28 апр 2021

Bas, yetar qolgani gunohdir,

Qolganin ko'raman to'zimdan.
Bariga bir Xudo guvohdir,
Men juda xafaman o'zimdan!
😔😔
Topinganim tutganim xato,
O'zi uchun yig'lar ham odam.
O'ligini ko'rsatmas hatto,
O'limini bilganda it ham.
😔😔
Topolmaysan sen ham meni hech,
Unutaman unutaman umidvorlikni.
Qasam ichib aytaman har kech,
Unutmayman intizorlikni.
😔😔
Hamroh bo'lar menga yer osmon,
Meni chorlar gul, farishtalar.
Eslamayman seni hech qachon,
Uzuladi hamma rishtalar.
😔😔
Bariga shu Xudo guvohdir,
Xafaman shu aytgan so'zimdan.
Bas,yetar, qolgani gunohdir,
Qolganin ko'raman faqat o'zimdan.

Комментарии

  • 29 апр 2021 10:30
    Anvar sanayev
  • 29 апр 2021 10:30
    Men senga begonaman
  • 29 апр 2021 12:57
    Sevgan yorim deganim Yor bulmadi naylayin. Jondan aziz bilganim qadrim bilmadi naylayin. Sevgan yorim yig`lama, Sherin jonim yig`lama , Yig`lab yurk bag`rim tirnama...
  • 29 апр 2021 22:52
    Murat 🕋 ответил Odil 91 91
    Super.
  • XaYoLiMdAsIz ответил Murat 🕋
    Комментарий удалён.
  • 29 апр 2021 22:56
    Raxmat
  • XaYoLiMdAsIz ответил Murat 🕋
    Комментарий удалён.
  • 29 апр 2021 23:04
    Murat 🕋 ответил XaYoLiMdAsIz
    Qaysi mavzu
  • Odil 91 91 ответил Murat 🕋
    Комментарий удалён.
  • 29 апр 2021 23:12
    Oqidim .Ajoyib
  • XaYoLiMdAsIz ответил Murat 🕋
    Комментарий удалён.
  • 29 апр 2021 23:16
    Raxmat .
  • 8 мая 2021 23:18
    Yolg'izginam bo'la turib,
    Muhabbatim bila turib,
    Menga qarab kula turib,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Yoki sinab sabrimni,
    Ololmasdan dardimni,
    Bila olmay qadrimni,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Kulgingiz dardga davo,
    So'zingiz shirin navo,
    Mehringiz ko'rmay ravo,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Quvonch berib mungli ko'zga,
    Ishontirib yolg'on so'zga,
    Hayolingiz olgach o'zga,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Va'dalarga ko'mib-ko'mib,
    Qalbim qoldi shunga ko'nib,
    Azoblarga ko'zni yumib,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Qiyomatga qoldi diydor,
    Ishqdan ko'rdim faqat ozor,
    Yonginamga kelmay bir bor,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Yolg'iz qolar kun ham tunsiz,
    Qalbim yig'lar bugun unsiz,
    Sevgim qolar sizsiz yolg'iz,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Samolarga yetar ohim,
    Nahot sevganim gunohim,
    Bo'lmay bir umr hamrohim,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    o'kinchlarga to'lar dilim,
    Ismingizni qo'ymas tilim,
    Jonim olar bo'lsa o'lim.
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Derdingizku axir begim,
    Sizla baxtli har bir onim,
    Endi yoqib honumonim,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Bahorlarm bugun xazon,
    Muhabbatim aylab arzon,
    Yo'lingizda qilib sarson,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Yurardim ko'kda uchib,
    Baxt deb sarobni quchib,
    Azizam mendan kechib,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Yo'llarmda bo'lib paydo,
    O'zingizga qilib shaydo,
    So'rang aylay jonim fido,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Hijronga topmay chora,
    Ado bo'ldim nachora,
    So'naman bora-bora,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Kelmasangiz qoshimga,
    Cho'kaman ko'z yoshimga,
    Azob tushsa boshimga,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Yurak yig'lar so'zga ko'nmay,
    Hazon bo'kdi gulim unmay,
    Nahot sira afsuslanmay,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Shirin so'zlab dona-dona,
    Derdingiz-ku siz yagona,
    Nahot endi men begona,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Orzularm endi sarob,
    Muhabbatim bo'ldi xarob,
    Savolimga bermay javob,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.?

    Baxt qushini uchiring deb,
    Meni dildan o'chiring deb,
    Taqdir ekan kechiring deb,
    MENI TASHLAB KETASIZMI.? "G"
  • 7 июн 2021 08:29
    Janob Xon ответил Odil 91 91
    Gap yu
  • 6 сен 2021 22:41
    :'(