Baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan.

Otasi vafotidan so‘ng u bobosi Azim bobo va onasi Komila aya qo‘lida tarbiyalanadi. Shoir 1923 yilda o‘rta maktabni tugatib, Samarqandda pedagogika bilim yurtida, so‘ngra Pedagogika akademiyasida o‘qiydi. U o‘qishni tamomlab, Toshkentga keladi va ko‘pgina ro‘znomalarda, yozuvchilar uyushmasida, Til va adabiyot institutida faoliyat yuritadi, ikkinchi jahon urushi arafasida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga kotib bo‘ladi, 1935 yilda Zulfiyaga uylanadi. Hamid Olimjon 1944 yil 3 iyulda avtomobil halokati tufayli vafot etadi. Uning qabri Birodarlar qabristonidadir.
Hamid Olimjonning «Kuychining xayoli» she’rida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining badiiy olami, baxshining jamiyatdagi, xalq ma’naviy hayotidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan, baxshi aytgan dostonlarda xalq hayoti, tarixi, madaniyati, udumlari aks etgani tasvirlangan. «Sevgi» she’rida mahbubanint hayot maydonlarida kurashayotgan yor ortidan borish syujetidan foydalanilgan.
Asarlari: «Kimdir» (1926, ilk she’ri), «Ko‘klam» (1929, ilk she’riy to‘plami), «Tong shabadasi» (1931, hikoyalar to‘plami), «Olov sochlar» (1932, she’riy kitob), «Daryo kechasi» (1936), «Sherlar» (1937), «O’lka», «Oygul bilan Baxtiyor» (1937 yil, 16-26 noyabr kunlari yoeilgan), «Baxt» (1940), «Nima bizga Amerika!», «Temir qonun», «Zaynab va Omon» (ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan Anor xola obrazi berilgan), «Holbuki tun» (tun qo‘ynida borliq haqida o‘ylar ifodalangan), «O’zbekiston», «Roksananing ko‘z yoshlari» (voqealar Shahrixonda bo‘ladi, qahramonlari: Vova, Roksana, Sora), «Semurg‘, Parizod yoki Bunyod», «O’rik gullaganda» (Hasan Qayg‘i degan qozoq oqinining fojiali qismati asosida yozilgan), «G’azal», «Chimyon esdaliklari», «Baxtlar vodiysi (1930-yillar bayroqdor bo‘lgan she’r), «Baxt to‘g‘risida», «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun» (ballada), «Ishonch», «Xat», «Muqanna» (1942), «Ofeliyaning o‘limi», «Kuygay», «Jinoyat» dramasi va boshq.

Комментарии

Комментариев нет.