jiyaniga uylangan) va u orqali amirning o‘g‘li Said Abdulkabir Azimiy bilan muloqotda bo‘ldi hamda ulardan amir farzandlarining Turkiyada nashr etilgan kitoblarini oldiAmir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). 1898 yilda u Qarshi viloyati, so‘ngra valiahd sifatida Karmana viloyatiga hokim bo‘lgan. Otasi Amir Abdulahadxon vafotidan so‘ng 1910 yil 24 dekabrda Said Olimxon Buxoro taxtiga o‘tirgan va o‘n yil davomida Buxoro amirligini boshqargan.Amir Said Olimxon dastlab amirlikda ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sohalarda islohotlar o‘tkazdi. Harbiy ishni qayta qurishga kirishdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay bu islohotlar to‘xtatib qo‘yildi. Said Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasiga qaramligi yanada kuchaydi. 1915 yil dekabrda Rossiya imperatori Nikolay II (1868-1918) uni general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirladi va o‘zining general-adyutanti qilib tayinladi. Amir Said Olimxonning farmoni bilan taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, Yosh buxorolik jadidlar qattiq ta’qib qilindi. Said Olimxon mamlakat ahvolini yaxshilash bilan shug‘ullanish o‘rniga asosiy vaqtini dabdabali turmush kechirish va aysh-ishratga sarfladi. Said Olimxonning kaltabinligi natijasida ulug‘vor bir turkiy davlat tanazzulga uchrab, parchalanib ketdi.1920 yil bahoriga kelganda Buxoro amirligidagi siyosiy vaziyat keskinlashib, amirlikka tashqi xurujning tahdidi kuchayadi. 1920 yil may oyi boshlarida Moskvaga kelgan butun Rossiya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) a’zolari Sh.Eliava va Ya.Rudzutak RSFSR Tashqi ishlar xalq komissari G.V.Chicheringa «Turkiston komissiyasi ertagayoq Buxoro amirligining mustaqilligini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi» degan bayonotni topshirishadi. 22 mayda bo‘lgan RKP (b) MK Siyosiy byurosi Buxoro amirligiga hujum qilish to‘g‘risidagi Turkkomissiya a’zolarining ushbu fikrini ma’qullashdi. Sovet Rossiyasining Turkiston ASSRdagi harbiy qismlariga Buxoroni bosib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari aytiladi.Turkiston fronti qo‘shinlarining qo‘mondoni M.V.Frunze Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarni tezlashtirishni so‘rab 1920 yil 31 iyulda sovet Rossiyasi hukumati raisi va bolsheviklar rahbari V.I.Leninga telegramma jo‘natadi. Qizil armiya avgust oyi mobaynida Buxoroni zo‘ravonlik bilan bosib olishga jiddiy tayyorgarlik ko‘radi.1920 yil 21 avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze va Turkiston fronti Harbiy inqilobiy kengashi a’zosi Yu.Ibrohimov RSFSR Harbiy ishlar xalq komissari L.D. Trotskiy nomiga telegramma yo‘llab, Buxoroni bosib olishga hamma narsa tayyor ekanligini ma’lum qilishganida, bolsheviklarning rahbarlaridan biri I.V.Stalin bu telegrammaga «o‘rtoq Frunze reseptiga ko‘ra zudlik bilan harakat qiling», deb rezolyutsiya qo‘ygan. Bu jumlaning ostiga esa V.I.Lenin va N.I.Buxarin «roziman» deb qo‘l qo‘yishgan.Shunday qilib, 1920 yil 2 sentyabrda Buxoroda qizil askarlar tomonidan amirlik tuzumi qurol kuchi bilan ag‘darib tashlandi. O‘sha kuni qizil askarlar Buxoro hukmdorlarining qarorgohi – Ark (Arki Oliy)ni egallab, uning ustiga o‘z bayroqlarini tikadilar. Qizil armiyaning Buxorodagi bosqiniga boshchilik qilgan M.V.Frunze Moskvaga – RSFSR XKS raisi V.I.Lening telegramma yo‘llab, Eski Buxoro qal’asi qo‘lga kiritilganligi hamda «Buxoro mustabidlari va qora guruhlarining oxirgi tayanchi tugatilgan»ligini «zo‘r mamnuniyat» bilan ta’kidladi.Buxoro shahrini bosib olgan qizil askarlar xukmdor qarorgohi – Arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo‘shbegisi va boshqa saroy amaldorlarining butun boyliklarini talon-toroj qilganlar. