Oyi, biroz tobim yo'qroq, bugun o'qishga borgim kelmayapdi, - dedim ertalab ishga ketayotgan onamga. - Voy nima bo'ldi, qaering og'riyapti? - peshonamni ushlab tashxis qo'yishga shoshdi onaginam. - Yo'q, hech narsa biroz o'ng biqinim bilan belim og'riyapdi, xolos. Kecha o'qishda biroz sinf xonalarini tozalagan edik, shunda urinib qoldim shekilli. - Voy biram nozik-ey, shu qizingiz, - gapni hazilga burib qo'shildi opam, - darrov urinib ham qolibdilar. - Hechqisi yo'q, bugun biroz dam olay ertaga tuzalib qolaman, - dedim xavotirga tushgan onamni tinchlantirish uchun. Onam uzun nasihatlaridan so'ng ishga, opam esa o'qishga ketishdi. Men esa goh kuchayib goh tinayotgan og'riqqa e'tibor bermay uylarni saranjomlashga tushdim. Ammo yaxshigina kasal bo'lgan ekanman shekilli, bir zumda charchab qoldim. Biroz tin olishga o'rnimga yotdim. Uxlab qolibman, tushimda shunaqangi go'zal joylarda yurgan emishmanki, naq jannat deydi odam. Uyg'onganimda tush sababmi yoki boshqami o'zimni juda yaxshi his qilardim. Kayfiyatim ham ko'tarinki. Ammo bu vaqtincha tuzalish ekanligi keyin bilindi. Bir necha kun o'tdi hamki, tuzalish o'rniga kasalim kuchaya boshladi. O'qishga umuman bora olmay qoldim. Tez charchab, holdan toyadigan, birpasda ko'zim tinib ko'nglim behuzur bo'ladigan bo'lib qoldi. Bundan battar xavotirga tushgan onam shifokorga ko'rinishim kerakligini ta'kidlay boshladi. - Oyi, nima qilasiz bosh og'riq qilib, o'tib ketadi, qonim kamayib ketgan bo'lsa kerak, - deymanu, lekin o'zim ham biroz qo'rqa boshladim. Xavotirga tushganim bejiz emas ekan. Qo'yarda qo'ymay oyim doktorga olib bordilar, turli analizlardan so'ng ham kasalligim sababini bila olishmadi. Endi kunim turli kasalxonalar-u, analiz topshirish bilan o'tadigan bo'lib qoldi. - Opa, qonimni analizga olaverib- olaverib qoldirishmadi shekilli, - deyman kulib. Oxir oqibat tomografiyaga jo'natishdi. Doktor tomografiyadan so'ng onamga bir nimalar dediyu, - Sizni xonamda kutaman, deb xonasiga kirib ketdi. - Sen uyga ketaver bolam, charchading. Men doktor bilan natijalar haqida gaplashib olishim kerak ekan. Ortlaringdan men ham boraman, dedilar, ammo ko'zlari xavotir uchqunlarini yashira olmadi. Biroz ko'nglimga xijillik kirdi Yur, ko'nglim ozib ketdi bu kasalxonalar hididan, ketdik endi, - opam shunday deya, qo'llarimdan sudragudek qilib olib ketdi. Uyga kelganimizga bir necha soat bo'ldi, ammo hali oyimdan darak yo'q. Tinchlikmikin, nega kelmayapdilar? Hayolimga har xil be'mani fikrlar o'rmalay boshladi. - Opa, oyim kelmayapdilar? Tinchlikmikin ishqilib? - Kelib qoladilar, nima oyim kichkina bolamidiki... ko'p xavotir olaverma. Shu payt darvozadan oyim ko'rindilar. Ko'zlari yoshdan qizargan, ammo mendan yuzlarini yashirishga harakat qilayapdilar. Darrov gap nimada ekanligini tushundimu, tomog'im bir narsa tiqildi. Qanchalik yig'lamaslikka harakat qilsam ham ko'zlarim yoshga to'ldi. Tomog'imni achitgan narsa kattalasha boshladi go'yo. Oyim yugurib kelib meni quchoqlab oldilar. - Ahvolim og'ir ekanmi? – dedim sekingina oyimni pinjiga suqular ekanman. - Bolam, tuzalib ketasan, doktor