Tishing dur, labing marjon,xading gul, xating rayhon,Yuzung xur, soching anbar,so’zung mul, menging meynon.Meynon menging, so’zing mul,anbar soching, yuzung xur,Rayhon xating, xading gul,marjon labing, tishing dur.Tafohur ko’zum, ko’nglumqilurlar magar bordur,Ko’zunga ko’ngul vola,yuzunga ko’zum hayron.Hayron ko’zum yuzunga, volako’ngul ko’zunga,Bordur magar, qilurlarko’nglum, ko’zum tafohur.Tafakkur necha qilsamtopilmas sening misling,Pariydek seni ko’rdumemassen magan inson.Inson magar emassen, ko’rdumseni pariydek,Misling sening topilmas qilsamnecha tafakkur.Balodur manga hajring,davodur manga vasling,Itobing manga ofat, hadisingmanga darmon.Darmon manga hadising, ofatmanga itobing,Vasling manda davodur,hajring manga balodur.Chu Bobur sanga quldur nazarqil anga zinhor,Topilmas yana bir qulaningdek sanga, ey jon.Ey jon sanga aningdek, bir qulyana topilmas,Zinhor anga nazar qil, quldursanga chu Bobur.
Zahiriddin Muhammad Bobur
:ND Ass
* *
Tishing dur, labing marjon,
xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar,
so’zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so’zing mul,
anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul,
marjon labing, tishing dur.
Tafohur ko’zum, ko’nglum
qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola,
yuzunga ko’zum hayron.
Hayron ko’zum yuzunga, vola
ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar
ko’nglum, ko’zum tafohur.
Tafakkur necha qilsam
topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum
emassen magan inson.
Inson magar emassen, ko’rdum
seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam
necha tafakkur.
Balodur manga hajring,
davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising
manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat
manga itobing,
Vasling manda davodur,
hajring manga balodur.
Chu Bobur sanga quldur nazar
qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul
aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul
yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur
sanga chu Bobur.