Deyman: sahar shafaqdanUchqunmi, lolasanmu,Shodlik mayiga to’lganGulgun piyolasanmu?Deydi: qiziq savoling,Qayda, ajab, xayoling,Ellar ko’rib bu holingKulmoqda, bolasanmu?— So’zimni qattiq olma,Boshingni quyi solma,Buncha qizarma, lola,Mendan uyolasanmu?— Sen, ayt-chi, qaysi yog’dan,Qaysi chaman va bog’dan?Kulsang dedim, shu tog’danTushgan shalolasanmu?— Bilsang, uyim shaharda,Keldim senga saharda,Yur, xo’p desang agarda,Yo shunda qolasanmu?— Ko’ksingda, mayli, inson,Senga fido qilay jon.Bargimni she’r yozilganDaftarga solasanmu?— Dema faqat varaqdan,Joy olgusen yurakdan,Uchqunmisan shafaqdanYoinki lolasanmu,Yoqut piyolasanmu?1959-1968
эркин вохидов
:Isomiddinov Qahramonjon
LOLA
Deyman: sahar shafaqdan
Uchqunmi, lolasanmu,
Shodlik mayiga to’lgan
Gulgun piyolasanmu?
Deydi: qiziq savoling,
Qayda, ajab, xayoling,
Ellar ko’rib bu holing
Kulmoqda, bolasanmu?
— So’zimni qattiq olma,
Boshingni quyi solma,
Buncha qizarma, lola,
Mendan uyolasanmu?
— Sen, ayt-chi, qaysi yog’dan,
Qaysi chaman va bog’dan?
Kulsang dedim, shu tog’dan
Tushgan shalolasanmu?
— Bilsang, uyim shaharda,
Keldim senga saharda,
Yur, xo’p desang agarda,
Yo shunda qolasanmu?
— Ko’ksingda, mayli, inson,
Senga fido qilay jon.
Bargimni she’r yozilgan
Daftarga solasanmu?
— Dema faqat varaqdan,
Joy olgusen yurakdan,
Uchqunmisan shafaqdan
Yoinki lolasanmu,
Yoqut piyolasanmu?
1959-1968