aytdi... – dedilar, ammo shu payt lablarini tishlaganlarini sezdim. Dadam olamdan o'tganlaridan beri lablarini tishlashni odat qilganlar. Yig'lab yubormaslik uchun shunday qiladilar. Ahvolimning kundan kunga jiddiylashayotganidan o'zim ham og'ir xasta ekanimni bilar edimu, lekin buni tan olishga kuchim etmasdi. Shu kundan keyin kasalxonalarga ko'chib o'tdim desam xato bo'lmaydi. Turli kasallar, turli hayot, turli insonlar. Kasalxonada tanishgan insoninga birinchi bergan savoling: - Sizni qaeringizda kasal? - deb so'rash bo'larkan. Yonimda bir qiz yotardi, har 6 oyda bir kelib ximiya terapiya olib ketarkan. Ximiya terapiyadan so'ng uning yonida yotish mening azoblarimga o'n chandon azob qo'shardi. Uning qiynalishini, ingrashini ko'rib qo'rqib ketardim. Sochlari to'kilib ketgan, beto'xtov ko'ngli aynib, egani oshqozonida turmasdi. Lekin eng og'iri kundan kunga mening kuyimda ado bo'layotgan, so'nib borayotgan onamni ko'rish edi. Olgan muolajalarim foyda bermadi, endi menga ham o'sha ximiyadan yuborishadigan bo'lishdi. Birinchi marta sochlarimni tutam-tutam bo'lib to'kilayotganini ko'rganimda qo'rqib ketdim. Kipriklarimning bitta bitta to'kilishi esa mening umidim o'xshardi. Ammo inson har bir narsaga ko'nikkani kabi men ham ko'nikdim. Faqat ko'nglim ag'darilishiga ko'nika olmasdim. Ovqatga qaragim ham kelmas, ammo onamning menga tikilgan mo'ngli ko'zlarini ko'rib eyishga majbur bo'lardim. So'nib qoldi onaginam...Mening esa kundan kunga tuzalishga umid so'nib borardi. Yuragim tez ura boshladi, shunchalar tez urardiki, guyo o'ziga berilgan vaqtni tezroq bosib o'tsam deydi. O'rnimdan turib yura olmay qoldim. Doktor haq bo'lib chiqmadi. Balki u adashgan, balki onamga taskin berishi uchun meni tuzaladi degandir. Axir qanday qilib tuzalmaydi, qizingiz o'ladi, deyishi mumkin. Hamshiralarning nigohlaridan achinish satrlarini o'qiyman. Hammasini tushunaman, hammasini bilaman. Faqat ayta olmayman. Kuch-madorim yo'q, charchadim. Yuragimni urishidan charchadim, olib tashlang yuragimni!.. Yaqinlarim tikiladi, onajonim har doim yonimda. Bir qadam ham jilmaydi. U ishonadi, tuzalaman. Ishonmaydi mening o'limimga. Ammo men istayman, charchadim. Tomirlarimga qo'yilgan, tanamning har bir katagini achitayotgan dori ham endi tanamga ketishdan bosh tortadi. Tomirlarim ilma teshik bo'lib ketdi. Ichim dori darmonga to'ldi, ammo Holiq istamasa dori shifo bo'la olmaydi. Ko'nikaman o'limga. Kutaman uni. - Onajon, ayting ularga yuragimni to'xtatishsin... – o'tinaman. Onam chiday olmaydi, chiqib ketadi xonadan. Doktorlar esa sog' tomirimni topib dori qo'ya boshlashadi. Mening yuragim og'riq uchun yaratilganmi? Yo'q, ular yuragimni to'xtatishmoqchi emas, meni davolashmoqchi xolos. Ammo yuragim shunchalar charchaganki, to'xtashni istaydi. Tanam birdan qaltiray boshlaydi, shunday qaltiraydiki, 3-4 hamshira meni bosib turishga harakat qilishadi. Doktorlarning baqiriqlarini eshitaman, hamma yoqda yugur yugur. Yuragim go'yo so'nggi marraga shoshgandek tezroq va tezroq ura boshlaydi. - Olib keling dorini, jo'natgan dorimiz sudorga berdi, - deydi kimdir. Onam