AMIR TEMUR O'G'LINING O'LIMI HAQIDA RIVOYAT 1-QISM Qish bilan bahor jangi – ayamajuz
kechalaridan birida men sizlarga Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish maqsadida qo’limga qalam oldim. Bu afsonani to’qiganlar unga qanday nom berganlaridan bexabarman, men uni “Amir Temur o’g’lining o’limi” deb atadim. Uni menga bir do’stim gapirib bergan edi, do’stimning aytishicha, bu qadim afsonani u talabalar shaharchasida yashagan afg’onlardan eshitgan ekan. Afsonani hikoya qilib berishdan avval, ikki narsa haqida biroz bo’lsa-da, to’xtalib o’tmoqchiman. Eng avvalo, “afsona o’zi nima?”, degan savolga javob izlamoqchiman. Odatimni kanda qilmagan tarzda, o’zining nomukammalligi bilan mashhur “O’zbek tilining izohli lug’ati”ga qarayman. Mana, lug’atning 1 jild 63-betidagi “Afsona” so’ziga yozilgan izoh: “1. Avloddan avlodga, og’izdan og’izga o’tib kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston… 2. Ko’chma: asossiz gap, yolg’on-yashiq uydirma… 3. Ko’chma: aql bovar qilmaydigan, aqlga sig’maydigan mislsiz narsa, ish”. “«Afsonaviy” so’ziga oid izoh: “1. Afsona janriga mansub bo’lgan, fantastik. 2. Faqat afsonalarda mavjud bo’lgan, odatda yo’q, xayoliy. 3. Ko’chma: Uydirma, to’qima. 4. Ko’chma: Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig’maydigan, misli ko’rilmagan, mislsiz». Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, barcha izohlarga “uydirma” so’zi asos qilib olingan. Aslida, shundaymikan? Bir o’ris shoiri “Afsona – bu haqiqatning siniq parchalaridir” deb yozgan edi. Agar, “afsona” so’ziga izoh bering desalar, men mana shu so’zni takrorlagan bo’lardim. Zero, har qanday xayoliy yoki to’qima afsona ham aslida sodir bo’lgani aniq, ma’lum bir tarixiy shaxs hayoti bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Bobil minorasining qurilishi, Nuh to’foni yoki Samarqanddagi Shohizinda mozori bilan bog’liq afsona bo’lsin, ularning har birining asosida tarixiy dalil — haqiqat yotgan bo’ladi. Shuning uchun ham juda ko’p qadimiy bitiklarimiz quyidagi jumla bilan boshlangan: “Bul hikoyat agarchi afsona tusida ersa-da, haqiqatdan yiroq emasdur”. Ingliz adibi Chesterton bitganidek, afsona har qanday dalildan ham tarixiyroqdir. Dalil yolg’iz bir odam haqida so’z yuritsa, yoki u odamlar qatnashgan voqea haqida ma’lumot bersa, afsona yuzlab va millionlab odamlar taqdiri haqida, voqeani yuzaga chiqargan odamlar haqida hikoya qiladi. Dalil ba’zan zamon almashishi bilan o’z mohiyatini, o’z rangini o’zgartirishi mumkin, ammo afsona abadiy o’zgarmas haqiqatdir. Tarix faqat xalq xotirasi ramzi bo’lmish asotirlar (afsona va rivoyatlar) yordamidagina moziy mohiyatini, demak uning yuragini kashf eta oladi. Xotirasiz inson yuragi ham quruq hujjatlar yig’indisidan farq qilmaydi. Tarix vaqt haqida emas, vaqt mobaynida yashagan inson haqida hikoya qilmog’i zarur. Demak, u vaqt hujjatlariga emas, inson xotirasiga suyangandagina haqiqatni ochadi. Inson xotirasi afsonalarga hamnafas bo’lgandagina