(qozoq shoiri Jumakent Najmiddinov g’azaliga muhammas) Jahonda men tug’ilgan O’lkadek hech bir diyor bo’lmas, Bu yanglig’ bog’u gulshan Ham bu yanglig’ guluzor bo’lmas, Vatan sevmakdin ortiq Menga olamda shior bo’lmas. Vatan ishqida yongan qalb, Bilingki, asti xor bo’lmas, Vatan sevgan murodiga Etur, hech dilda zor bo’lmas. Saodatga makondir Qay chamanga sen qadam qo’ysang, Uzingni baxtli bil yurtda Yashashning zavqini tuysang, Chin odamsan, chin o’g’lonsan Yurakdan elni chin suysang, Vatan sevmoq saodatdir, Agar naslingga sen kuysang, Vatanni sevmagan inson Jahonda baxtiyor bo’lmas. To’yib boqgil bu yurt husnigakim, Ko’nglingni chog’ etgin, Bu elning o’g’liman, deb Qil g’urur, ko’ksingni tog’ etgin. Vatan har zarra tuprog’in Ko’zingga sen qarog’ etgin, Bobolar maskan etgan Bu aziz tuproqni bog’ etgin, Yarashgay iftixor etsangki, Ortiq iftixor bo’lmas. Zuloli ta’mini topmam Sira bolu shakarlarda. Vatan yodi erur qalbimda Bo’lsam men safarlarda, Jamoliga to’yolmasman Kezib qishloq, shaharlarda, Qizil gul bargida bulbul Kabi sayrab saharlarda, Yana shoir qilur takror, Vatandin yaxshi yor bo’lmas. 1968
эркин вохидов
:Isomiddinov Qahramonjon
VATANDIN YAXSHI YOR BO’LMAS
(qozoq shoiri Jumakent Najmiddinov g’azaliga muhammas)
Jahonda men tug’ilgan
O’lkadek hech bir diyor bo’lmas,
Bu yanglig’ bog’u gulshan
Ham bu yanglig’ guluzor bo’lmas,
Vatan sevmakdin ortiq
Menga olamda shior bo’lmas.
Vatan ishqida yongan qalb,
Bilingki, asti xor bo’lmas,
Vatan sevgan murodiga
Etur, hech dilda zor bo’lmas.
Saodatga makondir
Qay chamanga sen qadam qo’ysang,
Uzingni baxtli bil yurtda
Yashashning zavqini tuysang,
Chin odamsan, chin o’g’lonsan
Yurakdan elni chin suysang,
Vatan sevmoq saodatdir,
Agar naslingga sen kuysang,
Vatanni sevmagan inson
Jahonda baxtiyor bo’lmas.
To’yib boqgil bu yurt husnigakim,
Ko’nglingni chog’ etgin,
Bu elning o’g’liman, deb
Qil g’urur, ko’ksingni tog’ etgin.
Vatan har zarra tuprog’in
Ko’zingga sen qarog’ etgin,
Bobolar maskan etgan
Bu aziz tuproqni bog’ etgin,
Yarashgay iftixor etsangki,
Ortiq iftixor bo’lmas.
Zuloli ta’mini topmam
Sira bolu shakarlarda.
Vatan yodi erur qalbimda
Bo’lsam men safarlarda,
Jamoliga to’yolmasman
Kezib qishloq, shaharlarda,
Qizil gul bargida bulbul
Kabi sayrab saharlarda,
Yana shoir qilur takror,
Vatandin yaxshi yor bo’lmas.
1968