yugurib kirdi. - Chiqing opa, chiqing qo'limizdan kelganini qilamiz, - deya onamni xonadan olib chiqib ketishadi. Ko'zlarim bilan uni kuzataman. U esa mendan ko'zini uzmaydi, ko'zlarida umid. Bilmadim, bu soniya nega bunchalar uzun. Yillar kabi uzun, asrlar kabi uzun. - Butun bir katta kasalxonada bitta dori bo'lmasa-ya, - xunobi chiqib baqiradi doktor. Men esa parvoz qilaman, tanamdan chiqaman, yuragim to'xtaydi. Tepadan turib kuzataman, vo ajab, shu menmi? Palatadagi odamlar sekin-sekin tarqay boshlashadi. Men esa doktor ketidan ergashaman. Onam, eshik tagidan mung'ayib, umid bilan kutib turgan onaginam... - Nima bo'ldi, do'xtir, sudoragasi to'xtadimi?So'zsiz ham hammasi ma'lum bo'lsada, onam ishonmaydi. Qayta qayta so'ray boshlaydi. Shunda doktorga qanchalik og'ir ekanligini tushunaman. - Qo'limizdan kelganini qildik, ammo qizingizni berib qo'ydingiz opa, bandalik... – oddiy, balki har kuni kinolarda eshitadigan so'zlarimiz. Ammo uni eshitish, uni aytish qanchalar og'ir, qanchalar azobli. Onam dod deydi, ishonmayman deydi- yu, mening oldimga yuguradi. Mening jonsiz tanamni o'padi, qo'choqlaydi. - Bolaginam, Nilufarim... ishonmayman o'zingga kel, men nima qilaman bu dunyoda sensiz, - Oh onaginam, engillik topdim, taqdir shunday, qiynamang o'zingizni, ezilib ketayapman sizni ko'rib, onajon. Ammo u eshitmaydi. * * * - Bandalik qo'shni, - Alloh sabr bersin sizga. Ko'p kuyinmang, oldingizda yana bir qizingiz bor. Nilufarni umrini shunga bersin. - Ammo Nilufarim boshqacha edi, - o'kinadi ona. Yonida katta qizi yig'laydi. Nazarida ona mehri Nilufar bilan ketganday. Biladi, Nilufar boshqacha edi. Birovni ko'nglini og'ritishdan qo'rqardi. Hamma uni yaxshi ko'rardi. Hatto hazil qilib ham birovga qattiq gapirmagan. Mana butun sinfdoshlariyu, kursdoshlari, hatto uni atigi bir bor ko'rgan insonlar ham bugun janozasiga kelishgan. Hovliga odam sig'maydi. - Onajon men ham axir sizning qizingizman, meni ham qizim deng, - yolvoradi qiz. Ona: - Qizim, deya uni qo'chog'iga oldi-yu, ammo Nilufarni eslaydi. Jannat guli Nilufar. Quchog'idagi qiz yodidan chiqadi, ketgisi keladi Nilufar tomon. - Bunchalar chiroyli bo'lmasa, yuvintirib kafanlangandan so'ng gul kabi chiroyli bo'ldi-ya, bunchalar nozik xuddi uxlab qolganga o'xshaydi, - deydi Nilufarni ko'rgan ayollar. Amakilari dod soladi uni ko'rib. Ona yig'laydi, uvvos tortib yig'laydi. Ha, u juda chiroyli bo'ldi, men ham yig'ladim, uni eslab-eslab yig'ladim. – Madina opa, birovni xafa qilishga shunchalar qo'rqamanki, - ovozi qo'log'im tagida yangraganday bo'ladi. Shiringina kulgusini, qo'ng'iroqday ovozini eslab yig'ladim. - Bolam ko'p yig'lamang. Qiynaladi Nilufar, qiynamang uni. Bandalik bolam, hammamizning boshimizda bor. - Lekin meni tashlab ketdiii, uvillaydi ona. - Hech kimga bola qazosini ko'rsatmasin, - yoqasini ushlab qo'yadi ayol. Mana uning o'limiga bir yilcha bo'lib qoldi. Ammo ona hali ham motamda, yo'q ko'rinishi emas, qalbi aza tutmoqda. Siz ham bu hikoyani o'qiganingizda Nilufarning haqqiga duo qilib qo'ying
💐 DarDisaRim💐
:Abdullokh Matkarimov
CHINAKAM TA'SIRLI VOQEA!
