– Hayit namozi necha rakatdir? – Fitr hayiti va Qurbon hayiti namozlari ikki rakatdandir. – Hayit namozlari qay holda o’qiladi? – Har ikkisi imom va jamoat bilan o’qiladi, hech vaqt yolg’iz o’qilmaydi. Hayit namozlari uchun azon va iqomat aytiladi. – Mahalla odamlariga namoz vaqti bo’lganligi qay tariqa bildiriladi? – Muazzin minoraga chiqib bir necha marotaba «As-solatu», deb qichqiradi. – Hayit namozlarini o’qishga niyat qanday qilinadi? – Fitr hayiti namozi bo’lsa, «Ikki rakatli fitr hayiti namozini oldda turgan imomga ergashib o’qishni niyat qildim. Xolis Alloh taolo uchun», deb dildan niyat o’tkaziladi. Agar Qurbon hayiti namozi bo’lsa, «Ikki rakatli Qurbon hayiti namozini oldda turgan imomga ergashib o’qishni niyat qildim. Xolis Alloh taolo uchun», deb niyat qilinadi. – Hayit namozlari qay tariqa o’qiladi? – Har ikkisining ham farqi yo’q. Niyat qilinadi. Tahrima takbiri aytilgandan so’ng Sano o’qiladi. Undan so’ngra imom va qavm yana uch marotaba «Allohu akbar», deb takbir aytadilar. Har aytganda qo’llarini ko’tarib bosh barmoqlarini quloq yumshoqlariga yetkizadilar. Tahrima takbiridan boshqa uch takbir aytilgandan so’ng imom ovozini baland chiqarib Fotiha surasini va yana bir surani o’qiydi. Tamom qilgandan so’ng ruku’ga, keyin sajdaga borib, sajdadan so’ng ikkinchi rakatning qiyomiga turadi va yana Fotiha surasini hamda yana biror surani ovoz chiqarib o’qiydi. Sura tamom bo’lgandan so’ng imom ruku’ga bormasdan ilgari avvalgi rakatdagidek yana bosh barmoqni quloq yumshoqlariga yetkazib, uch marotaba takbir aytadi. Uch takbir tamom bo’lgandan so’ng yana takbir aytib ruku’ga va sajdaga boradi. Keyin o’tirgan holda boshqa namozlar singari davom ettirib, oxiri salom beradi va namozni tamom qiladi. – Hayit namozlarining boshqa namozlardan farqi bormi? – Farqi shuki, har rakatida uch marotabadan olti marotaba ziyoda takbir aytiladi. Bu takbirlar avvalgi rakatda Sanodan so’ng Fotiha surasidan ilgari aytiladi, ikkinchi rakatda Fotiha surasidan va unga qo’shilgan suradan keyin aytiladi, shundan so’nggina ruku’ qilinadi. Ushbu takbirlar orasida qo’llar tushirib turiladi. – Ushbu takbirlar nima deb ataladi? – Zoida takbiri, deb ataladi. – Hayit namozi tamom bo’lgach, imom nima qiladi? – Minbarga chiqib ikki marotaba xutba o’qiydi. Fitr hayiti xutbasida fitr sadaqasining hukmlarini so’ylaydi, Qurbon hayiti xutbasida qurbonlik hukmlarini so’ylaydi. – Hayit namozining bir qismi o’qilgandan so’ng imom salom bermasdan ilgari bir kishi kelib imomga ergashsa, u kishi nima qiladi? – Boshqa namozlarda bo’lganidek qolgan rakatini masbuq bo’lib o’zi tamom qiladi. – Biror kishi imom salom bergandan so’ng hayit namoziga kelib qolsa, u kishi nima qiladi? – Shu holicha qoladi, qazo qilmaydi.
Рамазонга оид мавзулар 12 ой фазилатлари
Hayit namozining o’qilishi
– Hayit namozi necha rakatdir?
– Fitr hayiti va Qurbon hayiti namozlari ikki
rakatdandir.
– Hayit namozlari qay holda o’qiladi?
– Har ikkisi imom va jamoat bilan o’qiladi, hech
vaqt yolg’iz o’qilmaydi. Hayit namozlari uchun
azon va iqomat aytiladi.
– Mahalla odamlariga namoz vaqti bo’lganligi qay
tariqa bildiriladi?
– Muazzin minoraga chiqib bir necha marotaba
«As-solatu», deb qichqiradi.
– Hayit namozlarini o’qishga niyat qanday
qilinadi?
– Fitr hayiti namozi bo’lsa, «Ikki rakatli fitr hayiti
namozini oldda turgan imomga ergashib o’qishni
niyat qildim. Xolis Alloh taolo uchun», deb dildan
niyat o’tkaziladi. Agar Qurbon hayiti namozi
bo’lsa, «Ikki rakatli Qurbon hayiti namozini oldda
turgan imomga ergashib o’qishni niyat qildim.
Xolis Alloh taolo uchun», deb niyat qilinadi.
– Hayit namozlari qay tariqa o’qiladi?
– Har ikkisining ham farqi yo’q. Niyat qilinadi.
Tahrima takbiri aytilgandan so’ng Sano o’qiladi.
Undan so’ngra imom va qavm yana uch marotaba
«Allohu akbar», deb takbir aytadilar. Har aytganda
qo’llarini ko’tarib bosh barmoqlarini quloq
yumshoqlariga yetkizadilar. Tahrima takbiridan
boshqa uch takbir aytilgandan so’ng imom
ovozini baland chiqarib Fotiha surasini va yana
bir surani o’qiydi. Tamom qilgandan so’ng
ruku’ga, keyin sajdaga borib, sajdadan so’ng
ikkinchi rakatning qiyomiga turadi va yana Fotiha
surasini hamda yana biror surani ovoz chiqarib
o’qiydi. Sura tamom bo’lgandan so’ng imom
ruku’ga bormasdan ilgari avvalgi rakatdagidek
yana bosh barmoqni quloq yumshoqlariga
yetkazib, uch marotaba takbir aytadi. Uch takbir
tamom bo’lgandan so’ng yana takbir aytib
ruku’ga va sajdaga boradi. Keyin o’tirgan holda
boshqa namozlar singari davom ettirib, oxiri
salom beradi va namozni tamom qiladi.
– Hayit namozlarining boshqa namozlardan farqi
bormi?
– Farqi shuki, har rakatida uch marotabadan olti
marotaba ziyoda takbir aytiladi. Bu takbirlar
avvalgi rakatda Sanodan so’ng Fotiha surasidan
ilgari aytiladi, ikkinchi rakatda Fotiha surasidan va
unga qo’shilgan suradan keyin aytiladi, shundan
so’nggina ruku’ qilinadi. Ushbu takbirlar orasida
qo’llar tushirib turiladi.
– Ushbu takbirlar nima deb ataladi?
– Zoida takbiri, deb ataladi.
– Hayit namozi tamom bo’lgach, imom nima
qiladi?
– Minbarga chiqib ikki marotaba xutba o’qiydi.
Fitr hayiti xutbasida fitr sadaqasining hukmlarini
so’ylaydi, Qurbon hayiti xutbasida qurbonlik
hukmlarini so’ylaydi.
– Hayit namozining bir qismi o’qilgandan so’ng
imom salom bermasdan ilgari bir kishi kelib
imomga ergashsa, u kishi nima qiladi?
– Boshqa namozlarda bo’lganidek qolgan rakatini
masbuq bo’lib o’zi tamom qiladi.
– Biror kishi imom salom bergandan so’ng hayit
namoziga kelib qolsa, u kishi nima qiladi?
– Shu holicha qoladi, qazo qilmaydi.