Qalbimda yeglaydi armon

Olib ketsin deya oq qushlar
Tunni kutdim ko'rmoq uchun tush
Hijron meni qafasda ushlar
Hudo haqi, sizni sog'indim
Ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar
Suymaganim suykalib boqar
Oh zorlarim eshigingiz qoqar
Hudo haqi, sizni sog'indim
G'unchayu gullar parvona
Qush tilida honishlar aytdim
Garchi bu so'z shoirona
Lekin sizni sog'inib ketdim
Zulmat tunda o'rtandi yurak
Hayolimda faqat sevgilim
Menga o'zi bilmayman ne kerak..
Hudo haqi, sizni sog'indim!

Комментарии

Комментариев нет.