tirikdir. Faqat shundagina tarixiy dalil tiriladi. Afsona bilan hujjat (dalil)ning o’zaro bog’lanishi aslida inson bilan vaqt bog’lanishidir. Tarix, deb yozadi Nikolay Berdyaev, tom ma’nodagi afsonadir… To’xtalmoqchi bo’lgan ikkinchi masala men sizga so’zlab bermoqchi bo’lgan rivoyat Amir Temur hayotining qaysi to’xtamida bo’lib o’tgan voqealar bilan bog’liq bo’lishi mumkin degan savolni oydinlashtirishdir. Tarixiy bitiklarning guvohlik berishicha, Amir Temurning to’rt o’g’li bo’lib, ularning ismlari: Jahongir mirzo (1356-1376), Umarshayx mirzo (1356-1394), Amironshoh (Mironshoh) mirzo (1367-1408), Shohruh mirzo (1377-1447) bo’lgan. Yana shu narsa ma’lumki, ulug’ Sohibqiron tiriklik paytida, u olib borgan jangu jadalda uning yolg’iz bir farzandi – Umarshayx mirzo 1394 yilning qishida Shom urushi paytida, Xarmatu qal’asi ostonasida – tor bir darada o’q tegib halok bo’lgani haqida tarixiy dalil bor. To’ng’ich o’g’li bo’lmish Jahongir mirzo o’z ajali bilan 20 yoshida olamdan o’tgan. Amir Temur vafotidan so’ng uch yil o’tgach, 1408 yilning ko’klamida uning o’rtancha o’g’li Mironshoh mirzo Qora Yusuf turkman bilan bo’lgan janglarning birida, Tabriz yaqinida o’ldirilgan. Xo’sh, Amir Temur o’g’lining o’limi bilan bog’liq afsona qaysi voqealar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Agar uni Umarshayx mirzo o’limi bilan bog’laydigan bo’lsak, bu afsonani dalili bo’ladigan voqealarni Shom yurishi bayonidan topolmadim. O’ylashimcha, bu afsonani afg’onlar orasida mavjud bo’lishi bois, u Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi davomida ro’y bergan voqealardan tug’ilgan bo’lishi kerak. Oxir-oqibatda uzoq izlanishdan so’ng “Temur tuzuklari”da bu afsonaga bevosita bog’liq (bo’lishi mumkin) ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo’ldim. Biroq, ularni so’zlab berishdan avval men Hindiston yurishi qanday boshlanganini muxtasar bo’lsa-da, hikoya qilmoqchiman. Hijriy sakkiz yuzinchi, melodiy 1398 yilning bahorida Amir Temur yangi bog’i – Dilkushoda mislsiz tantanalar bilan Xizrxo’jaxonning qizi To’kalxonimni o’z nikohiga qabul qildi. To’y o’choqlaridagi kul sovib ulgurmay, uning amri bilan Samarqand va Kesh oralig’ida joylashgan Taxti Qoracha davoni osha o’tadigan yo’lni tuzatish va tog’ etagida yana bir g’aroyib bir bog’ bunyod etish ishlari boshlandi. Sohibqironning o’zi bo’lsa Keshga yaqin bir o’langda qurultoy chaqirdi. Maqsadi: Hindiston yurishi maslahatini o’rtaga solish edi. Saltanatning muhim tadbirlari, bo’lajak harbiy yurishlar rejalari muhokama etiladigan qurultoy Amir Temur davlatining oliy kengashi edi. Shu bilan birga qurultoy mamlakatning bosh tantanasi bo’lib, Sohibqiron qo’li ostida birlashgan o’lkalarni boshqarish bilan band amirzodalar va boshqa davlati arkonlar uchun xuddi jang maydoni bilan baravar, hatto undan-da yuqori turadigan o’ziga xos sinov maydoni edi. Agar jang maydonida dilovarlik sinalsa, bu kengashda farosat va tadbirkorlik sinovdan o’tardi. Bu