19 апр 2017

🎓MULOHAZALI ERTAK✍

Bir ayol uyidan tashqariga chiqqan ekan, ko'chada uzun oq soqqolli uch qariyani ko'ribdi. Ayol ularni tanimabdi va:
- "Balkim tanish emasdirmiz, lekin qorningiz och bo'lsa kerak. Marxamat, uyimga kirib mexmonim bo'ling".
Qariyalar:
- "Ering uydami?"
- "Erim uyda yo'q edilar".
- "Unda biz uyingga kira olmaymiz" deb javob berishibdi qariyalar.
Kechqurin eri uyga qaytganidan so'ng, ayol, bo'lib o'tgan voqeani eriga so'zlab beribdi.
- "Borib ularga, uyga kelganimni ayt va mehmonga chaqir!" debdi er.
Ayol ko'chaga chiqibdi va oqsoqollarni uyga taklif qilibdi.
- "Biz hammamiz birgalikda uyga kirolmaymiz", deyishibdi ular.
- "Nega endi?" hayron bo'libdi ayol.
Oqsoqollardan biri tushintiribdi:
- "Buning nomi Boylik" deb do'stlaridan birini ko'rsatibdi va ikkinchisini ko'rsatib:
- "Buning nomi Omad, meniki esa Muhabbat" debdi va:
- "Hozir uyingga borib ering bilan maslaxatlash, uchalamizdan qaysi birimizni uyingizga kirishimizni xoxlashingizni kelishib olinglar" debdi.
Ayol uyga kirib eriga bo'lib o'tgan gaplarni aytibdi. Eri juda xursand bo'lib:
- "Qanday yaxshi! Agar tanlash imkoniyatimiz bor ekan, kel Boylikni taklif qila qolamiz, u kirib uyimizni boylikka to'ldirsin!"
Xotini qarshi bo'lib:
- "Azizim, Omadni taklif qilsakchi?" debdi.
Bu gaplarni bir burchakda tinglab o'tirgan qizcha yugurib kelib, u ham o'z fikrini aytibdi:
- "Nima uchun Muhabbatni taklif qilmaymiz? U uyimizga kirsa, uyimizda muhabbat xukumronlik qilar edi" debdi.
- "Kel, qizimizni gapini inobatga olamiz, borib muhabbatga ayt kelib biznikida mexmon bo'lsin" debdi er.
Ayol ko'chaga chiqib qariyalardan so'rabdi:
- "Qaysi biringiz Muhabbat?", uyimizga kirib mexmonimiz bo'ling.
Muhabbat nomli qariya uy tomonga yo'l olar ekan, qolgan ikki qariya ham unga ergashibdi. Ayol hayron qolib:
- "Men faqat Muhabbatni chaqirdimku, nega sizlar ham kelayapsiz?" debdi.
Qariyalar javob berishibdi:
- "Agar sizlar Boylik yoki Omadni tanlaganingizda edi qolgan ikkitamiz ko'chada qolardik, vaholanki Muhabbatni tanlagan ekansizlar, u qayerda bo'lsa biz ham o'sha yerda uning ortidan yuramiz. Muhabbat bor joyda doim Boylik va Omad bo'ladi!"
😢Dardu-g'amingiz bo'lsa -
😊Xotirjamlik va bag'rikenglik tilayman;
🤔Shubha-gumonlaringiz bo'lsa -
😘Ishonch tilayman;
😰Charchagan va toqatingiz qolmagan bo'lsa -
💪Tushunish, sabr va kuch -quvvat tilayman;
😖Qo'rquvni his qilayotgan bo'lsangiz -
❤️Muhabbat va jasurlik tilayman;
❤️Ushbu maqola bilan bo'lishib insonlarni muhabbatga chorlashingiz mumkin❣
❤️YAXSHI KO'RAMAN deyish bazan QIYIN,
😔KECHIR deyish undan ham QIYIN,
🖐HAYR deyishning doim IMKONI bor,
👈KET deyishni-ku aytmasa ham bo'ladi,
🙌QAYT deb har kim ham ayta olmaydi,
⚰O'LAMAN deyish - shunchaki DEYISH,
❤️SEVAMAN deyish mumkin ammo buni isbotlash juda QIYIN...
🎗NIMA BO'LGANDA HAM DOIM BIR-BIRIMIZNI TUSHUNISHGA XARAKAT QILAYLIK..!
@BeDooR_uZ kanali muxlislari uchun maxsus JaSuR_NeGMaToV. tayyorladi
➕KANALGA PASTDAGI YOZUVNI BOSIB QO'SHILISH MUMKIN👇 https://telegram.me/joinchat/A1NIGT-A7MrKfm0bTqf3Nw

Комментарии

Комментариев нет.