Bugun qarshiliklar Turkiyadagi yigʻin doirasida 5-nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Sevimli jamoamizning bu safargi raqibi Gruziyaning “Dila” jamoasi boʻldi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq vakillarimi raqib jarima maydonchasi atrofida xavfli vaziyatlar yarat boshlashdi. Kema-ket burchak zarbalari amalga oshirildi. Biroq gruziyaliklar himoyasi tartibli harakat qilib, vakillarimiz hujumlarini bartaraf etishdi. Ikkinchi boʻlim toʻliq jamoamiz ustunligida oʻtdi. 51- daqiqada Oybek Bozorovdan toʻpni qabul qilgan Zafarmurod Abdirahmatov raqib jarima maydoni yonida qulay vaziyatda turgan Umarbek Eshmurodovga toʻpni oshirdi. Umar bir zarb bilan raqib darvozasini ishgʻol qildi — 0:1. 60-daqiqada Sherzod Nasrullayevning amalga oshirgan burchak toʻpidan soʻng Umarbek Eshmurodov yana bir bor raqib darvozasiga zarba berishga harakat qildi, biroq toʻp Mozgovoyga borib tushdi. raqib darvozasi yonida turgan Akmal hisobni 0:2 koʻrinishga keltirdi. Ushbu gollardan soʻng hisobni oʻzgartirish uchun Husayn Norchayev va Shohmalik Komilovlarda ham imkoniyatlar boʻldi. Lekin raqib posboni ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi Turkiya 🇹🇷. Antaliya. 07.02.2023
🇬🇪 “Dila” — “Nasaf” 🇺🇿 0:2 Gollar: U. Eshmurodov 51ʼ, A. Mozgovoy 60ʼ “Nasaf”: 35. Abduvohid Neʼmatov 4. Husniddin Aliqulov 5. Gʻolib Gʻaybullayev 7. Akmal Mozgovoy 8. Zafarmurod Abdirahmatov 9. Javohir Sidiqov 10. Husayn Norchayev 18. Bahrom Abdurahimov 34. Sherzod Nasrullayev 77. Oybek Bozorov 92. Umarbek Eshmurodov Zaxiradan maydonga tushganlar: Alibek Davronov, Sardor Sadullayev, Shuhrat Muhammadiyev, Shohmalik Komilov, Jo'rabek Mannonov, Muhammadjon Rahimov. “Dila”: 1. Buliskeriye D. 2. Chiteishvilli R. 3. Silva V. 4. Dzotenidze I. 5. Tevzadze N. 6. Santos A. 7. Gomes O. 8. Gagnidze N. 9. Tseuxladze N. 10. Viktor J. 11. Geil T.

Комментарии

Комментариев нет.