Musulmonlar ommasiga Imomi A'zam nomi ila mashhur bo'lgan bu zot haqida ko'plab maqolalar va kitoblar yozilgan. Biz esa, u kishining ulug' hayotlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Abu Hanifa No'mon ibn Sobit ibn Zutiy Kufa shahrida hijriy 80-sanada tavallud topdilar. U kishi fiqh mazhab boshliqlari ichida eng avval tug'ilganlaridir. Abu Hanifa rahmatullohi alayhining otalari Sobit ibn Zutiy asli fors bo'lgan. Bobolari esa, asli kobullik bo'lgan. Otalari Termiz, Nasa va Anbor shaharlarida yashab oxiri Kufada qaror topgan hamda Abu Hanifa ayni shu shaharda dunyoga kelganlar. Abu Hanifa rahmatullohi alayhining otalari Ali roziyallahu anhu bilan uchrashgan va o'ziga hamda zurriyotiga baraka tilab, u kishining duolarini olgan edi. Ko'pchilik tarixchilar, Imomi A'zam rahmatullohi alayhini tobe'inlardan keyingi avlod musulmonlaridan, deydilar. Ammo ba'zilar u kishining tobe'in bo'lganlari, sahobalardan Anas ibn Molik roziyallohu anhuni ko'rib, u kishidan "Talabi ilm har bir musulmonga farzdir" hadisini rivoyat qilganlarini ta'kidlaydilar. Shuningdek, Abu Hanifa rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abu Avfo, Vosila ibn al-Asqa', Omir ibn Vosila roziyallohu anhum kabi sahobalar bilan ham ko'rishganlar. Ammo ularning suhbatlarida bo'lmaganlar. Sahobani ko'rgan shaxs tobe'in bo'ladi, degan ulamolar "Abu Hanifa rahmatullohi alayhi tobe'in", deydilar. Sahobani ko'rsa-yu, suhbatini topmasa tobe'in bo'lmaydi, deydigan ulamolar "Abu Hanifa rahmatullohi alayhi tobe'in bo'lmagan"', deydilar. Abu Hanifa rahmatullohi alayhi o'sha vaqtning katta shahari bo'lgan Kufada o'sdilar. Kichikliklarida qiroat ustozlarining boshlig'i imom Osimdan Qur'oni Karimni yod oldilar. Yoshliklaridan tahsili ilm qildilar, bir vaqtning o'zida kasb ham qilar edilar. Ipak sotar edilar. Ilm majlislaridan ko'ra bozorda ko'p bo'lardilar. Ko'pchilik esa, u kishidagi aql-zakovat va o'tkir zehn ila ilmga urinish lozimligini ta'kidlar edi. Oxiri, bu fikr Abu Hanifaning o'zlariga yetkazildi. Ibn Hajar al-Makkiy yozadi: "Abu Hanifa aytdiki: " Bir kuni Sha'biyning oldidan o'tib qoldim. U o'tirgan ekan. U meni oldiga chaqirib: "Kimga aralashasan?" dedi. "Bozorga aralashaman", dedim. "Bozorni aytayotganim yo'q. Ulamolarga aralashishni aytmoqdaman", dedi. "Men ularga oz aralashaman", dedim. "Undoq qilma! Ilmga nazar sol! Ulamolar majlisiga bor! Men senda sergaklik va harakatni ko'rmoqdaman", dedi. Uning gapi menga ta'sir qildi. Bozorga borishni tark qilib, ilm olishni boshladim. Uning so'zi ila Alloh menga manfaat berdi". Dastlab u kishi aqoid ilmini o'rgandilar. Kalom ilmida dong taratdilar. Yahyo ibn Shaybondan qilingan rivoyatda Abu Hanifa rahmatullohi alayhi quyidagilarni aytganlar: "Men kalomda tortishish qobiliyati berilgan odam edim. Bir muddat unga aralashib yurdim, talashdim, tortishdim. Xusumat va mujodala sohiblarining ko'plari Basrada edi. Bas, Basraga yigirma martadan ortiqroq bordim. Bir yil, undan ko'p yoki ozroq turdim. Xavorijlarning Aboziya, Sufriya degan toifalari va boshqalar bilan nizolashdim. O'sha paytda kalomni ilmning afzali deb bilar edim. Bu kalom diynning aslidir, der edim. Unda bir muddat umrim o'tganidan keyin o'zimni o'zim tergadim. Tadabbur qildim". Ma'lumotlar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Kifoya" kitoblaridan olindi.
Yon daftarcham.
Imom Abu Hanifa va u kishining mazhablari.
