Nechun ko'zda yoshing to'kding qizgina,Nahot bu ko'ngilchang shuncha ezgin-a?Ashking ummonida qolmish yuzginaNechun ko'z yoshingni to'kding qizgina.Sen go'zalsan, sen yerdagi farishta,Qizlar borki, butun olam sarishta.Yo uzilmish yuragingda bir rishtaNechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?Ko'nglingga qay gumroh beribdi ozor,Qaysi bir bag'ritosh yo etdimi zor?Yoxud suyganingga bugunmi yor-yor?Neshun ko'z yoshingni to'kding qizgina?Munis onajoning bormi, otangchi,Aka ukang salomatmi, opangchi?Nechun buncha g'amza axir aytsangchiNechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?Kimnidir sog'inib, yig'laysanmi yo,Baxtingdan begona qildimi dunyo?Sen kutgan oftobda yo'qmikan ziyoNechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?Men senga yupanchman, aytgin dardingni,Qay qayg'u yaralab, tilmish qalbingni.Birlashib aytamiz ko'kka arzingniNechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?Qizgina, koz yoshing artgin tezgina.Madad Burxon
Madad Burxon Ijodi
Qizgina
Nechun ko'zda yoshing to'kding qizgina,
Nahot bu ko'ngilchang shuncha ezgin-a?
Ashking ummonida qolmish yuzgina
Nechun ko'z yoshingni to'kding qizgina.
Sen go'zalsan, sen yerdagi farishta,
Qizlar borki, butun olam sarishta.
Yo uzilmish yuragingda bir rishta
Nechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?
Ko'nglingga qay gumroh beribdi ozor,
Qaysi bir bag'ritosh yo etdimi zor?
Yoxud suyganingga bugunmi yor-yor?
Neshun ko'z yoshingni to'kding qizgina?
Munis onajoning bormi, otangchi,
Aka ukang salomatmi, opangchi?
Nechun buncha g'amza axir aytsangchi
Nechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?
Kimnidir sog'inib, yig'laysanmi yo,
Baxtingdan begona qildimi dunyo?
Sen kutgan oftobda yo'qmikan ziyo
Nechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?
Men senga yupanchman, aytgin dardingni,
Qay qayg'u yaralab, tilmish qalbingni.
Birlashib aytamiz ko'kka arzingni
Nechun ko'z yoshingni to'kding qizgina?
Qizgina, koz yoshing artgin tezgina.
Madad Burxon