Yo'qotmoq topmoq Sen so'lib men yashab To'lishimga boq Sensiz topganimdan Ko'proq yo'qotdim Sen meni yaratding Seni tugatdim Sen meni yupatding Seni yeg'latdim Uyalmay ona deb Kelishimga boq. Sog'inch haqda sherlar yozdim özimcha Mendan peshonangda dog'lar tizimcha Ög'il bölmay ölay attang ming attang Qiz tug'sang netardi köproq qiz tug'sang Tirgak bölolmadim bitta qizinga Uyalmay ög'ilman deyishimga boq Joningdan aylanay Turgil jonajon Yo'l qarab bo'ldimi Jigarginang qon Boqma ko'zlarimga Bemajol xasta Mening topganlarim Gulmi bir dasta Yo'qotganim senmi Endi onajon O'z etimni o'zim Yeyishimga boq Bilsang yuragimni bir alam elar Buyursang qo'limdan kelmaydi nelar Ayt pichan yeg'aymi o'tin yoraymi Yerni haydayinmi ko'k ag'daraymi Itdek oyog'inga suykalgim kelar Uchib uchib mana Qo'nishimga boq Xech narsa kerakmas bolam xech deysan Endi kech deysanda endi kech deysan Yuzimni bosaman muzday yuzinga Onajon zor qilib ketma izinga O'lim oldidaham g'amimni yeysan Menchi jim taqdirga ko'nishimga boq Sherim bitdi xayr do'stlar xush qolin Bedil yashamakka örganmang menday Boring volidangiz könglini oling Ertaga kech qolib O'rtanmang menday...
Ommabop Sherlar
:mUsLiM BèK
Topmoq yo'qotmoqdir
Yo'qotmoq topmoq
Sen so'lib men yashab
To'lishimga boq
Sensiz topganimdan
Ko'proq yo'qotdim
Sen meni yaratding
Seni tugatdim
Sen meni yupatding
Seni yeg'latdim
Uyalmay ona deb
Kelishimga boq.
Sog'inch haqda sherlar yozdim özimcha
Mendan peshonangda dog'lar tizimcha
Ög'il bölmay ölay attang ming attang
Qiz tug'sang netardi köproq qiz tug'sang
Tirgak bölolmadim bitta qizinga
Uyalmay ög'ilman deyishimga boq
Joningdan aylanay
Turgil jonajon
Yo'l qarab bo'ldimi
Jigarginang qon
Boqma ko'zlarimga
Bemajol xasta
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta
Yo'qotganim senmi
Endi onajon
O'z etimni o'zim
Yeyishimga boq
Bilsang yuragimni
bir alam elar
Buyursang qo'limdan
kelmaydi nelar
Ayt pichan yeg'aymi
o'tin yoraymi
Yerni haydayinmi
ko'k ag'daraymi
Itdek oyog'inga
suykalgim kelar
Uchib uchib mana
Qo'nishimga boq
Xech narsa kerakmas
bolam xech deysan
Endi kech deysanda
endi kech deysan
Yuzimni bosaman
muzday yuzinga
Onajon zor qilib
ketma izinga
O'lim oldidaham
g'amimni yeysan
Menchi jim taqdirga ko'nishimga boq
Sherim bitdi xayr
do'stlar xush qolin
Bedil yashamakka örganmang menday
Boring volidangiz könglini oling
Ertaga kech qolib
O'rtanmang menday...