sababdan bo’lsa kerak, jang maydonida qo’rquv nimaligini bilmagan ayrim amirlar va amirzodalar qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib qolishar, unda qaysi bir tadbir o’rtada muhokama bo’lishini bilish uchun bor vositalarni ishga solardilar. Inchunin, jahongir jang maydonida qilich chopqilashdagi mohirlikni, qurultoyda esa o’ylab aytilgan so’zni ma’qul ko’rar, kim aravani quruq olib qochsa, mashvaratdan quvib chiqarishdan ham qaytmasdi. Ammo bu galgi qurultoy qay maqsadda chaqirilayotgani hech kimga sir emasdi. Har galgidek qurultoy ko’pchilik uchun qurilgan ulkan chodirda o’tdi. Amir Temur odatdagi rasm-rusmlar ado etilishi bilan, gapni cho’zib o’tirmay, Hindiston yurishi oldidan o’g’illari va amirlarning ko’ngli, o’y-fikrlarini bilish maqsadida ularni maslahatga chaqirganini aytdi. Turkiy sulolalarning azaliy tartibi va mukarram dasturi shunday edikim, katta og’alari va xeshlar hayot ekan, hech kim ulardan o’tib saltanat taxtiga qadam qo’yolmasdi. Mana shu bobolar odatiga binoan qurultoydayam yoshi ulug’ shahzodalar birinchi fikr bildirish huquqiga ega edilar. Shuning uchun ham davrada Sohibqironning kenja o’g’li Shohruh mirzo o’tirgan bo’lsa ham, birinchi so’zlash undan yosh jihatdan ulug’ ikki amirzoda nabira: Muhammad Sulton bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida edi. Pirmuhammad Jahongir bobosiga bir qarab oldi-da, uning “Xo’sh” degandek sinchkov tikilib turganini ko’rib gap boshladi: — Olampanoh, Hindistonni olmoq yer yuzida o’tgan barcha podsholarning orzusi bo’lmish. Agar ani zabt etsak, aning oltinlari ila yetti iqlimni olajakmiz. Men yurishga tayyordurmen.
ISLAM KARIMOV
AMIR TEMUR O'G'LINING O'LIMI HAQIDA RIVOYAT 1-QISM Qish bilan bahor jangi – ayamajuz
kechalaridan birida men sizlarga Amir
Temur haqidagi afsonalarning birini
hikoya qilib berish maqsadida qo’limga
qalam oldim.
Bu afsonani to’qiganlar unga qanday
nom berganlaridan bexabarman, men uni
“Amir Temur o’g’lining o’limi” deb
atadim. Uni menga bir do’stim gapirib
bergan edi, do’stimning aytishicha, bu
qadim afsonani u talabalar
shaharchasida yashagan afg’onlardan
eshitgan ekan.
Afsonani hikoya qilib berishdan avval,
ikki narsa haqida biroz bo’lsa-da,
to’xtalib o’tmoqchiman. Eng avvalo,
“afsona o’zi nima?”, degan savolga javob
izlamoqchiman. Odatimni kanda
qilmagan tarzda, o’zining
nomukammalligi bilan mashhur “O’zbek
tilining izohli lug’ati”ga qarayman. Mana,
lug’atning 1 jild 63-betidagi “Afsona”
so’ziga yozilgan izoh: “1. Avloddan
avlodga, og’izdan og’izga o’tib kelgan
fantastik, ba’zan diniy mazmundagi
hikoya, rivoyat, doston… 2. Ko’chma:
asossiz gap, yolg’on-yashiq uydirma… 3.
Ko’chma: aql bovar qilmaydigan, aqlga
sig’maydigan mislsiz narsa, ish”.
“«Afsonaviy” so’ziga oid izoh: “1. Afsona
janriga mansub bo’lgan, fantastik. 2.
Faqat afsonalarda mavjud bo’lgan,
odatda yo’q, xayoliy. 3. Ko’chma:
Uydirma, to’qima. 4. Ko’chma: Aql bovar
qilmaydigan, aqlga sig’maydigan, misli
ko’rilmagan, mislsiz».
Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, barcha
izohlarga “uydirma” so’zi asos qilib
olingan. Aslida, shundaymikan? Bir o’ris
shoiri “Afsona – bu haqiqatning siniq
parchalaridir” deb yozgan edi. Agar,
“afsona” so’ziga izoh bering desalar,
men mana shu so’zni takrorlagan
bo’lardim. Zero, har qanday xayoliy yoki
to’qima afsona ham aslida sodir bo’lgani
aniq, ma’lum bir tarixiy shaxs hayoti
bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Bobil
minorasining qurilishi, Nuh to’foni yoki
Samarqanddagi Shohizinda mozori bilan
bog’liq afsona bo’lsin, ularning har
birining asosida tarixiy dalil — haqiqat
yotgan bo’ladi. Shuning uchun ham juda
ko’p qadimiy bitiklarimiz quyidagi jumla
bilan boshlangan: “Bul hikoyat agarchi
afsona tusida ersa-da, haqiqatdan yiroq
emasdur”.
Ingliz adibi Chesterton bitganidek, afsona
har qanday dalildan ham tarixiyroqdir.
Dalil yolg’iz bir odam haqida so’z
yuritsa, yoki u odamlar qatnashgan
voqea haqida ma’lumot bersa, afsona
yuzlab va millionlab odamlar taqdiri
haqida, voqeani yuzaga chiqargan
odamlar haqida hikoya qiladi. Dalil
ba’zan zamon almashishi bilan o’z
mohiyatini, o’z rangini o’zgartirishi
mumkin, ammo afsona abadiy o’zgarmas
haqiqatdir. Tarix faqat xalq xotirasi
ramzi bo’lmish asotirlar (afsona va
rivoyatlar) yordamidagina moziy
mohiyatini, demak uning yuragini kashf
eta oladi. Xotirasiz inson yuragi ham
quruq hujjatlar yig’indisidan farq
qilmaydi. Tarix vaqt haqida emas, vaqt
mobaynida yashagan inson haqida
hikoya qilmog’i zarur. Demak, u vaqt
hujjatlariga emas, inson xotirasiga
suyangandagina haqiqatni ochadi. Inson
xotirasi afsonalarga hamnafas
bo’lgandagina tirikdir. Faqat shundagina
tarixiy dalil tiriladi. Afsona bilan hujjat
(dalil)ning o’zaro bog’lanishi aslida
inson bilan vaqt bog’lanishidir. Tarix,
deb yozadi Nikolay Berdyaev, tom
ma’nodagi afsonadir…
To’xtalmoqchi bo’lgan ikkinchi masala
men sizga so’zlab bermoqchi bo’lgan
rivoyat Amir Temur hayotining qaysi
to’xtamida bo’lib o’tgan voqealar bilan
bog’liq bo’lishi mumkin degan savolni
oydinlashtirishdir. Tarixiy bitiklarning
guvohlik berishicha, Amir Temurning
to’rt o’g’li bo’lib, ularning ismlari:
Jahongir mirzo (1356-1376), Umarshayx
mirzo (1356-1394), Amironshoh
(Mironshoh) mirzo (1367-1408), Shohruh
mirzo (1377-1447) bo’lgan. Yana shu
narsa ma’lumki, ulug’ Sohibqiron tiriklik
paytida, u olib borgan jangu jadalda
uning yolg’iz bir farzandi – Umarshayx
mirzo 1394 yilning qishida Shom urushi
paytida, Xarmatu qal’asi ostonasida – tor
bir darada o’q tegib halok bo’lgani
haqida tarixiy dalil bor. To’ng’ich o’g’li
bo’lmish Jahongir mirzo o’z ajali bilan
20 yoshida olamdan o’tgan. Amir Temur
vafotidan so’ng uch yil o’tgach, 1408
yilning ko’klamida uning o’rtancha o’g’li
Mironshoh mirzo Qora Yusuf turkman
bilan bo’lgan janglarning birida, Tabriz
yaqinida o’ldirilgan.
Xo’sh, Amir Temur o’g’lining o’limi bilan
bog’liq afsona qaysi voqealar bilan
bog’liq bo’lishi mumkin. Agar uni
Umarshayx mirzo o’limi bilan
bog’laydigan bo’lsak, bu afsonani dalili
bo’ladigan voqealarni Shom yurishi
bayonidan topolmadim. O’ylashimcha, bu
afsonani afg’onlar orasida mavjud
bo’lishi bois, u Amir Temurning
Hindistonga qilgan yurishi davomida ro’y
bergan voqealardan tug’ilgan bo’lishi
kerak. Oxir-oqibatda uzoq izlanishdan
so’ng “Temur tuzuklari”da bu afsonaga
bevosita bog’liq (bo’lishi mumkin)
ma’lumotlarni topishga muvaffaq
bo’ldim. Biroq, ularni so’zlab berishdan
avval men Hindiston yurishi qanday
boshlanganini muxtasar bo’lsa-da,
hikoya qilmoqchiman.