Musulmonlar ommasiga Imomi A'zam nomi ila mashhur bo'lgan bu zot haqida ko'plab maqolalar va kitoblar yozilgan. Biz esa, u kishining ulug' hayotlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Abu Hanifa No'mon ibn Sobit ibn Zutiy Kufa shahrida hijriy 80-sanada tavallud topdilar. U kishi fiqh mazhab boshliqlari ichida eng avval tug'ilganlaridir.
Abu Hanifa rahmatullohi alayhining otalari Sobit ibn Zutiy asli fors bo'lgan. Bobolari esa, asli kobullik bo'lgan. Otalari Termiz, Nasa va Anbor shaharlarida yashab oxiri Kufada qaror topgan hamda Abu Hanifa ayni shu shaharda dunyoga kelganlar.
Abu Hanifa rahmatullohi alayhining otalari Ali roziyallahu anhu bilan uchrashgan va o'ziga hamda zurriyotiga baraka tilab, u kishining duolarini olgan edi.
Ko'pchilik tarixchilar, Imomi A'zam rahmatullohi alayhini tobe'inlardan keyingi avlod musulmonlaridan, deydilar. Ammo ba'zilar u kishining tobe'in bo'lganlari, sahobalardan Anas ibn Molik roziyallohu anhuni ko'rib, u kishidan "Talabi ilm har bir musulmonga farzdir" hadisini rivoyat qilganlarini ta'kidlaydilar.
Shuningdek, Abu Hanifa rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abu Avfo, Vosila ibn al-Asqa', Omir ibn Vosila roziyallohu anhum kabi sahobalar bilan ham ko'rishganlar. Ammo ularning suhbatlarida bo'lmaganlar. Sahobani ko'rgan shaxs tobe'in bo'ladi, degan ulamolar "Abu Hanifa rahmatullohi alayhi tobe'in", deydilar. Sahobani ko'rsa-yu, suhbatini topmasa tobe'in bo'lmaydi, deydigan ulamolar "Abu Hanifa rahmatullohi alayhi tobe'in bo'lmagan"', deydilar.
Abu Hanifa rahmatullohi alayhi o'sha vaqtning katta shahari bo'lgan Kufada o'sdilar. Kichikliklarida qiroat ustozlarining boshlig'i imom Osimdan Qur'oni Karimni yod oldilar.
Yoshliklaridan tahsili ilm qildilar, bir vaqtning o'zida kasb ham qilar edilar. Ipak sotar edilar. Ilm majlislaridan ko'ra bozorda ko'p bo'lardilar. Ko'pchilik esa, u kishidagi aql-zakovat va o'tkir zehn ila ilmga urinish lozimligini ta'kidlar edi. Oxiri, bu fikr Abu Hanifaning o'zlariga yetkazildi.
Ibn Hajar al-Makkiy yozadi:
"Abu Hanifa aytdiki:
" Bir kuni Sha'biyning oldidan o'tib qoldim. U o'tirgan ekan. U meni oldiga chaqirib:
"Kimga aralashasan?" dedi.
"Bozorga aralashaman", dedim. "Bozorni aytayotganim yo'q. Ulamolarga aralashishni aytmoqdaman", dedi.
"Men ularga oz aralashaman", dedim.
"Undoq qilma! Ilmga nazar sol! Ulamolar majlisiga bor! Men senda sergaklik va harakatni ko'rmoqdaman", dedi.
Uning gapi menga ta'sir qildi. Bozorga borishni tark qilib, ilm olishni boshladim. Uning so'zi ila Alloh menga manfaat berdi".
Dastlab u kishi aqoid ilmini o'rgandilar. Kalom ilmida dong taratdilar.
Yahyo ibn Shaybondan qilingan rivoyatda Abu Hanifa rahmatullohi alayhi quyidagilarni aytganlar:
"Men kalomda tortishish qobiliyati berilgan odam edim. Bir muddat unga aralashib yurdim, talashdim, tortishdim. Xusumat va mujodala sohiblarining ko'plari Basrada edi. Bas, Basraga yigirma martadan ortiqroq bordim. Bir yil, undan ko'p yoki ozroq turdim. Xavorijlarning Aboziya, Sufriya degan toifalari va boshqalar bilan nizolashdim. O'sha paytda kalomni ilmning afzali deb bilar edim. Bu kalom diynning aslidir, der edim. Unda bir muddat umrim o'tganidan keyin o'zimni o'zim tergadim. Tadabbur qildim".
Ma'lumotlar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Kifoya" kitoblaridan olindi.