Topmoq yo'qotmoqdir yo'qotmoq topmoq.

Sen so'lib men yashnab to'lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko'proq yo'qotdim.
Sen meni yupatding seni yeg'latdim.
Uyalmay ona deb kelishimga boq.
Sog'inch haqida sherlar yozdim o'zimcha.
Mendan peshonangda dog'lar tizimcha.
O'g'ling bo'lmay o'lay attang ming attang.
Qiz tug'sang netardi ko'proq qiz tug'sang.
Tirgak bo'lolmadim bitta qizingcha.
Uyalmay shoirman deyishimga boq.
Joningdan aylanay turgil jonajon.
Yo'l qarab bo'ldimi jigarginang qon?
Boqma ko'zlarimga bemajol hasta.
Mening topganlarim gulmi bir dasta.
Yo'qotganim senmi endi Onajon.
O'z etimni o'zim yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni bir alam elar.
Buyursang qo'limdan kelmaydi nelar.
Ayt pichan yeg'aymi o'tin yoraymi.
Yerni haydayinmi ko'k ag'daraymi.
Itdek oyog'inga suykalgim kelar.
Uchib-uchib mana qo'nishimga boq.
Hech narsa kerakmas bolam hech deysan.
Endi kech deysanda endi kech deysan.
Yuzimni bosaman muzday yuzinga.
Onajon zor qilib ketma izinga.
O'lim oldida ham g'amimni yeysan.
Menchi jim taqdirga ko'nishimga boq.
Sherim bitdi hayr do'slar hush qoling.
Bedil yashamoqqa o'rganmang mendek.
Boring Volidangiz ko'nglini oling.
Ertaga kech qolib o'rtanmang mendek.
Muhammad Yusuf

Комментарии

Комментариев нет.