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze, Buxoro gruppasining boshlig‘i I.P.Belov, ko‘plab qizil armiya komandirlari va oddiy jangchilar katta boylikni o‘zlashtirganlar.Turkiston fronti qo‘mondoni M.V. Frunze va Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklar vayron qilingan va talangan Buxoroi sharifga qizil askarlar hamrohligida kirib kelishgan.Buxoro shahrini bosib olgan qizil askarlar hukmdor qarorgohi – Ark [Arki Oliy]dagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo‘shbegisi va boshqa saroy amaldorlarining butun boyliklarini talon-toroj qilganlar. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni M.V. Frunze, Buxoro gruppasining boshlig‘i I.P. Belov, ko‘plab qizil armiya komandirlari va oddiy jangchilar katta miqdordagi boylikni o‘zlashtirganlar.Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, o‘sha paytda jahondagi eng katta xazinalardan biri hisoblangan amirlikning butun xazinasi ikki [har bir eshelonda 20 ta qizil vagon bo‘lgan] eshelonda Moskvaga jo‘natilgan. (Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi BXSR rahbarlari xazinaning bir qismini bolsheviklar talon-torojidan asrab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular bu xazinadan Buxoroda respublika tuzumi asoslarini qaror toptirishda, buxorolik talabalarni Germaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda o‘qitishda foydalanishgan.) Oltin (quyma oltin va tilla tangalar), qimmatbaho toshlar va nodir buyumlardan iborat bu xazinaning umumiy qiymati o‘sha paytdagi narx bilan 77 million tilla so‘m (bugungi bahoda taxminan 80 milliard dollar)ni tashkil qilgan. Bu boyliklardan 1920 yili iqtisodiy nochor sovet Rossiyasi o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan. Tilla tangalar va qimmatbaho toshlarning bir qismini o‘marganligi uchun M.V. Frunze 1920 yil kuzida Moskvada ma’lum muddat uy qamog‘ida ushlab turilgan va «o‘rtoq Frunze ishi» ochilgan.Sayyid Mansur Olimiy (Amir Said Olimxonning o‘g‘li, 1931 yil Afg‘onistonda tug‘ilgan) tomonidan yozilgan va 1996 yil Turkiyada fors tilida nashr etilgan «Buxoro – Turkiston beshigi» asarida qizil armiyaning Buxoroga bosqini va amirning Buxoro taqdiri hal qilinayotgan fursatdagi tadbiri quyidagicha yoritilgan: «Tungi soat ikki yarimda Frunze lashkarlari Buxoroga hujum boshladi. O‘n ikki aeroplan Buxoroni kecha-kunduz bombardimon qildi. Natijada 50 mingdan ortiq erkak va ayol, bolalar halok bo‘ldi, uylar, masjidlar, madrasalar, mahallalar, tijoratxonalar vayron etildi. Amir tomonidan hozirlab qo‘yilgan jang anjomlari, zahiralari vayron etilib, kommunistlar tarafidan yondirib yuborildi.Amir Olimxon uzoqqa otar to‘plar va tanklarga qarshi olib borgan to‘rt kunlik janglardan so‘ng Buxoro aholisi jonini saqlab qolish maqsadida hamda dushmanlarga qarshi jang qilish uchun o‘z kuchining zaifligini anglab, kurashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shanba kuni «Sitorai Mohi Xosa» bog‘ini tark etib payshanba kuni Afg‘oniston elchisi Abdushukurxon, Toshkentdagi elchi Muhammad Aslamxon Sayg‘oni mirishkor, afg‘on lashkari qozisi hamda 25 ming Buxoro va afg‘on sarbozlari ishtirokida G‘ijduvon orqali Vatandan chiqib ketdi».Bu holatni Amir Said Olimxonning o‘zi keyinchalik yozgan “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli xotiralarida quyidagicha tasvirlagan edi: “To‘p o‘qlarining ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag‘al beva-bechoralarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Shunda o‘zimcha o‘yladim. Bu bandayi ojiz ushbu Buxoroyi sharif shaharidan ko‘chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan xarobalikka bo‘lgan sabablar yo‘lini to‘sib, faqiru fuqaro bechoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, degan andishada chahorshanba kuni tushdan keyin soat to‘rtlarda foytunga o‘tirib, misoli hazrat Payg‘ambar alayhissalom sunnati bo‘lmish hijrat kabi ko‘chishni ixtiyor etdim. Shohlik bog‘i sanalgan Sitorayi Mohi xossadan chiqib, Tumoni Komot [Vobkent] va Xarqonrud, ya’ni G‘ijduvon tarafga ravona bo‘ldim”.Amir Said Olimxonning Buxoro shahridan chiqib ketish jarayonini mahalliy tarixchiMuhammad Ali Baljuvoniy esa o‘zining“Tarixi nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida sal keyinchalik quyidagicha tasvirlagan edi:“O‘sha chorshanba kuni zulhijjaning 21 kuni edi. Shu kuni (amir) Vobkentdan o‘tib, Xoja Jahonga kirib Abdullaboyvachcha hovlisiga tushdi. Kechasi Qiziltepa ustidagi temir yo‘ldan o‘tib, Qarshi cho‘liga qarab, ikki-uch kunda Hisor viloyatining Dehnov shahriga yetdilar. Shu bilan dushmandan najot topdilar”.Xullas, Amir Said Olimxon 1920 yil 1 sentyabrda Buxoro shahrini tark etgan. Said Olimxon haramni Sitorai Mohi Xosada qoldiradi, o‘zi bilan xazinadan faqat oz miqdordagi boylikni oladi. O‘sha kuni kechqurun u va eng yaqin saroy ayonlari G‘ijduvon tumani Ja’fari qishlog‘idagi Abdullaboy (Buxoroda u Abdullaboyvachcha nomi bilan mashhur bo‘lgan)ning uyida tunab qolishadi. Ertasi kuni Said Olimxon va yaqinlari Vang‘ozi (Xoja Bo‘ston) tumani hududiga kirib borishgan. Bu paytda Buxoro shahrini bosib olgan qizil askarlarning kichik bir bo‘linmasi Amir Olimxon iziga tushadi. Hozirgi Qiziltepa tumanidagi Toshrabot hududi yaqinida amir va uning ayonlari Zarafshon daryosidan kechib o‘tayotganda (bu paytda orqadan ta’qib qilayotgan qizil askarlar amir karvoniga ancha yaqinlashib qolgan edilar) amir karvonidagi tilla to‘ldirilgan ikkita foytun ag‘darilib, daryoga cho‘kib ketadi. Said Olimxon va hamrohlari Zarafshon daryosidan katta mashaqqat bilan o‘tib olgach, Cho‘li Malik va O‘rtacho‘l orqali Qarshi tomonga qarab yo‘lni davom ettirishga majbur bo‘ladilar.(Amir Olimxon o‘zi bilan olib ketayotganda daryoga g‘arq bo‘lgan bu boyliklar taxminan 1970 yillarda Zarafshon daryosining qurib qolgan o‘zani atrofida Shofirkon gidrouzeli qurilayotganda tasodifan bitta ekskavatorchi tomonidan topib olingan va bu xazina nafaqat Qiziltepa tumani, Buxoro viloyati yoxud O‘zbekiston SSR rahbariyatini, balki Moskvadagi SSSR oliy siyosiy rahbariyatini ham bir qalqib tushishiga olib kelgan, «oltin vasvasasi» oqibatida O‘zbekistonda yuqori lavozimlarda ishlagan ko‘plab kishilar o‘z vazifalaridan olib tashlangan, hatto ba’zilari jinoiy javobgarlikka ham tortilgan edi. Bu haqda hozirgacha tuman ahli o‘rtasida, umuman, buxoroliklar orasida ajabtovur hangomalar va ibratomuz naqllar yuradi. Ushbu naqllar tumandoshlarimiz tomonidan «Qiziltepa tongi» gazetasi tahririyatiga taqdim qilinsa, bu ma’lumotlardan kelgusida Qiziltepa tumani tarixining yangi nashrini tayyorlashda foydalanilar edi. – Mualliflar izohi).Said Olimxon esa sentyabr oyining o‘rtalarida Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urinadi. U Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxoroliklarning qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvofiqlashtirishga intilgan. Biroq bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, Said Olimxon Amudaryoning Chubek kechuvidan 1921 yil 4 martda Afg‘onistonga o‘tib ketgan.Said Olimxonni Kobulda Afg‘oniston amiri Omonullaxon (1892-1960; 1919-1929 yillarda hukmronlik qilgan) qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal’ayi Fotuda maxsus qarorgoh ajratib beradi. Said Olimxon qolgan butun umrini Kobulda o‘tkazadi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi milliy ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etadi, qo‘rboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni kurashga ilhomlantirgan. Said Olimxon Kobulda o‘zining esdaliklarini yozib tugallaydi.