Hammasi joyida hammasi yaxshi

Men endi hech kimdan ranjimay qo'ydim
Xudo yo'rig'iga yurmayman qarshi
Neki boshdan o'tdi taqdirga yo'ydim
O'zim qanday bo'lsam shundaydir hayot
Boricha, borimcha uni sevaman
To'fonlar zaxridan chiqardim qanot.
Baland yelkanlari oppoq kemaman.
Yuragimga botgan toshlardan kechdim
Ortimdan birma bir cho'ka qolsinlar
Yana orzularim tomonga ketdim
Kimga kerak bo'lsam yetib olsinlar...🖤
#Nozima

Hammasi joyida hammasi yaxshi - 886638741577

Комментарии