Avtomobillar kuzoviga qarab bir nechta turlarga bo'linadi.

Har bir tur o'z nomiga ega. Masalan: Sedan, Universal va hokazo. Ushbu maqolamizda avomobillarning kuzovlari haqida ma'lumot berib o'tamiz.
Maslahatlar
1 Sedan - usti yopiq kuzovli, 1-2 qatorli o'rindiqlarga, 4 ta eshikli va bagajga ega bo'lgan eng ommaviy avtomobil turiga kiradi. Nexia, Lacetti avtomobillari ushbu turdagi avtoulovga misol bo`la oladi.
2 Xechbek - ushbu turdagi avtomashinalar 1-2 qatorli o'rindiqlarga, 2-4 eshiklarga ega bo'lib, ort va oldi taraflari kaltalashtirilgan bo'ladi. Bularga Chevrolet Matiz, Ford Focus avtomobillari kiradi. Bunday avtomobillar tirbandlik ko'p uchrab turadigan shaharlarga mos, chunki ularning kichik hajmlari mashinalar orasidan yoki kichik ko'chalardan o'tishga qulayroq.
3 Universal - turdagi avtomobillar sedan avtomobillariga o'xshash , lekin bagaj qismi ko'tarilgan, ya'ni avtomobil saloni bagajning ustigacha uzunlashtirilgan bo'ladi. Katta oilalar sayohatga chiqishganda ushbu avtomobil asqotadi. Chunki, kengaytirilgan bagajga kerakli bo'lgan yuklarni joylab, salonda bemalol manzilga yetishingiz mumkin.
4 Kupe - turidagi avtomobillar yopiq kuzovli, 2 eshikli va 2 qator o'rindiqlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi avtomobillardan ko'proq sport poygalarida foydalaniladi.
5 Pikap - turidagi avtomobillarning hajmi odatda katta bo'lib, undan ko'proq og'ir yuklar tashishda foydalaniladi. Passajirlar o'tiruvchi salon yopiq, lekin bagaj qismi keng va ochiq bo'ladi. Bunday avtomobillarni har kuni haydash uchun yaramaydi, chunki ular faqat mehnat uchun yaratilgan va ko'p yoqilg'I sarflanadi.
6 Kabriolet - turidagi avtomobillar sedan turidagi mashinalarga o'xshash bo'lib, ulardan farqli tomoni, tom qismi ochiq bo'ladi. Bu turdagi avtomobillardan faqatgina ochiq havoda foydalansangiz bo'ladi. Qor, yomg'ir va sovuq kunlarda bunday avtomobillardan foydalanish, avtoulovning saloniga zarar keltirishi mumkin.
7 Limuzin - O'zbekistonda asosan to'y marosimlarida kelin - kuyovlarni olib yuruvchi uzun avtomobil hisoblanib, o'zida 5-6 tadan ko'proq yo`lovchilarni sig'dira oladi. Haydovchi va passajirlar orasi to'silgan va salon shohona qilib bezatilgan bo'ladi.
8 Sportkar turidagi avtomobillar motorining ko'proq ot kuchiga , 1 qator o'rindiqlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bunday avtomobillar havo qarshiligini yengish uchun oldi uchli va kuzovi yerga yaqin ya'ni pastroq bo'ladi. Bunday avtomobillardan kupe avtomobillardek sport poygalarida ishtirok etishadi. Ushbu rusumga kiruvchi avtoulovlarga, asosan Ferrari, Lamborjini (Lamborghini), Audi kompaniyalarning avtomobillari kiradi.
Ushbu maqolamizda yengil avtomobillarning eng asosiy turlarini sanab o'tdik. Mashina olib – sotishda yoki o'z avtomobilingizni turini aniqlashda ushbu atamalar sizga yordam beradi.

Комментарии

Комментариев нет.