Oyi, biroz tobim yo'qroq, bugun
o'qishga borgim kelmayapdi, - dedim
ertalab ishga ketayotgan onamga. -
Voy nima bo'ldi, qaering og'riyapti? -
peshonamni ushlab tashxis qo'yishga
shoshdi onaginam. - Yo'q, hech narsa biroz
o'ng biqinim bilan belim
og'riyapdi, xolos. Kecha o'qishda biroz
sinf xonalarini tozalagan edik, shunda
urinib qoldim shekilli. - Voy biram
nozik-ey, shu qizingiz, - gapni hazilga
burib qo'shildi opam, - darrov urinib ham
qolibdilar. - Hechqisi yo'q, bugun
biroz dam olay ertaga tuzalib qolaman,
- dedim xavotirga tushgan onamni
tinchlantirish uchun. Onam uzun
nasihatlaridan so'ng ishga, opam esa
o'qishga ketishdi. Men esa goh kuchayib goh
tinayotgan og'riqqa
e'tibor bermay uylarni saranjomlashga
tushdim. Ammo yaxshigina kasal
bo'lgan ekanman shekilli, bir zumda
charchab qoldim. Biroz tin olishga
o'rnimga yotdim. Uxlab qolibman, tushimda
shunaqangi go'zal joylarda
yurgan emishmanki, naq jannat deydi
odam. Uyg'onganimda tush sababmi
yoki boshqami o'zimni juda yaxshi his
qilardim. Kayfiyatim ham ko'tarinki.
Ammo bu vaqtincha tuzalish ekanligi keyin
bilindi. Bir necha kun o'tdi
hamki, tuzalish o'rniga kasalim
kuchaya boshladi. O'qishga umuman
bora olmay qoldim. Tez charchab,
holdan toyadigan, birpasda ko'zim
tinib ko'nglim behuzur bo'ladigan bo'lib qoldi.
Bundan battar xavotirga
tushgan onam shifokorga ko'rinishim
kerakligini ta'kidlay boshladi. - Oyi,
nima qilasiz bosh og'riq qilib, o'tib
ketadi, qonim kamayib ketgan bo'lsa
kerak, - deymanu, lekin o'zim ham biroz qo'rqa
boshladim. Xavotirga
tushganim bejiz emas ekan. Qo'yarda
qo'ymay oyim doktorga olib bordilar,
turli analizlardan so'ng ham kasalligim
sababini bila olishmadi. Endi kunim
turli kasalxonalar-u, analiz topshirish bilan
o'tadigan bo'lib qoldi. - Opa,
qonimni analizga olaverib- olaverib
qoldirishmadi shekilli, - deyman kulib.
Oxir oqibat tomografiyaga jo'natishdi.
Doktor tomografiyadan so'ng onamga
bir nimalar dediyu, - Sizni xonamda kutaman,
deb xonasiga kirib ketdi. -
Sen uyga ketaver bolam, charchading.
Men doktor bilan natijalar haqida
gaplashib olishim kerak ekan.
Ortlaringdan men ham boraman,
dedilar, ammo ko'zlari xavotir uchqunlarini
yashira olmadi. Biroz
ko'nglimga xijillik kirdi
Yur, ko'nglim ozib ketdi bu
kasalxonalar hididan, ketdik endi, -
opam shunday deya, qo'llarimdan
sudragudek qilib olib ketdi. Uyga
kelganimizga bir necha soat bo'ldi,
ammo hali oyimdan darak yo'q. Tinchlikmikin,
nega kelmayapdilar?
Hayolimga har xil be'mani fikrlar
o'rmalay boshladi. - Opa, oyim
kelmayapdilar? Tinchlikmikin ishqilib?
- Kelib qoladilar, nima oyim kichkina
bolamidiki... ko'p xavotir olaverma. Shu payt
darvozadan oyim ko'rindilar.
Ko'zlari yoshdan qizargan, ammo
mendan yuzlarini yashirishga harakat
qilayapdilar. Darrov gap nimada
ekanligini tushundimu, tomog'im bir
narsa tiqildi. Qanchalik yig'lamaslikka harakat
qilsam ham ko'zlarim yoshga
to'ldi. Tomog'imni achitgan narsa
kattalasha boshladi go'yo. Oyim
yugurib kelib meni quchoqlab oldilar. -
Ahvolim og'ir ekanmi? – dedim
sekingina oyimni pinjiga suqular ekanman. -
Bolam, tuzalib ketasan,
doktor aytdi... – dedilar, ammo shu
payt lablarini tishlaganlarini sezdim.
Dadam olamdan o'tganlaridan beri
lablarini tishlashni odat qilganlar.
