Konsta - Yoshlik(Text)

Esimda yo'q, birinchi bor daftarimni ochganim,
Esimda yo'q, birinchi darsim, esimda qochganim.
Esimda yo'q birinchi bor ushaganim ruchkani,
Esimda aniqrog'i ruchkam oynadan uchgani.
Esimda yo'q kundaligimda birinchi baho,
Esda birinchi bahor, meva yeb bo'sada xom.
Esimda yo'q qachon nasib etdi kitob o'qish,
Esda birinchi qish, zvonok, qor o'ynashga chiqish,
Esimda yo'q nega Sharif zabor oshib ketardi,
Esimda yo'q beshinchi soat, to'rttasi yetardi,
Esimda yo'q nima o'tgani shu to'rttasida,
Esimda lineykada turganim zal o'rtasida.
Esimda maktab yonida studentlarni urganimiz,
Esda yo'q kim uchun, esda до конца turganimiz.
Eslolmadim o'qituvchilar nimalar qildirgani,
Ko'pi esimda yo'q, esda ko'pni bildirgani.
#Naqorat:
Yoshlik, bilmaydi hech kim qachon tugashini,
Yoshlik, o'ynardik qorong'u joylarda yashinib,
Yoshlik, qorong'u ichimda svet yoqolmayapman,
Yoshlik, chiq mayli yutqazdim.
Chiq, Topolmayapman...!
Esimda birinchi martta kinoga kirganimiz,
Yo'q esimda yo'q qaysi film, esimda o'tirganimiz.
Esimda yo'q o'sha paytlarda biz o'tirgan parta,
Esimda yo'q edi kofe, biz o'tirgan barda,
Esimda yo'q informatika, esimda dotik,
Esimda yo'q ximiya, esimda yengil narkotik.
Esimda yo'q adabiyot, esimda Radius,
Esimda bitta uchrashuv va minus o'n besh gradus,
Esimda o'shanda o'zim tanlab yurdim shu yo'ldan,
Katta bolaman deb yo'l korsatsa ushab qo'ldan,
Esimda qanday qilib o'z yoshligimni buzganim,
Esimda bir paytlar men xam bir orzular tuzganim.
Hech kim aybdormas seni shu hayotinga O'chir!
Tayyorlamidimi seni shi kunlarga ko'cha?
Sen bo'may kim o'sha kotta bo'b qogan tip a?,
Shunda bilmagandingmi uy edi eng zo'r karantin...!!!
#Naqorat:
Yoshlik, bilmaydi hech kim qachon tugashini,
Yoshlik, o'ynardik qorong'u joylarda yashinib,
Yoshlik, qorong'u ichimda svet yoqolmayapman,
Yoshlik, chiq mayli yutqazdim.
Chiq, Topolmayapman...

Комментарии

Комментариев нет.