«Manchester-Gardiyen» (Angliya) gazetasida 1923 yil 4 iyunda Said Olimxonning«Bolsheviklarning O‘rta Osiyodagi kompaniyasi» nomli murojaatnomasi e’lon qilindi. Bu murojaatnomada sovet Rossiyasining 1917-1922 yillarda Markaziy Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Buxoroning qizil armiya tomonidan bosib olinishi, amirlik xazinasining Moskvaga olib ketilishi, istiqlol janglari haqida ma’lumotlar mavjud. Sobiq amirning yozishicha, bu paytda mujohidlarning miqdori 60 000, qizil askarlarning soni 100 000 kishi (faqat Buxoroning o‘zida 40 000 qurolli qizil askar) bo‘lgan.Said Olimxon hali Buxoro amiri bo‘lib turgan vaqtlarda uning Rossiya va Yevropaning turli banklarida katta miqdordagi jamg‘armalari saqlangan. Bu davrda amir mashhur Buxoro qorako‘li bilan savdo qilgan va uning vakillari boshqa savdo-sotiq ishlarini ham olib borgan. Jahon banklarida saqlangan ushbu jamg‘armalarning taqdiri va uning savdo vakillari qo‘lidagi yirik sarmoya to‘g‘risida xozirgacha turli fikrlar va taxminlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning yozishicha, bu jamg‘armalar keyinchalik Said Olimxon va uning Afg‘onistondagi vorislari tomonidan banklardan olinib, ular tasarruf qilingan. Ba’zi olimlarning fikricha, bu jamg‘armalar hozir ham Yevropa banklarida saqlanmoqda. Said Olimxonning farzandlari ham shunday fikrda. Bu haqda so‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotida («Darakchi» va boshqa gazetalarda) bir-biriga zid fikrlar, hatto haqiqatdan mutlaqo yiroq bo‘lgan «cho‘pchaknamo uydirmalar» e’lon qilindi. Bizning fikrimizcha, Amir Olimxon tomonidan Yevropa banklariga qo‘yilgan sarmoya juda katta miqdorni tashkil qilmaydi va ushbu sarmoyaning bugungi kunda Shveysariya banklarida mavjudligi munozarali masala. Yana bir muhim jihat amir xazinasining asosiy qismi bo‘lgan Buxoro oltinlari o‘sha 1920 yil sentyabrda Moskvaga olib ketilgan edi.Buxoroning so‘nggi hukmdori bo‘lgan Amir Said Olimxon umrining oxirida ko‘zi ojizlanib qoladi, u og‘ir dardga chalinadi. Kobuldan turib yurt diydoriga talpinib 1944 yil 28 aprelda uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng Qal’ayi Fotuda vafot etadi. U Kobul atrofidagi Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Said Olimxonning avlodlari bugungi kunda Turkiyaning G‘oziantib shahrida, AQSH, Germaniya, Afg‘oniston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Eronda istiqomat qiladilar. Said Olimxonning o‘g‘illari 1993 yil sentyabrda ota yurtlari Buxoroga kelib, uni ziyorat qilishdi. 2006 yil 26 oktyabrda Nyu-York shahrida Said Olimxonning qizi Shukriya xonim 99 yoshida vafot etdi.Ushbu kitob mualiflaridan biri (Q.Rajabov) 2010 yili mart oyida Turkiyada ilmiy safarda bo‘lganida Qaysari shahrida Amir Olimxonning kuyovi Nuriddin Xotuno‘g‘li (u tarixchi bo‘lib, Amir Olimxonning nevara jiyaniga uylangan) va u orqali amirning o‘g‘li Said Abdulkabir Azimiy bilan muloqotda bo‘ldi hamda ulardan amir farzandlarining Turkiyada nashr etilgan kitoblarini oldi

Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). - 860933992073
Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). - 860933991817
Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). - 860933991561
Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). - 860933991305
Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). - 860933991049
Amir Said Olimxon Buxorodagi mang‘itlar sulolasining so‘nggi o‘ninchi hukmdori bo‘lib, u 1881 yil Karmana shahrida Amir Abdulahadxon oilasida tug‘ilgan.Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-1896). - 860933990793

Комментарии

Комментариев нет.