30 мая 2020

Ayolingiz siz uchun:

-Familyasini o'zgartiradi.
-Uyini o'zgartiradi.
-Oilasini o'zgartiradi.
-Yashash tarzini o'zgartiradi
-Agar xohlasangiz yurish,turishini o'zgartiradi.
-Sizga yoqish uchun,muhabbatingizni qozonish uchun qo'lidan kelgan hamma fidokorlikni qiladi.
-Sizni nomingizni,sulolangizni davom ettirish uchun jonini Jabborga berib homilador bo'ladi.
-Homilalikda go'zalligini,sog'ligini farzandingiz uchun qurbon qiladi.
-Sizni nomingiz dunyodan o'chib ketmasligi uchun Semiradi huniklashadi.Siz esa bu ko'rinishi uchun undan ko'nglingiz qoladi.
-To'lg'oq dardidan go'r og'zidan qaytsa ham,ming azobda dunyoga keltirgan farzandlari unga o'xshamasa ham sizni o'ziniki qilish dardida,sizga qattiqroq chirmashib ketish istagida qayta-qayta tug'averadi.(Bu aqlsizligidan emas,muhabbatining kuchidan aqli o‘tmaslishib qolganidan.)
-Siz uchun,qanchalar qiyin bo'lsa ham, onangizni ona,otangizni ota,oilangizni oilam deb atay boshlaydi.
-O'ziga qarashga vaqt topa olmasa ham,sizning hidlangan paypoqlaringizni uyning har burchagidan to'playdi,kiringizni yuvadi,sizga chang qo'ndirmaydi,siz uchun shirin ovqatlar qilishga harakat qiladi,farzandlaringizni tarbiya qiladi,parvarishlaydi,oilangizni hizmatini qiladi ko'nglini oladi,sirlaringizni qalbini to'rida huddi o'z siridek avaylab,saqlaydi.
-Qo'polliklaringizni,nohaq haqoratlaringizni,achchiq kelganda butun urug'-aymog'ini haqqiga changitib tuhmatlar yog'dirishingizni,nafsonyati bilan o'ynashingizni hatto besabab qo'l ko'tarishingizni ham indamay kechiradi.
Siz uchun shuncha fidokorlik qilgan ojiza,nahot muhabbatingizga loyiq bo‘lmasa.
Siz uchun borini qurbon qilgan,qovurg‘angizni bir bo‘lagini e’zozlash shunchalar qiyinmi.

Комментарии