Yig'lab yubormaslik uchun shunday qiladilar.
Ahvolimning kundan kunga
jiddiylashayotganidan o'zim ham og'ir
xasta ekanimni bilar edimu, lekin buni
tan olishga kuchim etmasdi. Shu
kundan keyin kasalxonalarga ko'chib
o'tdim desam xato bo'lmaydi. Turli kasallar, turli
hayot, turli insonlar.
Kasalxonada tanishgan insoninga
birinchi bergan savoling: - Sizni
qaeringizda kasal? - deb so'rash
bo'larkan. Yonimda bir qiz yotardi, har
6 oyda bir kelib ximiya terapiya olib ketarkan.
Ximiya terapiyadan so'ng
uning yonida yotish mening
azoblarimga o'n chandon azob
qo'shardi. Uning qiynalishini,
ingrashini ko'rib qo'rqib ketardim.
Sochlari to'kilib ketgan, beto'xtov ko'ngli aynib,
egani oshqozonida
turmasdi. Lekin eng og'iri kundan
kunga mening kuyimda ado
bo'layotgan, so'nib borayotgan
onamni ko'rish edi. Olgan muolajalarim
foyda bermadi, endi menga ham o'sha
ximiyadan yuborishadigan bo'lishdi.
Birinchi marta sochlarimni tutam-tutam
bo'lib to'kilayotganini ko'rganimda
qo'rqib ketdim. Kipriklarimning bitta
bitta to'kilishi esa mening umidim
o'xshardi. Ammo inson har bir narsaga
ko'nikkani kabi men ham
ko'nikdim. Faqat ko'nglim
ag'darilishiga ko'nika olmasdim.
Ovqatga qaragim ham kelmas, ammo
onamning menga tikilgan mo'ngli
ko'zlarini ko'rib eyishga majbur bo'lardim.
So'nib qoldi onaginam...Mening esa kundan
kunga tuzalishga
umid so'nib borardi. Yuragim tez ura
boshladi, shunchalar tez urardiki, guyo
o'ziga berilgan vaqtni tezroq bosib
o'tsam deydi. O'rnimdan turib yura
olmay qoldim. Doktor haq bo'lib chiqmadi. Balki
u adashgan, balki
onamga taskin berishi uchun meni
tuzaladi degandir. Axir qanday qilib
tuzalmaydi, qizingiz o'ladi, deyishi
mumkin. Hamshiralarning
nigohlaridan achinish satrlarini o'qiyman.
Hammasini tushunaman,
hammasini bilaman. Faqat ayta
olmayman. Kuch-madorim yo'q,
charchadim. Yuragimni urishidan
charchadim, olib tashlang yuragimni!..
Yaqinlarim tikiladi, onajonim har doim yonimda.
Bir qadam ham jilmaydi. U
ishonadi, tuzalaman. Ishonmaydi
mening o'limimga. Ammo men
istayman, charchadim. Tomirlarimga
qo'yilgan, tanamning har bir katagini
achitayotgan dori ham endi tanamga ketishdan
bosh tortadi. Tomirlarim ilma
teshik bo'lib ketdi. Ichim dori
darmonga to'ldi, ammo Holiq istamasa
dori shifo bo'la olmaydi. Ko'nikaman
o'limga. Kutaman uni. - Onajon, ayting
ularga yuragimni to'xtatishsin... – o'tinaman.
Onam chiday olmaydi,
chiqib ketadi xonadan. Doktorlar esa
sog' tomirimni topib dori qo'ya
boshlashadi. Mening yuragim og'riq
uchun yaratilganmi? Yo'q, ular
yuragimni to'xtatishmoqchi emas, meni
davolashmoqchi xolos. Ammo
yuragim shunchalar charchaganki,
to'xtashni istaydi. Tanam birdan
qaltiray boshlaydi, shunday
qaltiraydiki, 3-4 hamshira meni bosib
turishga harakat qilishadi. Doktorlarning
baqiriqlarini eshitaman,
hamma yoqda yugur yugur. Yuragim
go'yo so'nggi marraga shoshgandek
tezroq va tezroq ura boshlaydi. - Olib
keling dorini, jo'natgan dorimiz
sudorga berdi, - deydi kimdir. Onam yugurib
kirdi. - Chiqing opa, chiqing
qo'limizdan kelganini qilamiz, - deya
onamni xonadan olib chiqib ketishadi.