Hijriy sakkiz yuzinchi, melodiy 1398
yilning bahorida Amir Temur yangi bog’i
– Dilkushoda mislsiz tantanalar bilan
Xizrxo’jaxonning qizi To’kalxonimni o’z
nikohiga qabul qildi. To’y o’choqlaridagi
kul sovib ulgurmay, uning amri bilan
Samarqand va Kesh oralig’ida joylashgan
Taxti Qoracha davoni osha o’tadigan
yo’lni tuzatish va tog’ etagida yana bir
g’aroyib bir bog’ bunyod etish ishlari
boshlandi. Sohibqironning o’zi bo’lsa
Keshga yaqin bir o’langda qurultoy
chaqirdi. Maqsadi: Hindiston yurishi
maslahatini o’rtaga solish edi.
Saltanatning muhim tadbirlari, bo’lajak
harbiy yurishlar rejalari muhokama
etiladigan qurultoy Amir Temur
davlatining oliy kengashi edi. Shu bilan
birga qurultoy mamlakatning bosh
tantanasi bo’lib, Sohibqiron qo’li ostida
birlashgan o’lkalarni boshqarish bilan
band amirzodalar va boshqa davlati
arkonlar uchun xuddi jang maydoni bilan
baravar, hatto undan-da yuqori turadigan
o’ziga xos sinov maydoni edi. Agar jang
maydonida dilovarlik sinalsa, bu
kengashda farosat va tadbirkorlik
sinovdan o’tardi. Bu sababdan bo’lsa
kerak, jang maydonida qo’rquv nimaligini
bilmagan ayrim amirlar va amirzodalar
qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib
qolishar, unda qaysi bir tadbir o’rtada
muhokama bo’lishini bilish uchun bor
vositalarni ishga solardilar. Inchunin,
jahongir jang maydonida qilich
chopqilashdagi mohirlikni, qurultoyda
esa o’ylab aytilgan so’zni ma’qul ko’rar,
kim aravani quruq olib qochsa,
mashvaratdan quvib chiqarishdan ham
qaytmasdi. Ammo bu galgi qurultoy qay
maqsadda chaqirilayotgani hech kimga
sir emasdi.
Har galgidek qurultoy ko’pchilik uchun
qurilgan ulkan chodirda o’tdi. Amir
Temur odatdagi rasm-rusmlar ado
etilishi bilan, gapni cho’zib o’tirmay,
Hindiston yurishi oldidan o’g’illari va
amirlarning ko’ngli, o’y-fikrlarini bilish
maqsadida ularni maslahatga
chaqirganini aytdi. Turkiy sulolalarning
azaliy tartibi va mukarram dasturi
shunday edikim, katta og’alari va xeshlar
hayot ekan, hech kim ulardan o’tib
saltanat taxtiga qadam qo’yolmasdi.
Mana shu bobolar odatiga binoan
qurultoydayam yoshi ulug’ shahzodalar
birinchi fikr bildirish huquqiga ega edilar.
Shuning uchun ham davrada
Sohibqironning kenja o’g’li Shohruh
mirzo o’tirgan bo’lsa ham, birinchi
so’zlash undan yosh jihatdan ulug’ ikki
amirzoda nabira: Muhammad Sulton
bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida
edi. Pirmuhammad Jahongir bobosiga
bir qarab oldi-da, uning “Xo’sh”
degandek sinchkov tikilib turganini ko’rib
gap boshladi:
— Olampanoh, Hindistonni olmoq yer
yuzida o’tgan barcha podsholarning
orzusi bo’lmish. Agar ani zabt etsak,
aning oltinlari ila yetti iqlimni olajakmiz.
Men yurishga tayyordurmen.