Iffat…

Do‘stimizning nikoh to‘yi munosabati bilan uzoq tog‘li
qishloqlardan biriga yo‘l oldik… Borgan kunimizning o‘zida o‘z-o‘zimizga to‘yni boshlab
yuborgan bo‘lishimizga qaramasdan, baribir uch-to‘rt kun
o‘sha yerda bo‘lishimizga to‘g‘ri kelardi. Ex... Garchi hamma narsa to‘la-to‘kis, do‘stlar hammasi jamul-
jam, toza havo, dam olish, hursandchilik avjida bo‘lishiga
qaramasdan, shugina sanoqli kunlarda sevgilimni juda-juda
sog‘inishimni o‘ylasam yuragim orqaga tortib ketardi… Aksiga olib u yerlarda telefon qurg‘ur to‘lqinlarni ham
ushlamas ekan. Na bir qo‘ng‘iroq, na ishqdan mastona SMS lar
jo‘nata olmasam… Hech bo‘lmaganda internet ham ishlamaydi. Sog‘inardim… Sevgilimni kulgularini, hazillarini, uni juda ham
ko‘rgim kelardi… Sog‘inardim… U bilan qo‘l ushlashib bog‘ aylanishni, kun botar
mahal anhor bo‘yida yelkasidan quchib, xuddi sovuqdan bir-
birini asrayotgan musichalardek o‘tirishni sog‘inardim… Uning mayin, nafis sochlarini silagim, g‘uncha lablaridan
qayta-qayta bo‘sa olgim kelardi… Uni shunchalik sevganimdan, u ham meni sevishidan
shunchalar baxtiyor edimki; xatto sevgi-sevgi deb, yoshlik-
erkalik deb qilayotgan sho‘xliklarimizmi, to‘g‘riroq aytganda
bexayoliklarimizmi hech, hech biri hayolimga ham kelmasdi… Toki… Toki, o‘sha to‘y kunida yuz bergan voqeagacha…
To’y tugar mahal, yonimga bir o’rta yoshli ayol keldi-da,
qo’limga bir tugunchani tutqazib: – O‘g‘lim shu kampirni uyigacha kuzatib qo‘ying. O‘zlari narigi
mahallada turadilar, qorong‘uda ko‘zlari o‘tmay, u-bu yerda
to‘qishib yurmasinlar tag‘in. Yosh bolalar hammasi ko‘chada
o‘ynab yurishibdimi, hech kimni topa olmadim, dedilar.
Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari onaxonni oldilariga borib: – Buvijon yuring, uyingizga kuzatib qo‘yaman, dedim.
Ozroq yurganimizdan so‘ng odatiy past-baland, mayda
toshlarga boy qishloq ko‘chasiga kirdik, shunda men: – Buvijon, keling qo‘lingizdan qo‘ltiqlab olaman, deb
qo‘llaridan endi tutaman deganimda: – To‘xta! Mana yengimdan tut, deb kampir meni urishdi… O‘shanda shunaqa kulgim keldiki. Zo‘rg‘a o‘zimni tiyib qoldim.
Rostda, u kishi qari bir kampir, men esa nevaralari tenggi yigit
bo‘lsam… To‘yni ham tugatdik. Uyga qaytaman, sevgilimni ko‘raman… U
bilan oxirgi kunlarda hech xabarlashmaganimiz uchun
qaytishimni kutilmagan uchrashuv bilan uyishtirmoqchi edim. Kelishimiz kun botar paytga yaqin bo‘lgani sababli u
yashaydigan joyga qop-qora tunda yetib bordim. Uning
mahallasi tomonga qayrilishda chiroq yorug‘lari ostida o‘tirib
gaplashish uchun qulay kichikkina joy bor edi. U bilan bu yerda
juda ko‘p marta o‘tirib gaplashganmiz. Hayolimdan shularni o‘tkazib, o‘sha tomonga nigohimni
burganimda qulog‘imga tanish kulgu ovozi eshitildi… Sekin borib qaradim. Ha, afsuski, bu o‘sha men ko‘rishni orziqib
kutgan sevgilim. Lekin, boshqa bir yigit bilan… Balki, shunchaki tanishi yoki qarindoshidir, deb o‘ylab, o‘zimga
tasalli berardim-u baribir borib, o‘z ko‘zlarim bilan
ko‘rmaguncha ishonchim komil bo‘lmasdi. Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani uchun ularga yaqinlashganimni
payqashmadi. Tanish kulgu, tanish ovozlar, tanish
erkalanishlar-u, tanish sevgi izhorlari… Nahot shu uch kunginada shuncha o‘zgardimi yoki u doim
shunaqa edimi!? Ko‘zlarim ko‘rmidi!? Qadam tovushimni eshitib ikalasi ham ortiga o‘girildi.
Daxshat…
Hech narsa demadim, indamadim; alvido iffatsiz sevgilim… Iffat… Shunchalik ham bo‘ladimi nomussizlik!? Xuddi, avval
bo‘lgandek, avval bormidi shu qizda o‘sha iffat!? Tog‘li qishloqdagi kampir bilan bo‘lgan voqeani esladim…

Комментарии

  • 31 окт 2013 19:16
    Gap
  • 18 ноя 2013 15:30
    Rosulullohni
    yomonlab kino
    ishlagan odam
    kuyib o'lgan
    amerika esa
    buni yashiryapti, ushbu xabarni
    tarqatilishini iltimos
    qilaman
    chunki bir falastinlik
    singlimiz tush ko'ribdi kim
    ushbu xabarni tarqatsa Alloh
    taolo uni 4 soatdan
    keyin mukofotlaydi, Allohga
    qasam
    yana bir
    Muhammad ismli kishi ham
    tushida U zotni ko'rgan
    Payg'ambarimiz
    unga mening nomimdan
    musulmonlarg a yetkaz kim ushbu xabarni
    4 kun ichida tarqatsa tezda
    qattiq
    hursand
    bo'ladi