Mammolog maslahati

Har bir ayol qanchalar iboli bo’lsada, o’z go’zal qomati, xushro’y siynalarini turmush o’rtog’iga yoqishini ich – ichidan istaydi. Ko’pchilik ayollar ko’kraklarining shakli, katta-kichikligidan qoniqmaydilar. Hatto kichik ko’krakli ayollarda sut kam degan asossiz fikrlar ham bo’ladi. Aksincha, ko’krak kattaligi doim ham sut ko’pligidan dalolat bermaydi. Sut ajralishi prolaktin va oksitosin gormonlari, ko’p hollarda irsiyatga bog’liq bo’ladi.
Ayol nafaqat ko’kraklarining ko’rinishi, balki uning salomatligi haqida ham qayg’urishi kerak.
Ayol ko’kragi 15-20 bo’lakchadan iborat bo’lgan sut bezidan tashkil topgan. Har bir bo’lakcha o’z irmog’iga ega bo’lib, ular ko’krak uchiga yo’naltirilgan. Ko’krak terisi ostida yog’ qatlami joylashgan.
Tadqiqotlarga qaraganda, dunyo ayollarining har sakkizinchisi ko’krak o’smasiga chalinadi. Bu dardning ilk belgilarini ayollarning 80 foizi ko’kragini paypaslash vaqtida aniqlashar ekan. Shunday ekan, sut bezi kasalliklarini oldini olish uchun ayol muntazam ravishda shifokor-ginekolog ko’rigidan o’tishi, 20 yoshidan boshlab har oy ko’kragini o’zi tekshirishi kerak.
Odatda ko’kraklar hayz va gormonlar qabul qilish paytida bir oz shaklini o’zgartiradi (shishadi, qattiqlashadi). Shuning uchun tekshirish tadbirlarini hayz muddatining 12-16 kunlari va dorilar qabul qilishdan ikki hafta o’tganidan keyin boshlashlari kerak.
Ko’kraklar tekshirishi quyidagicha amalga oshiriladi:
– Oyna oldida turib qo’llarni pastga tushirgan holda ko’kraklarni ko’zdan kechiring.
– Qo’llarni bosh uzra ko’tarib ko’kraklar ko’rinishiga e`tibor bering.
– Belga qo’llarni qo’yib ko’krak mushaklarini taranglashtiring.
– Nam terida qo’llar yengil harakatlangani bois bu muolajani vanna yoki dushda qilish mumkin.
– Tekshirilayotgan ko’krak tarafga yostiq qo’yib yotiladi. Qo’llarni bosh orqasiga ko’tarib, ikkinchi qo’lda ko’krak tashqi tomonidan uchiga qadar – soat strelkasi bo’ylab paypaslab chiqiladi.
– Ko’krak uchlarini bosh va ko’rsatkich barmoqlari yordamida siqib ko’riladi. Suyuqlik ajralsa, uning rangiga e`tibor berib, mutaxassis-shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Ko’kraklar ko’zdan kechirilganda quyidagi o’zgarishlarga e`tibor beriladi:
– ko’krak shakli, o’lchamining o’zgarishi;
– ko’krak uchlari ichiga kirishi, teri dag’allashishi;
– ko’krakdan suyuqlik oqishi;
– paypaslaganda ko’krak va qo’ltiq osti qismlarda og’riq, limfa tugunlarining aniq sezilishi;
– ko’krak terisi qizarishi va yallig’lanishi.
Muolaja davomida bunday o’zgarishlar sezilsa, ortiqcha vahimaga tushmay shifokorga murojaat etilishi lozim.
U yerda sizni mammografiya va ultratovush usuli yordamida malakali shifokorlar tekshirishadi. Bu usullar past darajadagi rentgen nurlarida amalga oshirilib, sog’liq uchun mutlaqo zararsiz. Umuman olganda, 45 yoshdan oshgan ayollar orasida ko’krak o’smasiga chalinganlar ko’p bo’lgani uchun kasallikni oldini olish maqsadida har yili kerakli tekshiruv va mammografiya qilish muhim hisoblanadi.
Agar sizda kista topilsa, shifokor sut bezidan maxsus igna orqali suyuqlik oladi. Suyuqlik rangsiz bo’lsa, zararsiz topilib tekshiruvni davom etishga hojat qolmaydi. Aksincha suyuqlik ajralmasa, yoki rangli bo’lsa, biopsiya, (jarrohlik) yo’li bilan aniqlanadi.
Ko’krak bezi kasalliklari ko’p holatda:
– irsiyatga bog’liq, ya`ni oilangizdagi ayollar bu kasalliklar bilan og’rigan bo’lsa sizda ham ularga chalinish xavfi bor;
– ko’krak o’smasiga avval chalingan ayolda boshqalarga nisbatan kasallik qaytalashining xavfi 5 barobar yuqori bo’ladi;
– hayz davri erta boshlanib, klimaks davri kech boshlangan ayollarda;
– qandli diabetga chalingan bemorlarning organizmidagi insulin moddasini me`yorda saqlash tadbirlari;
– o’ttiz yoshdan keyin tuqqan, umuman tug’magan yoki abort qilgan ayollarda;
– tamaki chekuvchi va spirtli ichimliklar istemol qiluvchi ayollarda yuzaga kelish xavfi yuqori bo’ladi.

Mammolog maslahati - 602513720855

Комментарии

  • 29 окт 2017 18:24
    Рахмат маслахатингиз учун. Керакли жуда.
  • 3 фев 2018 20:39
    Ассалому алайкум аввалдан рахмат слага.мани саволим бор эди кукрекни катта формага тушириш ун укол килдирса болади зиёни йокми,уколдан ташкари хар хил киммат бахоли кремлардан фойдаландим таъсири булмади илтимос жавобизи кутаман.
  • Комментарий удалён.
  • 31 авг 2019 23:24
    Menda ham kòkrak juda kiciklik muammosi bor, operatsiyalarsiz qanday qilib kattalawtirsam bòladi? Turmuw òrtoģim har doim gapiradi kòkraging kickina deb, iltimos yordam bering
  • 2 окт 2019 20:17
    Kukrak hajmini qandau kattalashtirish mumkin maslahat bering
  • Комментарий удалён.