Ko'zlarim bilan uni kuzataman. U esa
mendan ko'zini uzmaydi, ko'zlarida
umid. Bilmadim, bu soniya nega bunchalar
uzun. Yillar kabi uzun, asrlar
kabi uzun. - Butun bir katta
kasalxonada bitta dori bo'lmasa-ya, -
xunobi chiqib baqiradi doktor. Men
esa parvoz qilaman, tanamdan
chiqaman, yuragim to'xtaydi. Tepadan turib
kuzataman, vo ajab, shu menmi?
Palatadagi odamlar sekin-sekin tarqay
boshlashadi. Men esa doktor ketidan
ergashaman. Onam, eshik tagidan
mung'ayib, umid bilan kutib turgan
onaginam... - Nima bo'ldi, do'xtir, sudoragasi
to'xtadimi?So'zsiz ham hammasi ma'lum
bo'lsada,
onam ishonmaydi. Qayta qayta so'ray
boshlaydi. Shunda doktorga qanchalik
og'ir ekanligini tushunaman. -
Qo'limizdan kelganini qildik, ammo
qizingizni berib qo'ydingiz opa, bandalik... –
oddiy, balki har kuni
kinolarda eshitadigan so'zlarimiz.
Ammo uni eshitish, uni aytish
qanchalar og'ir, qanchalar azobli.
Onam dod deydi, ishonmayman deydi-
yu, mening oldimga yuguradi. Mening jonsiz
tanamni o'padi, qo'choqlaydi. -
Bolaginam, Nilufarim... ishonmayman
o'zingga kel, men nima qilaman bu
dunyoda sensiz, - Oh onaginam,
engillik topdim, taqdir shunday,
qiynamang o'zingizni, ezilib ketayapman sizni
ko'rib, onajon.
Ammo u eshitmaydi. * * * - Bandalik
qo'shni, - Alloh sabr bersin sizga. Ko'p
kuyinmang, oldingizda yana bir
qizingiz bor. Nilufarni umrini shunga
bersin. - Ammo Nilufarim boshqacha edi, -
o'kinadi ona. Yonida katta qizi
yig'laydi. Nazarida ona mehri Nilufar
bilan ketganday. Biladi, Nilufar
boshqacha edi. Birovni ko'nglini
og'ritishdan qo'rqardi. Hamma uni
yaxshi ko'rardi. Hatto hazil qilib ham birovga
qattiq gapirmagan. Mana
butun sinfdoshlariyu, kursdoshlari,
hatto uni atigi bir bor ko'rgan insonlar
ham bugun janozasiga kelishgan.
Hovliga odam sig'maydi. - Onajon men
ham axir sizning qizingizman, meni ham qizim
deng, - yolvoradi qiz. Ona: -
Qizim, deya uni qo'chog'iga oldi-yu,
ammo Nilufarni eslaydi. Jannat guli
Nilufar. Quchog'idagi qiz yodidan
chiqadi, ketgisi keladi Nilufar tomon. -
Bunchalar chiroyli bo'lmasa, yuvintirib
kafanlangandan so'ng gul kabi
chiroyli bo'ldi-ya, bunchalar nozik
xuddi uxlab qolganga o'xshaydi, -
deydi Nilufarni ko'rgan ayollar.
Amakilari dod soladi uni ko'rib. Ona
yig'laydi, uvvos tortib yig'laydi. Ha, u juda
chiroyli bo'ldi, men ham yig'ladim,
uni eslab-eslab yig'ladim. – Madina
opa, birovni xafa qilishga shunchalar
qo'rqamanki, - ovozi qo'log'im tagida
yangraganday bo'ladi. Shiringina
kulgusini, qo'ng'iroqday ovozini eslab yig'ladim.
- Bolam ko'p yig'lamang.
Qiynaladi Nilufar, qiynamang uni.
Bandalik bolam, hammamizning
boshimizda bor. - Lekin meni tashlab
ketdiii, uvillaydi ona. - Hech kimga bola
qazosini ko'rsatmasin, - yoqasini ushlab qo'yadi
ayol. Mana uning
o'limiga bir yilcha bo'lib qoldi. Ammo
ona hali ham motamda, yo'q ko'rinishi
emas, qalbi aza tutmoqda. Siz ham bu
hikoyani o'qiganingizda Nilufarning
haqqiga duo qilib qo'ying